06.12.2022 yildagi 4-20-2209/28-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-20-2209/28-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B.Israylovning raisligida, sudyalar R. Xaydarov va A. Abdullayevdan iborat tarkibda, A. Baxshulloyevning kotibligida, “MD” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari B.S (rahbar), I.Sh (2022-yil 16-iyuldagi 13-sonli ishonchnoma), Oʻ.X(2022-yil 5-sentabrdagi 20-sonli ishonchnoma), “I LLC” (AQSh) kompaniyasi vakili D.A (2022-yil 10-iyundagi ishonchnoma) Buxoro shahar Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi A.U (2022-yil 28-noyabrdagi 1-80/19-1/208-sonli ishonchnoma) ishtirokida “MD” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Buxoro viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 23-avgustdagi hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga Oliy sud binosida videokonferensaloqa rejimida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“I LLC” (AQSh) kompaniyasi (bundan buyon matnda kompaniya deb yuritiladi) “MD” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) nisbatan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJ taʼsischilarining 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar, kompaniya daʼvo predmetiga oʻzgartirish kiritish haqidagi ariza bilan murojaat qilib, MChJ taʼsischilarining 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayonnomasi asosida qabul qilingan qarorni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 9-avgustdagi ajrimi bilan ishga MChJ taʼsischilari B.A.A, K.M.X va Y.R.A Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi huquqiy vorisi Buxoro viloyat adliya boshqarmasi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 23-avgustdagi hal qiluv qarori bilan kompaniyaning daʼvo muddatini tiklash hamda MChJning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizalarini qanoatlantirish rad etilgan. Daʼvo talabi qanoatlantirilib, MChJ taʼsischilarining 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatida sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar oʻrganilmaganligi, ishdagi mavjud hujjatlarga huquqiy baho berilmaganligi, xabarnoma belgilangan tartibda 30 kun oldin yuborilganligi, yigʻilishda kompaniya vakili ishonchnoma asosida qatnashganligi, yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi kompaniya vakili tomonidan ishonchnoma asosida imzolanganligi haqida vajlar keltirilib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida uchinchi shaxslardan vakil ishtirok etmadi, biroq ish hujjatlarida ularning sud majlisi muhokamasining vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi dalil mavjud, ulardan vakilning sud majlisida ishtirok etmasligi esa ishni koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida ishtirok etgan MChJ va Davlat xizmatlari markazi vakillari oʻz tushuntirishlarida apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni quvvatlab, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida ishtirok etgan kompaniya vakili oʻz tushuntirishida apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarga eʼtiroz bildirib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar va Davlat xizmatlari markazi vakillarining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, MChJ taʼsischilarining 2018-yil 25-iyuldagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan MChJni tashkil qilish haqidagi taʼsis shartnomasi va ustavi tasdiqlanib, 624810-son reyestr raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. MChJ taʼsischilari B.B.Gning ulushi 3 060 000 soʻm yoki 34 foiz, K.M.Xning ulushi 1 260 000 soʻm yoki 14 foiz, L.B.Bchning ulushi 4 680 000 soʻm yoki 52 foiz qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 va 2021-yillarda MChJ taʼsischilarining tarkibi va ulushlari miqdori bir necha marotaba oʻzgargan boʻlib, jumladan, MChJ taʼsischilarining 2019-yil 26-sentabrdagi 9-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan MChJning yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi va ustavi tasdiqlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. MChJ taʼsischilari kompaniyaning ulushi 4 491 000 soʻm yoki 49,9 foiz, L.B.Bchning ulushi 540 000 soʻm yoki 6 foiz, B.A.Aning ulushi 234 000 soʻm yoki 2,6 foiz, T.Y.Vning ulushi 675 000 soʻm yoki 7,5 foiz, K.M.Xnaning ulushi 1 260 000 soʻm yoki 14 foiz va X.V.G.ning ulushi 1 800 000 soʻm yoki 20 foiz qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilarining 2019-yil 27-noyabrdagi 2-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan MChJning yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi va ustavi tasdiqlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. MChJ taʼsischilari kompaniyaning ulushi 4 491 000 soʻm yoki 49,9 foiz, L.B.Bchning ulushi 540 000 soʻm yoki 6 foiz, B.A.Aning ulushi 234 000 soʻm yoki 2,6 foiz, Y.R.Aning ulushi 675 000 soʻm yoki 7,5 foiz, K.M.Xnaning ulushi 1 260 000 soʻm yoki 14 foiz va X.V.G.ning ulushi 1 800 000 soʻm yoki 20 foiz qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilarining 2019-yil 20-dekabrdagi 15-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan MChJning yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi va ustavi tasdiqlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. MChJ taʼsischilari kompaniyaning ulushi 4 491 000 soʻm yoki 49,9 foiz, L.B.Bvich 900 000 soʻm yoki 10 foiz, B.A.Aning ulushi 1 017 000 soʻm yoki 11,3 foiz, Y.R.Aning ulushi 675 000 soʻm yoki 7,5 foiz, K.M.Xnaning ulushi 1 917 000 soʻm yoki 21,3 foiz qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilarining navbatdan tashqari 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan MChJ taʼsischilari kompaniyaning ulushi 4 491 000 soʻm yoki 49,9 foiz, L.B.Bchning ulushi 900 000 soʻm yoki 10 foiz, B.A.Aning ulushi 1 354 500 soʻm yoki 15,05 foiz, K.M.Xnaning ulushi 2 254 500 soʻm yoki 25,05 foiz qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek mazkur yigʻilish qarorida MChJ direktori Z.Dni egallab turgan lavozimidan ozod etish, MChJ direktori lavozimiga A.B nomzodini tasdiqlash, A.B bilan mehnat shartnomasini imzolash, MChJning yangi tahrirdagi ustavi va taʼsis shartnomasini tasdiqlash, MChJ taʼsis hujjatlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uni MChJ direktoriga yuklash, MChJ direktoriga bank kreditlari muddatini uzaytirish va kredit foiz stavkalarini kamaytirish choralarini koʻrish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yigʻilishda jami 50,1 foiz ulushga ega MChJ taʼsischilari M.K, A.B va B.Llar ishtirok etgan boʻlib, 49,9 foiz ulushga ega MChJ taʼsischisi kompaniya ishtirok etmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilarining navbatdan tashqari 2021-yil 29-martdagi 29/03-2021-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan MChJning yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi va ustavi tasdiqlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. MChJ taʼsischilari kompaniyaning ulushi 4 491 000 soʻm yoki 49,9 foiz, B.A.A 2 254 500 soʻm yoki 25,05 foiz va K.M.X 2 254 500 soʻm yoki 25,05 foiz qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 30-moddasining birinchi qismiga muvofiq jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 33-moddasining birinchi, ikkinchi va sakkizinchi qisimlariga muvofiq jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart. Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerak. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirishning ushbu moddada belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 34-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (ishonchnomani) koʻrsatishlari lozim. Jamiyat ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilarining koʻrsatib oʻtilgan huquqlarini cheklovchi taʼsis hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat organlarining qarorlari haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ tomonidan 2021-yil 22-fevralda MChJ taʼsischilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida 2021-yil 19-yanvardagi 19/01-sonli xabarnoma 30 kun oldin MChJ taʼsischisi kompaniya vakili sifatida A.Nning Toshkent shahridagi manziliga va kompaniyaning AQShdagi manziliga yuborilgan, xabarnoma yuborilganligini tasdiqlovchi 2021-yil 23-yanvar pochta shtamplari qoʻyilgan RA206441647UZ va RQ200814779UZ raqamli pochta kvitansiyalari nusxalari mavjud, yigʻilish bayonnomasida kompaniya vakili sifatida A.Nning 2020-yil 9-iyuldagi ishonchnoma asosida ish yuritishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, kompaniya tomonidan uning manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida himoya qilish uchun vakil sifatida A.Nga berilgan amal qilish muddati bir yil boʻlgan 2020-yil 9-iyuldagi ishonchnomaga qonun talablariga muvofiq apostil qoʻyilmagan. Ushbu holat sudlov hayʼati majlisida ham taraflar vakillari tomonidan tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-apreldagi OʻRQ-279-sonli Qonuniga koʻra kompaniya norezident boʻlganligi va ishonchnoma rasmiy hujjat hisoblanganligi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqiy kuchga ega boʻlishi uchun Konvensiya talabi boʻyicha unga apostil qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli umumiy yigʻilish bayonnomasida koʻrsatilgan kompaniya vakili A.Nga berilgan 2020-yil 9-iyuldagi ishonchnoma huquqiy kuchga ega emas, qolaversa, 30 kunlik muddatda kompaniyaning AQShdagi manziliga oddiy buyurtma xat orqali amalda xabardor qilish imkoni mavjud emas, ushbu holda MChJ tomonidan umumiy yigʻilishni chaqirish tartibi buzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ tomonidan 2021-yil 22-fevralda umumiy yigʻilish oʻtkazilgan paytga qadar tasdiqlangan va davlat roʻyxatidan oʻtgan ustavlar, yaʼni MChJning tashkil qilingan paytda 2018-yil 25-iyulda roʻyxatga olingan ustavining 14.3-bandi, 2019-yil 26-sentabrda roʻyxatga olingan ustavining 10.1-bandi, 2019-yil 24-dekabrda roʻyxatga olingan ustavining 15.3-bandi, 2019-yil 28-dekabrda roʻyxatga olingan ustavining 10.1-bandida MChJ ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, jamiyat ustav fondining miqdorini belgilash, taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, jamiyatni obligatsiyalarini joylashtirish, jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi qolgan masalalar yuzasidan jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun va ustav talablariga koʻra MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishida kompaniya ishtirok etmaganligi va barcha taʼsischilar tomonidan bir ovozdan maʼqullanmaganligi sababli MChJ ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga tegishli boʻlgan masalalar yuzasidan, jumladan, jamiyat ijro organi vakolatlarini belgilash boʻyicha jamiyat direktori Z.Dni egallab turgan lavozimidan ozod qilish va jamiyat direktori lavozimiga A.B nomzodini tasdiqlash, A.B bilan mehnat shartnomasini imzolash, shuningdek jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi va taʼsis shartnomasini tasdiqlash haqida qarorlar qabul qilish uchun vakolatli boʻlmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilishi bayonnomasida yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan Qonun va ustav talabiga zid ravishda 50,1 foiz ovozlar bilan ishtirok etgan taʼsischilar ishtirokida qarorlar qabul qilingan. Qolaversa, umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqidagi 2021-yil 19-yanvardagi 19/01-sonli xabarnomada jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi va taʼsis shartnomasini tasdiqlash masalasi kun tartibiga qoʻyilmagan boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, MChJning 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli MChJ taʼsischilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni oʻtkazib, qaror qabul qilinishi natijasida, Qonun va MChJ ustavi talablari buzilgan, kompaniyaning huquqlari cheklangan hamda qonuniy manfaatlari jiddiy buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarorining 20.1-bandida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi qarori u qonun hujjatlariga zid boʻlgan va (yoki) umumiy yigʻilish qonun hujjatlari va jamiyat ustavida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda oʻtkazilgan hollardagina, haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, 20.2-bandida Qonun 41-moddasining birinchi qismiga koʻra jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi, bunda ikki oylik muddat yigʻilishda ishtirok etgan ishtirokchi uchun qaror qabul qilingan kundan, yigʻilishda ishtirok etmagan ishtirokchi uchun esa, u qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab hisoblanishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 154-moddasining birinchi qismiga muvofiq daʼvo muddati shaxs oʻzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar ushbu Kodeks va boshqa qonunlar Bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi MChJ tomonidan umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida kompaniya xabardor qilinmaganligini, umumiy yigʻilish qarori kompaniyaga yuborilganligi yoki tanishtirilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud emasligini, kompaniya vakili sifatida A.Nga berilgan ishonchnomaga apostil qoʻyilmaganligini va uning vakil sifatida tan olinmaganligi sababli pochta orqali unga yuborilgan xabarnoma huquqiy oqibat keltirib chiqarmasligini, MChJning kompaniya vakili A.Nning bankda oʻtkazilgan 2022-yil 28-yanvardagi uchrashuv bayonida MChJ rahbari A.B tayinlanganligidan va mazkur umumiy yigʻilish bayonidan xabardor boʻlishi lozimligi haqidagi vajlari asossizligini, chunki, uchrashuv bayonida nizoli umumiy yigʻilish bayoni haqida qaydlar mavjud emasligini, kompaniya MChJ taʼsischilarining nizoli umumiy yigʻilishi qarori amalda qabul qilinganligi toʻgʻrisida bilmagan va bilishi lozim boʻlmaganligini, kompaniya mazkur qaror qabul qilinganligi haqida taraflar oʻrtasidagi boshqa nizo yuzasidan Buxoro viloyat sudining 4-20-2108/31-sonli iqtisodiy ishi boʻyicha 2022-yil 18-apreldagi hal qiluv qarori qabul qilingandan soʻng, mazkur sud hujjati ustidan apellatsiya shikoyati berish jarayonida, daʼvo arizasini imzolagan MChJ rahbari A.Bning vakolatlarini oʻrganish jarayonida bilganligini, mazkur holat ishdagi mavjud 2022-yil 11-maydagi apellatsiya shikoyati nusxasi bilan tasdiqlanishini, MChJ kompaniyaning umumiy yigʻilish qarori haqida mazkur sanadan oldin xabardor boʻlganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmaganligini, daʼvo arizasi sudga 2022-yil 20-iyunda taqdim etilgan boʻlib, kompaniyaning nizoli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qonunda belgilangan ikki oylik maxsus daʼvo muddati oʻtmaganligini inobatga olib, moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda, kompaniyaning daʼvo muddatini tiklash hamda MChJning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizalarini qanoatlantirishni rad etish, daʼvo talabini qanoatlantirib, MChJ taʼsischilarining 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish haqida, toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 278-moddasining 2-bandiga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 118-moddasining birinchi va toʻqqizinchi qismlariga muvofiq sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 1 500 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajatini MChJ zimmasida qoldirishni, shuningdek sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 75 000 soʻm sud xarajatini MChJ zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan, IPKning 118, 278, va 279-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ish boʻyicha qabul qilingan Buxoro viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 23-avgustdagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, “MD” masʼuliyati cheklangan jamiyatining apellatsiya shikoyati esa qanoatlantirmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MD” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga 75 000 soʻm sud xarajati undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi B. ISRAYLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari R. XAYDAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-20-2209/28-son