12.12.2022 yildagi 4-2301-2204/1563-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2301-2204/1563-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati R. Xaydarovning raisligida, hayʼat aʼzolari Sh. Maxmudov va B. Israylovdan iborat tarkibda, A. Baxshulloyevning kotibligida, “NMT” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili M.K (2022-yil 7-dekabrdagi 583-sonli ishonchnomaga asosan), ishtirokchi T.A.Zning vakili M.N (2022-yil 22-noyabrdagi ishonchnomaga va 2022-yil 12-dekabrdagi orderga asosan)ning ishtirokida, daʼvogar “NMT” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishtirokchisi T.A.Zning javobgar “NMT” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2021-yil 30-noyabrdagi 8-sonli bayonnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 13-oktabrdagi qarori ustidan ishtirokchi D.M.X tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sud binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “NMT” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishtirokchisi T.A.Z sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “NMT” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2021-yil 30-noyabrdagi 8-sonli bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 5-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 13-oktabrdagi qarori bilan Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 5-sentabrdagi hal qiluv qarori bekor qilingan va ish yangidan koʻrish uchun Nukus tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ustidan ishtirokchi D.M.X tomonidan kassatsiya shikoyati berilib, unda qarorni bekor qilish va hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan. Bunga asos qilib shikoyatda, M.Dning direktor etib tayinlaganidan daʼvogar 2021-yil 6-dekabrda xabardor boʻlganligi, sababi daʼvogar taʼsischilar safidan chiqishi toʻgʻrisida 2021-yil 6-dekabrda va 2022-yil 13-mayda direktor nomiga ariza berganligi, birinchi instansiya sudi daʼvo muddati oʻtgan deb toʻgʻri xulosaga kelganligi, apellatsiya sudi taʼsischi M.D, “R V P” MChJ va “M C L” kompaniyasini ishga jalb qilinmaganligini asos qilib, ishni birinchi instansiya sudiga yuborganligi, apellatsiya sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish lozim boʻlganligi, ishtirokchilardan biri Angliya kompaniyasi boʻlib, bunda Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi bu ishni koʻrishga haqli emasligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida ishtirok etgan “NMT” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili kassatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvoni rad qilish toʻgʻrisida qonuniy qaror qabul qilinganligini bildirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida ishtirok etgan daʼvogar vakili apellatsiya instansiya sudi tomonidan qonuniy qaror qabul qilinganligini bildirib, qarorni kuchida qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan ishtirokchi M.D sud muhokamasida ishtirok etmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati ishni arizachi vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz va kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi javobgar ishni koʻrish vaqtida daʼvo muddati oʻtganligini bildirganligi, “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni 41-moddasining birinchi qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi, bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi, agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi belgilanganligi, mazkur holatda daʼvogarning 2021-yil 30-noyabrdagi 8-sonli bayonnomadan xabari boʻlganligi ishdagi hujjatlar bilan tasdiqlanganligi, daʼvogar oradan sakkiz oy vaqt oʻtib sudga daʼvo arizasi berganligini inobatga olib, daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad etishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi esa birinchi instansiya sudining toʻxtami bilan kelishmay, “NMT” MChJning 2021-yil 25-martda tasdiqlangan Ustaviga koʻra T.A.Z, D.M.X, “R V P” MChJ va “M C L” kompaniyasi ishtirokchilar boʻlib hisoblanishi, mazkur holatda daʼvo talabi ishtirokchilar tomonidan oʻtkazilgan umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishdan iborat ekanligini inobatga olmasdan, ushbu ishtirokchilarni ishga jalb qilish chorasini koʻrmasdan ishni mazmunan koʻrib chiqib protsessual qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” qarorining 5-bandida bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida sud bitimning barcha taraflari va boshqa manfaatdor shaxslarni ishga jalb qilish masalasini koʻrib chiqishi lozimligi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun asos boʻlishi, ushbu Kodeksning 278-moddasida esa apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli ekanligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatidagi M.Dning direktor etib tayinlaganidan daʼvogar 2021-yil 6-dekabrda xabardor boʻlganligi, daʼvogar taʼsischilar safidan chiqish toʻgʻrisida 2021-yil 6-dekabrda va 2022-yil 13-mayda direktor nomiga ariza berganligi, birinchi instansiya sudi daʼvo muddati oʻtgan deb toʻgʻri xulosaga kelganligi, shunga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish lozim boʻlganligi toʻgʻrisidagi vajlar bilan kelishib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sababi IPK 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandiga koʻra ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi munosabati bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun asos boʻlishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 32-moddasining ikkinchi qismiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflardan biri Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi boʻlgan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda sud tomonidan “M C L” kompaniyasi taraf sifatida ishga jalb qilinmagan, shu sababli sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatidagi ishtirokchilardan biri Angliya kompaniyasi ekanligi sababli ishni Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi koʻrishga haqli emasligi toʻgʻrisidagi vajlar bilan ham kelishmaydi. Qolaversa, birinchi instansiya sudi ishga chet el shaxsini taraf sifatida jalb qilgandan soʻng ishni tegishli sudga oʻtkazish imkoniyati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 1-bandiga koʻra kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi. IPKning 118-moddasiga asosan arizachi tomonidan toʻlangan sud xarajatini uning zimmasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 118, 301, 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 13-oktabrdagi qarori oʻzgarishsiz, “NMT” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi D.M.Xning kassatsiya shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: R. XAYDAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: Sh. MAXMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. ISRAYLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2301-2204/1563-son