Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu jumladan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B. Saidovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu jumladan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B. Saidov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi hamda Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-noyabr,
2608-IV-son