1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
| 1. Litsenziya nomi: | Birja faoliyati uchun litsenziya |
| 2. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari: | Tovar xom-ashyo birjasi faoliyati |
| 3. Ariza beruvchilar toifasi: | Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar |
| 4. Litsenziyalovchi organ: | Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
| 5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | 1. Litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, asosiy faoliyat turi, telefon raqami, elektron pochta manzili koʻrsatiladi. 2. Birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalari nusxasi. 3. Ustav jamgʻarmasining shakllantirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma. |
| 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi |
| 7. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida |
| 8. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari: | 20 ish kuni |
| 9. Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga rioya etish; b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazga ega boʻlgan va Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob beradigan hamda ularga asosan ishlab turgan elektron birja savdo tizimining mavjudligi;* v) ustav fondining ariza berilgan sanada bazaviy hisoblash miqdorining kamida qirq ming baravari miqdorida shakllantirilganligi; g) litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari bir vaqtning oʻzida boshqa tovar-xom ashyo birjalarida rahbarlik lavozimini egallashiga yoʻl qoʻymaslik; d) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas:* moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar; qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruvi organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar; yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar yoki ularning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtmagan boʻlsa; iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan shaxslar; e) tuzilgan birja bitimlari bajarilishining kafolatlanish tizimi mavjudligi; j) qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning maxfiyligini taʼminlash;* z) birja savdosi qoidalari mavjudligi, unda:* birja aʼzolari, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi nizom; birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni toʻxtatib turish va tugatish tartibi; birja aʼzolarining birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi; birja tovarlarini muomalaga qoʻyish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-taomillari; tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun sharoit yaratish tartibi; birja savdolarini oʻtkazish tartibi va birja bitimlari turlari; birja savdolarida muomalada boʻladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi; birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) va ular toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish tartibi; birja tovarlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, birja bitimlarini va birja savdolari natijalarini roʻyxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi; birja savdolari ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi; birjada narxlarning shakllanish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi; birja savdolari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibi; birja savdolari qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalar; birjada nizolarni hal etish tartibi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar; birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari toʻgʻrisidagi qoidalar mavjudligi; i) birja savdolarida faqat oldindan eʼlon qilinadigan, isteʼmolchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin boʻlgan birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilgan tovarlarni sotish, oldindan eʼlon qilinadigan birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilmagan tovarlarning sotilishiga qoʻyilgan taqiqlarning mavjudligi; k) birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalash (narxini belgilashni); l) axborotlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi; m) litsenziyalovchi organ talabiga koʻra tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq axborotni, shu jumladan, internet tarmogʻidan foydalangan holda shaxsiy kabinet orqali birja tovarlarining qoʻyilishi, sotilishi va hisob-kitob-kliring palatasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish. Bunda vakolatli organga birja savdolari jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratish;* n) birja savdolarini faqat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida hamda chet el davlatlaridagi barcha birja aʼzolariga savdolarda bir vaqtning oʻzida qatnashish imkoniyatini beruvchi va teng kirishini taʼminlovchi markazlashtirilgan elektron tizimda oʻtkazish. Bunda birja savdolarini tashkil etishda raqobatni cheklovchi talablar va shartlarning joriy etilishini taqiqlash; o) tovar-xom ashyo birjasining elektron savdo tizimida avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, oʻlchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qoʻyilgan narxi va bitimda roʻyxatdan oʻtkazilgan narx, tovarni yetkazib berish shartlari, bitim tomonlari, bitim amalga oshirilgan aniq vaqt koʻrsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash; p) tovar-xom ashyo birjasining kotirovkalash varagʻiga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega boʻlgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda dastlabki koʻzdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish; r) litsenziya olish, uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash; s) litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilinishi; t) zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazning mavjudligi, unda:* infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 1 TB xotiraga ega boʻlishi; bir vaqtning oʻzida axborot tizimining kamida 5 000 ta soʻrovni qayta ishlash tezligini taʼminlay olishi; kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega boʻlishi; yonmaydigan materiallardan koʻtarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan boʻlishi; isitilgan va namlikni yoʻqotuvchi toza havo oqimini taʼminlovchi tizimga ega boʻlgan, 24/7 rejimida ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi; kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi; elektr taʼminoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) kamida 2 soat taʼminlovchi quvvat manbai batareyalariga (UPS) ega boʻlishi; maxsus gaz yordamida avtomatik yongʻin oʻchirish tizimiga ega boʻlishi; maʼlumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini taʼminlovchi generator uskunasiga ega boʻlishi; u) axborot xavfsizligini taʼminlash, bunda:* dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi internet, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan boʻlishi; maʼlumotlar uzatish tarmogʻini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS/IPS funksiyalari, antivirus, spam filtrlari va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlash; dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni taʼminlovchi yechimlarga ega boʻlish; veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL sertifikatlari bilan himoyalangan boʻlishi; maʼlumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan oʻzgartirilishidan himoya qilish uchun PAM tizimiga ega boʻlish; xodimlar tomonidan maʼlumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP tizimiga ega boʻlishi. |
| 10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar | Mavjud emas |
| 11. Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
| 12. Izoh: | *qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
| ”. |