30.11.2022 yildagi 687-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.07.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 24-noyabrdagi PQ-430-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari bilan shugʻullanadigan brokerlik idoralarini akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda birja aʼzolariga malaka talablarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers savdolari bilan shugʻullanadigan brokerlik idoralarini akkreditatsiyalash, fyuchers savdolari ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar, ularga savdolarda ishtirok etishga ruxsat berish va ruxsat berishni rad etish tartiblarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brokerlik idoralari va ularning treyderlariga fyuchers savdolari bilan shugʻullanish boʻyicha qoʻyiladigan malaka talablarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi, ichki (insayderlik) maʼlumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning raqobatga zid boshqa usullaridan foydalanishning oldini olish qoidalari 2-ilovaga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasining oldini olish choralari va ularni aniqlash tartiblarini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja ishtirokchilari tomonidan narxlar manipulyatsiyasiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taqiqlanadigan harakatlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki (insayderlik) maʼlumotlarning hisobini yuritish va ulardan foydalanish boʻyicha cheklov va javobgarlikni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini amalga oshirish uchun elektron birja savdolari tizimlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur dasturiy taʼminotlar va serverga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi va uni muhofaza qilish darajasini taʼminlash va birja savdosining har bir ishtirokchisi uchun teng foydalanish talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tovar-xom ashyo birjalari bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh.Sh. Sharaxmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
687-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari bilan shugʻullanadigan brokerlik idoralarini akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda birja aʼzolariga malaka talablarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tovar-xom ashyo birjalarida (keyingi oʻrinlarda — Birja) tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari bilan shugʻullanadigan brokerlik idoralarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini hamda birja aʼzolariga malaka talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya — birjada birja aʼzolariga tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — birjaga tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan birja aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼzolik badali — fyuchers bozorida savdolarni tashkil etish, xizmat koʻrsatish va rivojlantirish xarajatlarini qoplash uchun savdo ishtirokchilari tomonidan toʻlanadigan majburiy toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring aʼzosi — markaziy kontragent bilan kliring xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy kontragent — kliring ishtirokchilari uchun kliring xizmatini koʻrsatuvchi va fyuchers shartnomasi boʻyicha tomonlar uchun kontragent vazifasini bajaruvchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiya natijalari asosida davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim tashkilotlarida tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgin qurolini tarqatishga qarshi kurashadigan davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar rasmiy kanallari orqali taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan, terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar ishtirokchisi — birjada tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida qatnashishga ruxsat berilgan birja aʼzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Savdo ishtirokchilariga quyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birjada tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari bilan shugʻullanishga talabgor boʻlgan birja aʼzolariga akkreditatsiyadan oʻtish uchun quyidagi malaka talablari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjada birja aʼzosi sifatida akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzosining treyderlari malaka sertifikatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzosining rahbari oliy maʼlumotga yoki tovar-xom ashyo birjalarida uch yillik brokerlik ish stajiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi birja aʼzosining rahbari ariza berishdan oldin oxirgi uch yil davomida jinoiy javobgarlikka tortish haqida sud hukmi chiqarilmagan boʻlishi yoki sud hukmi bilan moliyaviy tashkilotlarda mansabdor shaxs lavozimlarini egallashga taqiq boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdo ishtirokchisi fyuchers savdolari toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari va fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga, shuningdek, birjaning boshqa hujjatlariga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdo ishtirokchisi fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari va fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga muvofiq belgilangan maxfiy maʼlumotlarni, fyuchers savdolari hamda tijorat sirini tashkil etuvchi va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlarga nisbatan maxfiylikni saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Savdo ishtirokchisiga mijozlarni chalgʻitishi mumkin boʻlgan harakatlarni sodir etish, shu jumladan, notoʻgʻri hisobotlar va maʼlumotlarni taqdim etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdo ishtirokchisi mijozni birjaning veb-saytida oshkor qilingan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari, fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibi, fyuchers kontraktining tasnifi, shuningdek, ushbu hujjatlardagi oʻzgarishlar va birja vakolatli organlarining qarorlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birja savdo ishtirokchilari va ularning mijozlari reyestrini yuritadi. Savdo ishtirokchilari va ularning mijozlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Birja savdo ishtirokchisidan savdo ishtirokchilari va ularning mijozlari reyestrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar (hujjatlar)ni olishga haqli. Birja savdo ishtirokchisidan olingan maʼlumotlar (hujjatlar)ni markaziy kontragentga berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Savdo ishtirokchisining moliyaviy holatini monitoring qilish maqsadida birja undan qoʻshimcha maʼlumot olish va hisobot taqdim etishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi yoki savdo ishtirokchisi birjaga taqdim etilayotgan hujjatlarning ishonchliligi va toʻliqligini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo ishtirokchisi uning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, ustavi, manzili (joylashuvi), pochta manzili, telefon, faks, elektron pochta manzili, rahbarining oʻzgarishi toʻgʻrisida birjani xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tovar derivativlari, shu jumladan fyuchers savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish va ruxsat berishni rad etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Birja ariza beruvchini akkreditatsiyadan oʻtkazadi. Akkreditatsiya vaqtida birja ariza beruvchidan va/yoki markaziy kontragentdan olingan maʼlumotlar asosida mijozlarga tegishli xos raqamlarni biriktiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Birjaning tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etishga ruxsat olish uchun ariza beruvchi birja bilan fyuchers savdolarini oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akkreditatsiyadan oʻtish uchun ariza beruvchi birjaga fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari va fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga muvofiq hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari seksiyasida akkreditatsiyadan oʻtishga malaka sertifikatiga ega boʻlgan hamda ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan malaka talablariga javob beradigan birja aʼzolariga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Savdo ishtirokchisiga tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etishga elektron birja savdo tizimidan foydalangan holda ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birjada tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etishga ruxsat olish uchun ariza beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari boʻyicha birja aʼzosi sifatida akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja bilan tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarini oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Savdo ishtirokchisi treyderning ish joyidan foydalangan holda tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagi hollarda birja xizmatlar koʻrsatish shartnomasini bekor qilish orqali, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining koʻrsatmasiga koʻra tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etishni toʻxtatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisiga nisbatan faoliyatni yoki faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisi va (yoki) uning birinchi rahbari roʻyxatda mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisi va (yoki) uning birinchi rahbariga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori (hukmi) boʻlsa, unga asosan savdo ishtirokchisi va (yoki) uning birinchi rahbari muayyan huquqdan mahrum etilgan boʻlsa va bu uning tovar birjasida savdoda ishtiroki bilan bogʻliq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etishi toʻxtatilgan savdo ishtirokchisi birjadagi tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolaridagi ishtiroki toʻxtatilgunga qadar yuzaga kelgan barcha majburiyatlarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari seksiyasida Birjada akkreditatsiyadan oʻtkazish faqat quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomda belgilangan talablar bajarilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga nisbatan faoliyatni yoki faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchini va (yoki) uning birinchi rahbari roʻyxatda mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga va (yoki) uning birinchi rahbariga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori (hukmi) boʻlsa, unga asosan ariza beruvchi va (yoki) uning birinchi rahbari alohida huquqdan mahrum etilgan boʻlsa va bu tovar birjasida akkreditatsiya olish bilan bogʻliq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Birjada tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolari seksiyasida akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, ariza beruvchi akkreditatsiyadan oʻtish toʻgʻrisidagi ariza bilan birjaga qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Aʼzolik badali va vositachilik yigʻimlarini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fyuchers bozorining savdo ishtirokchisi va kliring ishtirokchisiga nisbatan aʼzolik badalini toʻlash majburiyati birja tomonidan belgilangan tariflarga muvofiq savdoda ishtirok etishga ruxsat berish toʻgʻrisida birjaning yakuniy qarori qabul qilingan kundan boshlab vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Savdo ishtirokchisi birja bilan tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarini oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasini va kliring xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma imzolangandan soʻng fyuchers savdolarida ishtirok etish huquqi uchun toʻlovlarni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarini oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasi va kliring xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha xizmatlar uchun birjaga toʻlanishi kerak boʻlgan barcha toʻlovlar birja bitimlari bilan bogʻliq tariflarda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Birja bitimlari bilan bogʻliq tariflarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali oshkor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Birjaning tovar derivativlari, shu jumladan, fyuchers savdolarida ishtirok etishga ruxsat olish, savdo ishtirokchisi va uning mijozlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar mazkur Nizomga, fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari va fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga, fyuchers kontraktining tasnifiga, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi mazkur Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi, ichki (insayderlik) maʼlumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning raqobatga zid boshqa usullaridan foydalanishning oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi, ichki (insayderlik) maʼlumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning raqobatga zid boshqa usullaridan foydalanishning oldini olish tartibini belgilaydi va birja savdolari ishtirokchilariga (sotuvchi, xaridor va birja aʼzolariga) nisbatan qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narx — sotuvchi tomonidan belgilanadigan birja savdolariga qoʻyilgan tovarning narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manipulyatsiya — birja savdolari ishtirokchilarining qoʻshimcha daromad olish maqsadida narxlarni sunʼiy oʻzgartirishga, bir darajada ushlab turishga va boshqa ishtirokchilarning xatti-harakatlariga taʼsir etishga qaratilgan harakatlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va Internet tarmogʻida qasddan yolgʻon maʼlumotlar tarqatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki (insayderlik) maʼlumotlar — avval tarqatilmagan va tarqalishi birja tovarining narxiga, talabiga yoki taklifiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan (qonun bilan qoʻriqlanadigan tijorat, bank va xizmat sirini tashkil etuvchi) maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo sessiyasi — birjada belgilangan tartibda birja savdolari oʻtkaziladigan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni savdoga qoʻyish jadvallari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga muvofiq sotuvchilar tomonidan tasdiqlanadigan mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — birja tovarini kotirovkalash varagʻiga kiritish hamda uni sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs (rezident va norezident);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart birja kontrakti — birja tomonidan belgilangan tartibda kotirovkalash varagʻiga kiritilgan standart birja kontrakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — birja tovarini oʻz ehtiyoji uchun, qayta sotish va boshqa maqsadlarda xarid qiluvchi yuridik shaxs (rezident va norezident) yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — vakolatli organga birja savdolari boʻyicha maʼlumotlarni tezkor olish imkoniyatini beruvchi, birja tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron modul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasining oldini olish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organ birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasining oldini olish maqsadida birja bilan birgalikda birja savdolari ishtirokchilari uchun oʻquv seminarlarini oʻtkazadi hamda tegishli targʻibot ishlarini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Birja aʼzolari oʻz mijozlari tomonidan qonunchilikka, birja savdosi qoidalariga hamda mazkur qoidalarga zid ravishda berilgan va birja savdolarida manipulyatsiya holatlariga olib keladigan koʻrsatmalarni bajarmaslikka haqli. Mazkur koʻrsatmalar toʻgʻrisida birja aʼzolari vakolatli organ hamda birjani tegishli tartibda xabardor qilgan taqdirda, ularga nisbatan taʼsir choralari qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasining oldini olish vakolatli organ tomonidan savdolarni tashkil etish jarayonini monitoring qilish orqali ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasini aniqlash
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi savdolar jarayoni va bitimlar shakllanishini doimiy monitoring qilish, birja tovarining narxlari oʻzgarishini tahlil qilish hamda manipulyatsiya holatlari boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish orqali aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ tomonidan narxlar dinamikasidan qatʼi nazar, manipulyatsiya holatlarini aniqlashning boshqa choralari ham qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Narxlar manipulyatsiyasi harakatlarini aniqlashda shaxsiy kabinet orqali olinadigan, tovarlarning savdoga qoʻyilishi, birja aʼzolari tomonidan berilgan buyurtmalar, bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarning amalga oshirilishi va tovar yetkazib berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ommaviy axborot vositalarida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻrganish oʻtkazish uchun kelib tushadigan murojaatlar (yozma yoki ogʻzaki) hamda mustaqil ravishda aniqlangan shubhali axborotlar asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu turdagi manipulyatsiya materiallari maʼlumotlar manbai, uni chop etish sanasi va vaqti (ekran tasvirlari, video, audio yozuvlar, havolalar va boshqalar) koʻrsatilgan holda qayd etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Manipulyatsiya harakatlarini aniqlashda vakolatli organ quyidagilarga eʼtibor beradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalarida kichik lotlarda yuklanishi mumkin boʻlgan tovarlarga asossiz yirik lotlarning belgilanganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalarida sotuvchilar tomonidan garov mablagʻlari asossiz ravishda kam miqdorda belgilanganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorlarning ilgari bekor qilingan bitimlar boʻyicha tegishli tovarlarni sotib olish uchun berilgan buyurtmalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻxshash tovarlar sotuvchilarining birja shartnomalarida koʻrsatilgan toʻlov va yuklab joʻnatish muddatlari hamda alohida shartlarining muvofiqligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalarida tovarlarning sifat koʻrsatkichlari (turi, navi, sinfi, markasi va boshqalar) boʻyicha yetarli maʼlumot koʻrsatilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻxshash tovarlar sotuvchilarining birja shartnomalarida koʻrsatilgan markirovkalash standartlarining muvofiqligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalari tovar guruhlari boʻyicha boʻlinishi va tovarlarning milliy standartlarga muvofiq markalari ularning jahon yoki boshqa mamlakatlar standartlariga muvofiqligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalariga tovar haqida qoʻshimcha maʼlumot kiritish zarurligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalarining maxsus shartlarida xaridorlarning oʻz transport vositalaridan, tovarlarni yuklash yoki tushirish uchun oʻz ishchi kuchidan foydalanishlarini cheklashi mumkin boʻlgan shartlarning, birja shartnomasida nazarda tutilgan toʻlov va yuklab joʻnatish muddatlarida qoʻshimcha saqlash xizmatlarining belgilanganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni savdoga qoʻyish jadvallarida forvard va spot shartnomalari boʻyicha hajmlar mavsumiylikdan kelib chiqqan holda mutanosib taqsimlanganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan birja aʼzosi tomonidan birja savdolari davomida narxlarning oshishiga sabab boʻlgan, yuqori narxlarda va katta hajmlardagi buyurtmalar kiritilganligiga va keyinchalik ularning oʻchirib yuborilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning keskin oshishiga sabab boʻluvchi, sotuvchilar tomonidan tovarni savdoga qoʻyish hajmlarining muayyan savdo kunida keskin oshirib yuborilishiga, keyingi kunlarda esa hajmlarning avvalgi kunlar darajasida yoki kam miqdorda qoʻyilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narxlari qonunchilik talablariga muvofiq hisoblab chiqiladigan tovarlarning birja savdolariga qoʻyilgan boshlangʻich narxlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomasida koʻrsatilgan va tuzilgan bitimlarda tovar boshlangʻich narxining tengligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchilar tomonidan tovar hajmlarining toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilishi natijasida birja savdolariga qoʻyish hajmining kamayishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining avtotransport vositasi va temir yoʻl vagonlarida kunlik yuklab joʻnatish imkoniyatlaridan kelib chiqib, tovar qoʻyish hajmlari kichik va yirik lotlar boʻyicha mutanosib taqsimlanganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim turdagi tovarlarning narx dinamikasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima sanksiyalari qoʻllanmasdan xaridor tashabbusi bilan muayyan birja shartnomasi boʻyicha asossiz ravishda bitimlarning bekor qilinishiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Birja savdolari jarayonida narxlar manipulyatsiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birja ishtirokchilarining quyidagi qasddan qilingan har qanday harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi va ularni amalga oshirish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjada sotilayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotning narxiga, talabiga, taklifiga va uni yetkazib berish shartlariga sunʼiy ravishda taʼsir etish, shu jumladan, oldindan kelishish va til biriktirish holatlari orqali asossiz foyda olish, muayyan ishtirokchilarga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, axborotdan foydalanish orqali boshqa ishtirokchilarga mahsulotni sotib olish imkoniyatini cheklash, birja narxlarini keskin oshirish, qatʼiy belgilash yoki bir darajada ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, Internet va boshqa kommunikatsiya kanallarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda yolgʻon maʼlumotlar tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomasi boʻyicha yirik, yaʼni barcha xaridorlarga savdolarda teng qatnashish imkoniyatini cheklaydigan lotlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil mahsulotlar sotuvchilari tomonidan belgilangan shartlardan sezilarli darajada farq qiladigan asossiz toʻlov va yetkazib berish muddatlari hamda alohida shartlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja rasmiy veb-saytiga mahsulotlarni savdoga qoʻyish jadvallarini joylashtirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini chegaralovchi alohida shartlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni savdoga qoʻyish jadvallarida ularning hajmlarini forvard va spot shartnomalari boʻyicha asossiz ravishda nomuvofiq qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forvard shartnomasi boʻyicha mahsulotni bir oydan kam boʻlgan muddatda yuklab joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo jarayonida muayyan birja ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilar narx taklifiga nisbatan noodatiy ravishda tafovuti yirik boʻlgan narx taklifini berish va buning natijasida savdolar tugagunga qadar buyurtmani oʻchirish yoki tuzilgan bitimni asossiz ravishda jarimani toʻlamagan holda bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga asosan narxlari tartibga solinadigan mahsulotlarning boshlangʻich narxlarini shakllantirishda belgilangan tartiblarga rioya qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narxlarni belgilashda monopol yuqori narx qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomasi boʻyicha bekor qilingan muayyan xaridor ishtirokidagi bitim narxining ushbu birja shartnomasi boʻyicha aynan oʻsha xaridor ishtirokida keyingi amalga oshirilgan ikkita savdodagi bitimlarining minimal narxlaridan pastligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning birja savdosida sotilmay qolgan qismini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish orqali mahsulotlarni savdolarga qoʻyish hajmlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni savdoga qoʻyish jadvallarida nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni muqobil transport turida yuklab joʻnatish imkoniyati boʻla turib, asossiz ravishda muayyan transport turi orqali yuklab joʻnatish koʻzda tutilgan shartnomalar boʻyicha qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjada tuzilgan bitim va shartnomalarni asossiz yoki muntazam ravishda jarimalar qoʻllanmasdan bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni yuklab joʻnatish navbati boʻyicha ketma-ketlikka amal qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalarni birlashtirish va birja savdolari gʻolibini aniqlash jarayonida, jumladan, ruxsat berilmagan birja dasturi taʼminotidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi va xaridor tomonidan bitta shaxsiy hisobraqamda bitim tuzish, shuningdek, sotuvchi va xaridor boʻlib ishtirok etayotgan bitta brokerlik idorasi tomonidan bitimni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Baland narx asosida shakllangan bitimni rasmiylashtirmaslik holati savdolarga taʼsir etish omillarini inobatga olgan holda manipulyatsiya deb topilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ birja savdolari jarayonida boshlangʻich narxga nisbatan narxlar oshishining yoʻl qoʻyiladigan chegarasini belgilashi hamda narx belgilangan chegaradan oshib ketgan taqdirda savdolarni toʻxtatish va sotilmay qolgan mahsulotlar hajmini keyingi savdolarga oʻtkazish boʻyicha birjaga koʻrsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Birja boʻlib oʻtgan savdolar natijasida narxlarning keskin oshishi, talab yoki taklifning jiddiy nomutanosibligi va manipulyatsiya alomatlari kuzatilganda vakolatli organni xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Manipulyatsiya harakatlari aniqlangan barcha hollarda vakolatli organ raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini taʼminlaydi. Birja aʼzolarining javobgarlik masalasi birja savdosi qoidalarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ichki (insayderlik) maʼlumotlardan foydalanishni cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ichki (insayderlik) maʼlumotlarning hisobi yuritilishi, ularning saqlanishi uchun javobgarlik birja va birja ishtirokchilari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ichki (insayderlik) maʼlumotlarni tarqatish va ulardan birja tovarining narxiga, talabiga yoki taklifiga taʼsir qilish maqsadida foydalanish, shu jumladan, uchinchi shaxslarga ichki (insayderlik) maʼlumotlardan foydalangan holda maʼlum bir birja tovarini xarid qilish boʻyicha maslahatlar berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmoqlarida, shuningdek, boshqa axborot vositalarida oshkor qilingan maʼlumotlar ichki (insayderlik) maʼlumotlarni tashkil etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ichki (insayderlik) maʼlumotlar tarqatilgan taqdirda manfaatdor shaxslar ularning tarqatilishi bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etish uchun zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Faoliyat yuritayotgan tovar-xom ashyo birjalarida hamda tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlarida ushbu Nizom talablariga javob beradigan ishlab turgan elektron savdo tizimlari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy vosita (keyingi oʻrinlarda — DV) — maʼlumotlar bilan ishlash tizimining faoliyat yuritishiga doir dasturlar, tartibotlar, qoidalar, shuningdek, ularga ilova qilinadigan hujjatlar va maʼlumotlardan iborat obyekt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron birja savdolari tizimi (keyingi oʻrinlarda — EBST) — tovar-xom ashyo birjasi aʼzolariga respublikaning butun hududidan aniq vaqt rejimida masofadan turib birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
server — tarmoq resurslarining muayyan turini boshqaradigan hisoblash mashinasi (tizimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi stansiya (terminal) — tovar-xom ashyo birjasi aʼzosida mavjud boʻlgan va birja savdolarining elektron tizimiga ulangan maxsus dastur bilan taʼminlangan kompyuter;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturlarni dasturlash interfeysi (Application Programming Interface) (keyingi oʻrinlarda — API) — bir dasturiy tizimning boshqa dasturiy tizim bilan oʻzaro aloqada ishlash usullarining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-servis — bir dasturiy tizimning boshqa dasturiy tizim bilan oʻzaro aloqasida qoʻllaniladigan standartlashtirilgan interfeyslarga ega axborot resurslarining taqsimlangan tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektron birja savdolari tizimlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. EBST quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal hisoblash tarmoqlarida faoliyat koʻrsatishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ hisoblash tarmoqlarida faoliyat koʻrsatishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global internet tarmoqlarida faoliyat koʻrsatishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-servis orqali maʼlumotlar bazasi bilan bogʻlangan holda brokerlik idoralari, brokerlar, dilerlar, brokerlik idoralarining mijozlari haqidagi axborotni tashkil qilish, saqlash va aks ettirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-servis va jarayonlarni masofadan ishga tushirish tizimi orqali maʼlumotlar bazasi bilan bogʻlangan holda talabnomalar, bitimlar, savdo natijalari va xabarlar boʻyicha axborotni saqlash va aks ettirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
API orqali maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan maʼlumotnomalar asosida axborotni saqlash va aks ettirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy vositalar majmuining ishini qisqa yoʻriqnomalar, yordam koʻrsatish va tushuntirishlar bilan taʼminlanadigan menyu orqali tashkil qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim ishtirokchilari oʻrtasida (ularning qayerda joylashganligidan qatʼiy nazar) aniq vaqt rejimida muntazam axborot almashinuvini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolari (brokerlar, dilerlar va boshqalar)ga birja savdo zalidan tashqarida ishlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istalgan ishchi stansiyalar (terminal)dan kiritilgan axborotni shu vaqtning oʻzida birja savdolarining elektron tizimiga ulangan barcha ishtirokchilariga umumfoydalanish uchun aks ettirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimga keluvchi axborotni birxillashtirish, yaʼni biror-bir ishchi stansiyadan tizimga kiritiladigan axborotning oldindan belgilangan birjalar tomonidan oʻrnatilgan qoidalar boʻyicha shakllantirilgan taqdirdagina kelib tushishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur tahliliy materiallarni shakllantirish, savdosi boʻladigan alohida aktivlar (tovarlar va moliyaviy vositalar) bozori, aktivlar guruhlari, aylanma hajmlari, talab va taklif hajmlari, kotirovkalar, pozitsiyasi ochiq qolgan hajmlar (sotilmagan hajmlar), lotlar miqdorining holati boʻyicha maʼlumotlarni tanlab olish, turli mezonlarga koʻra axborotni tezkor va oson qidirish jarayonlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. EBST oʻz tarkibida quyidagi operatsiyalar va maʼlumotlar roʻyxatga olinadigan, savdo sessiyalari boʻyicha bajarilgan amallarning hisobini yurituvchi avtomatlashtirilgan jurnal (savdolarning elektron bayonnomasi)ga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoning ochilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoning yopilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisini identifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisining tizimga kirish vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisining tizimdan chiqish vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisi tomonidan narx taklifi berilgan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisining narx taklifini qaytarib olgan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisining narx taklifini oʻzgartirgan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchisining bitim tuzgan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx taklifidagi aktiv miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv bahosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlarni qayd qilish vaqtining formati — yil, oy, kun, soat, daqiqa, soniya (kamida 0,1 soniyagacha boʻlgan aniqlik bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. EBST oʻtkazilgan birja savdolariga oid hisobotlarning birja operatsiyalari jurnali mazmuniga qatʼiy mos kelishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. EBST operatsiyalar jurnalida bajarilayotgan operatsiyalarning avtomatik ravishda biriktiriladigan xos raqamining yuritilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. EBST DV litsenziyaga ega boʻlgan dasturiy taʼminotdan foydalangan holda ishlab chiqilgan boʻlishi va ekspluatatsiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborotning toʻliq yoki qisman yoʻqotilishining va maʼlumotlar bazasining yaxlitligi buzilishining oldini olish maqsadida EBST DV shunday yaratilgan boʻlishi kerakki, unda foydalanuvchining xatolari, texnik nosozlik holatlarida yuzaga keladigan xatolar va maʼlumotlar bazasi xatolari, foydalanuvchiga keyingi xatti-harakatlari yozilgan maʼlumotlarni uzatgan holda, qayta ishlanishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. EBST DVda quyidagi funksiyalarni taʼminlovchi dasturlar ishini nazorat qiluvchi modul boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchini identifikatsiya qilish (tanib olish), autentifikatsiya qilish (haqiqiyligini tasdiqlash) va avtorizatsiyalash (vakolatlarini belgilash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EBST resurslariga kirish ruxsatlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EBSTda sodir boʻlayotgan voqealarni roʻyxatga olish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EBST resurslari yaxlitligini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. EBST DV savdo natijalariga koʻra shakllangan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. EBST DV kiritiladigan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligining nazoratini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. EBST DV quyidagi dasturiy tizimlarni oʻz ichiga olishi (yoki mavjud dasturiy tizimlar bilan elektron tarzda oʻzaro ishlashni taʼminlashi) kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlar kirim va chiqim amaliyotlarida inson omilisiz, bank axborot tizimi bilan integratsiyasi mavjud boʻlgan hisob kitob-kliring tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitar tizim (vakolatli birja ombori tizimi) (agar texnologik savdo jarayoni bunday tizim bilan oʻzaro ishlashni nazarda tutsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahlil tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari (agar texnologik savdo jarayoni bunday tizim bilan oʻzaro ishlashni nazarda tutsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. EBST DV nazarda tutilgan barcha ish rejimlarida oʻzbek va/yoki boshqa tillarda ishonchli ishlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. EBSTni oʻrganish va undan amalda foydalanish uchun zarur boʻlgan hujjatlar (davlat tilida va boshqa tillardagi tarjimasi) boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Apparat taʼminotiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Server va kommunikatsiya uskunasi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalarida qabul qilingan ish tartibini taʼminlash uchun yetarli darajadagi ish unumdorligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng qamrovli, yaʼni axborotning ortib borayotgan hajmi bilan ishlash imkoniyatlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuqori sifatli tizimlarni tashkil qilishda ishonchli “raid” massivlarini yaratish uchun serverlarni zarur miqdordagi diskli saqlash qurilmalari hamda “hot swap” quvvat manbalari bilan taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Server barcha server-apparat qismlarini monitoring qilish va ularning sozligini nazorat qilish tizimiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Serverning elektr taʼminotini kirish kuchlanishini barqarorlashtirgan holda uzluksiz taʼminlash qurilmasi (keyingi oʻrinlarda — UTQ) orqali amalga oshirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. UTQ quvvati server tomonidan talab qilinadigan quvvatga muvofiq tanlanishi va batareyaning kamida 120 daqiqalik ish vaqti bilan taʼminlashi kerak va bunda nominal quvvatning koʻpi bilan 60 foizi yuklangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Diskli saqlash qurilmalarida (masalan, yuqori darajali “raid”, aks nusxa olish), shuningdek, maʼlumotlar saqlanadigan tashqi qurilmalarda (masalan, strimer va boshqalar) maʼlumotlarning zaxiralanganligi taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Serverga maxsus operativ xotira — xatolarni topib, tuzatish (YESS — error corecting code) qobiliyatiga ega boʻlgan xotira oʻrnatilgan boʻlishi kerak, bunda oddiy hisob nazorati yetarli boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Birja oʻziga tegishli server qurilmalari va alohida joylashgan server xonasiga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Server xonasi quyidagi talablarga javob berish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklangan doiradagi shaxslarning kirish huquqiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonmaydigan materiallardan koʻtarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitilgan va namlikni yoʻqotuvchi toza havo oqimini taʼminlovchi tizimga ega boʻlgan, “24/7” rejimida ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo harorati Selsiy boʻyicha 20 — 24 darajada saqlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr taʼminoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) kamida 2 soat taʼminlovchi quvvat manbai batareyalariga (UPS) ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar sodir boʻlganda, kamida 3 sutka davomida elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlgan generator uskunasi mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus gaz yordamida avtomatik yongʻin oʻchirish tizimiga ega boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Axborot xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. EBST ushbu Nizom talablari va boshqa normativ hujjatlarning talablariga muvofiq muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Axborot xavfsizligi axborotni muhofaza qilishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlari va dasturiy-apparat vositalaridan iborat tizim bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar mavjud boʻlishi talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murakkab boshqaruv siyosatini amalga oshirish hamda tarmoq xavfsizligini taʼminlashda ilgʻor yechimlarga ega (Enterprise) tarmoqlararo apparat xavfsizlik devorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatsiz kirishlarni aniqlash va ularning oldini olish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova serverlari va EBST DV maʼlumotlar bazasi serverlari faoliyati boʻyicha monitoring tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar va savdo ishtirokchilarining EBSTga kirishi uchun parollarni qoʻllash boʻyicha sxemalar va yoʻriqnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning EBST axborot resurslari va xizmatlaridan foydalanish ruxsati darajalarini belgilash sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotni takrorlash hamda maʼlumotlar nusxalari va joʻnatilgan xabarlarni saqlash texnologiyasi boʻyicha yoʻriqnoma va hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning maxfiy maʼlumotlar oshkor etilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan va olib kelgan harakatlari uchun javobgarlikni belgilaydigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja ishtirokchilarining oʻzaro elektron jarayonda ishlashi davomida axborotning muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida axborot almashinuvi qoidalarini belgilaydigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot almashinuvi uchun savdolarning texnologik jarayonidagi barcha ishtirokchilar uchun yagona boʻlgan, uzunligi kamida 1 024 bitdan iborat kalitli, maʼlumotlarni shifrlash algoritmi qoʻllanilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar tarkibida yuridik va jismoniy shaxslarni EBST DVni loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va taʼminlashga jalb qilishni tartibga soluvchi talablar hamda xatti-harakatlar roʻyxati boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Birja aʼzolarining EBSTda axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan, shu jumladan, elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda ish olib borishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. EBST DVning axborot xavfsizligini taʼminlash tizimi xavfsizlikka tahdidni hamda ularni yuzaga keltirgan sabab va sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlashni taʼminlaydigan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tashkiliy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. EBST uzluksiz ravishda sutkasiga 24 soat mobaynida (ish kunlarida) ishlash imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Birja savdolarining har bir ishtirokchisi birja savdolarining elektron savdo tizimidan teng foydalanish huquqiga ega boʻlishi kerak. Ishtirokchilar soni EBST DVning unumdorligi yoki dasturiy-apparat tavsiflari bilan cheklanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Birja savdolarining har bir ishtirokchisi uchun teng sharoit yaratish maqsadida savdolarga Internet tarmogʻi mavjud boʻlgan istalgan joydan yoki savdo zallaridan ishtirok etish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Birjaning hududiy filiallari, alohida brokerlik joylari, savdo maydonchalari va boshqa joylarda ishni tashkil qilishda birja EBSTga ulanadigan va hududlarda ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan ishonchli kanallarni taʼminlashi hamda birja ishtirokchilari uchun teng savdo shartlarini taʼminlashi shart. Birja savdo ishtirokchilari tomonidan mustaqil ravishda tanlab olinadigan va foydalaniladigan texnik tavsif va texnik komplektga ega boʻlgan terminallarning butligi va ishga yaroqliligi uchun javobgar emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tovar-xom ashyo birjasi birjadan uzoqda joylashgan savdo ishtirokchilarini masofadan turib foydalanish rejimi boʻyicha ulash uchun zarur miqdordagi portlarni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Birja aʼzolari uchun Internet tarmogʻi orqali istalgan joydan turib birja savdolarida ishtirok etish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bunda mazkur Nizomning 31-bandida keltirilgan talab inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tovar-xom ashyo birjalarida birja savdolarining elektron tizimiga ulanish va unda savdo ishtirokchilarining uzoq masofadan turib ishlashi boʻyicha shart-sharoitlar, talablar va texnik tavsiflarni belgilaydigan yoʻriqnoma boʻlishi kerak. Tovar-xom ashyo birjalari savdo ishtirokchilari tomonidan mustaqil ravishda tanlab olingan va foydalaniladigan aloqa kanallarining ishlashi va oʻtkazish imkoniyati uchun javobgar emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tizimga ushbu sohaning mutaxassislari hisoblangan va shu kabi tizimlarda kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan shtatdagi xodimlar xizmat koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. EBST belgilangan tartibda tasdiqlangan birja savdolari qoidalariga muvofiq ishlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Birja savdolarining elektron tizimlari ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ekspertizani oʻtkazishning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan tovar-xom ashyo birjalarida EBST qoʻllanilishini yoʻlga qoʻyishdir. Ekspertizani birja faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi oʻtkazadi. Zarur hollarda, ekspertizani oʻtkazish uchun boshqa idoralarning tegishli mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. EBST ekspertizasini oʻtkazishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DVda axborotni qayta ishlash texnologik jarayonlarining Oʻzbekiston Respublikasida birja faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining shartlari va talablariga mos kelishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EBSTning axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etiladigan EBST DVning tovar-xom ashyo birjalarida amalga oshirilayotgan operatsiyalarning toʻliq jarayonini taʼminlaydigan amaldagi avtomatlashtirilgan tizimlarga dasturiy va axborot jihatdan mos kelishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalaniladigan dasturiy mahsulotni tartibga solish va tovar-xom ashyo birjalari tomonidan sotib olinadigan yoki ishlab chiqiladigan yangi dasturiy taʼminotni nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan amaliy (ishlab chiqilgan yoki sotib olingan) DV ekspertizani oʻtkazish obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ekspertizani oʻtkazish uchun dasturchi va operator foydalanadigan qoʻllanmalar, dastur matnlari va boshqa hujjatlar taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qayta ishlab chiqilgan EBST (oʻzgartirilgan yoki yangi versiyadagi EBST) qayta ekspertizadan oʻtkaziladi. Bu holda EBSTning oʻzgartirilgan yoki qoʻshimcha kiritilgan qismi ekspertiza qilinadi. Bunda EBSTning qayta ishlab chiqilgan qismlari uchun hujjatlar taqdim etiladi. Normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi natijasida oʻzgartirilgan EBST versiyalari ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar kuchga kirgan kundan boshlab, uch oy ichida ekspertizaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ekspertizadan oʻtkazilmagan EBSTdan foydalanilganlik uchun tovar-xom ashyo birjalariga nisbatan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jazo choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. EBSTni ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan kamchiliklar, yaʼni EBSTda axborotni qayta ishlash texnologik jarayonining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talab va shartlariga mos kelmasligi, EBST axborot xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi yoki joriy etiladigan EBSTning dasturiy va axborot jihatdan mos kelmaslik holatlari litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emas deb hisoblanadi hamda birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berishni rad etishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. EBSTning ushbu Nizom talablariga hamda boshqa normativ hujjatlarga (oʻzgartirishlar yoki yangi talablar kiritilganda) mos kelmasligi aniqlanganda, tovar-xom ashyo birjasiga, agar unga birja faoliyatini yuritish uchun ilgari litsenziya berilgan boʻlsa, ushbu aniqlangan nomuvofiqliklar va ularni bartaraf etish muddatlari koʻrsatilgan koʻrsatma yuboriladi. Yuborilgan koʻrsatma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, ushbu birja uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish masalasi koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tovar-xom ashyo birjasi tomonidan EBSTni ekspertizadan oʻtkazish xulosasi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat arizasi berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarorining 8-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlarining miqdorlarini belgilashda, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ uchun foyda soligʻini hisoblashda xarajatlar bilan chegiriladigan monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan mahalliy yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni sotish boʻyicha “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,1 foiz miqdordagi vositachilik yigʻimlari hisobga olinadi va ular quyidagi ulushlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,06 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,02 foiz”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,02 foiz”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik yigʻimlari uchun undiriladigan mablagʻlar bitim qiymatidan tegishincha birja xizmatlari uchun 3 foiz hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari fondiga yoʻnaltiriladigan toʻlovlar uchun 2 foiz nisbatda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari fondiga oʻtkaziladigan vositachilik yigʻimlari birja uchun daromad soligʻini hisoblab chiqishda ayriluvchi xarajatlar hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. HKKP birjaning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega emas hamda birja nomidan, agar qonun va qonunosti hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan har qanday mustaqil operatsiya va harakatlarni sodir etish huquqisiz ish olib boradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,02 foiz miqdordagi vositachilik yigʻimi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi “monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi” soʻzlaridan keyin “va ushbu mahsulotlarni mazkur jadvallarda belgilangan muddatlar va hajmlarda birja savdolariga qoʻyib boradi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Sotuvchilar obyektiv va ularga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli jadvallarda nazarda tutilgan hajmlarni va mahsulotni birja savdolariga qoʻyish muddatlarini bajarishning imkoniyati boʻlmagan holatlarda, bu haqda mahsulotni birja savdolariga qoʻyish sanasidan oʻn kun avval, favqulodda yuzaga kelgan vaziyatlarda esa shu kunning oʻzidayoq aniq sabablarni koʻrsatib hamda ombordagi mavjud mahsulot zaxirasi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan maʼlumotlarni taqdim etgan holda monopoliyaga qarshi kurashish organi va birjani xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish organi, zarur boʻlganda, mutasaddi idoralar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilgan holda, joyiga chiqib, mavjud muammolarni oʻrganadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71. Sotuvchi va xaridorlarga mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish, sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish va bitimlarni bekor qilishda mazkur Nizom hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan monopoliyaga qarshi talablar qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 31-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Monopoliyaga qarshi kurashish organi mahsulotlar boʻyicha belgilangan avans miqdorlari, toʻlov va yetkazib berish muddatlariga oʻzgartirish kiritish haqida sotuvchilarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 311-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“boshlangʻich narxlarni asossiz oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan, eksportga sotish holatlari aniqlanganda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarida bir xil turdagi mahsulot boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) oʻrtasidagi farqqa koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻlar olib qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birja savdolari ishtirokchilari tomonidan manipulyatsiya harakatlari natijasida, bunda mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar mustasno, joriy birja narxlarining keskin koʻtarilishiga yoki qatʼiy belgilanishiga olib keladigan harakatlari aniqlanganda, oldingi birja savdolarida shakllangan mahsulotning oʻrtacha sotilish narxi bilan manipulyatsiya natijasida shakllangan mahsulot sotilish narxi oʻrtasidagi farq summasini manipulyatsiya harakatlari sodir etilgan savdolarda sotilgan mahsulot hajmiga koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻ olib qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “birinchi va ikkinchi qismida” soʻzlari “birinchi — uchinchi xatboshilarida” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizom 31-ilovadan keyin quyidagi mazmundagi 32-ilova bilan toʻldirilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
32-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar xom-ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Litsenziya nomi:

Birja faoliyati uchun litsenziya

2. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari:

Tovar xom-ashyo birjasi faoliyati

3. Ariza beruvchilar toifasi:

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar

4. Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, asosiy faoliyat turi, telefon raqami, elektron pochta manzili koʻrsatiladi.

2. Birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalari nusxasi.

3. Ustav jamgʻarmasining shakllantirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida

8. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

20 ish kuni

9. Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga rioya etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazga ega boʻlgan va Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob beradigan hamda ularga asosan ishlab turgan elektron birja savdo tizimining mavjudligi;*

v) ustav fondining ariza berilgan sanada bazaviy hisoblash miqdorining kamida qirq ming baravari miqdorida shakllantirilganligi;

g) litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari bir vaqtning oʻzida boshqa tovar-xom ashyo birjalarida rahbarlik lavozimini egallashiga yoʻl qoʻymaslik;

d) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas:*

moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;

qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruvi organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;

yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar yoki ularning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtmagan boʻlsa;

iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan shaxslar;

e) tuzilgan birja bitimlari bajarilishining kafolatlanish tizimi mavjudligi;

j) qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning maxfiyligini taʼminlash;*

z) birja savdosi qoidalari mavjudligi, unda:*

birja aʼzolari, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi nizom;

birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni toʻxtatib turish va tugatish tartibi;

birja aʼzolarining birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi;

birja tovarlarini muomalaga qoʻyish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-taomillari;

tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun sharoit yaratish tartibi;

birja savdolarini oʻtkazish tartibi va birja bitimlari turlari;

birja savdolarida muomalada boʻladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi;

birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) va ular toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish tartibi;

birja tovarlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, birja bitimlarini va birja savdolari natijalarini roʻyxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;

birja savdolari ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

birjada narxlarning shakllanish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;

birja savdolari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibi;

birja savdolari qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalar;

birjada nizolarni hal etish tartibi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar;

birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari toʻgʻrisidagi qoidalar mavjudligi;

i) birja savdolarida faqat oldindan eʼlon qilinadigan, isteʼmolchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin boʻlgan birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilgan tovarlarni sotish, oldindan eʼlon qilinadigan birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilmagan tovarlarning sotilishiga qoʻyilgan taqiqlarning mavjudligi;

k) birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalash (narxini belgilashni);

l) axborotlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi;

m) litsenziyalovchi organ talabiga koʻra tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq axborotni, shu jumladan, internet tarmogʻidan foydalangan holda shaxsiy kabinet orqali birja tovarlarining qoʻyilishi, sotilishi va hisob-kitob-kliring palatasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish. Bunda vakolatli organga birja savdolari jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratish;*

n) birja savdolarini faqat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida hamda chet el davlatlaridagi barcha birja aʼzolariga savdolarda bir vaqtning oʻzida qatnashish imkoniyatini beruvchi va teng kirishini taʼminlovchi markazlashtirilgan elektron tizimda oʻtkazish. Bunda birja savdolarini tashkil etishda raqobatni cheklovchi talablar va shartlarning joriy etilishini taqiqlash;

o) tovar-xom ashyo birjasining elektron savdo tizimida avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, oʻlchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qoʻyilgan narxi va bitimda roʻyxatdan oʻtkazilgan narx, tovarni yetkazib berish shartlari, bitim tomonlari, bitim amalga oshirilgan aniq vaqt koʻrsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash;

p) tovar-xom ashyo birjasining kotirovkalash varagʻiga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega boʻlgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda dastlabki koʻzdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;

r) litsenziya olish, uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash;

s) litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilinishi;

t) zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazning mavjudligi, unda:*

infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 1 TB xotiraga ega boʻlishi;

bir vaqtning oʻzida axborot tizimining kamida 5 000 ta soʻrovni qayta ishlash tezligini taʼminlay olishi;

kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega boʻlishi;

yonmaydigan materiallardan koʻtarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan boʻlishi;

isitilgan va namlikni yoʻqotuvchi toza havo oqimini taʼminlovchi tizimga ega boʻlgan, 24/7 rejimida ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi;

kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi;

elektr taʼminoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) kamida 2 soat taʼminlovchi quvvat manbai batareyalariga (UPS) ega boʻlishi;

maxsus gaz yordamida avtomatik yongʻin oʻchirish tizimiga ega boʻlishi;

maʼlumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini taʼminlovchi generator uskunasiga ega boʻlishi;

u) axborot xavfsizligini taʼminlash, bunda:*

dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi internet, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan boʻlishi;

maʼlumotlar uzatish tarmogʻini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS/IPS funksiyalari, antivirus, spam filtrlari va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlash;

dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni taʼminlovchi yechimlarga ega boʻlish;

veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL sertifikatlari bilan himoyalangan boʻlishi;

maʼlumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan oʻzgartirilishidan himoya qilish uchun PAM tizimiga ega boʻlish;

xodimlar tomonidan maʼlumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP tizimiga ega boʻlishi.

10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar

Mavjud emas

11. Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12. Izoh:

*qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevralda 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 12 va 13-ilovalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-pozitsiyadagi “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda” soʻzlari “Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-pozitsiyadagi “Yigʻim undirilmaydi” soʻzlari “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073; 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son)