30.11.2022 yildagi 686-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Global Ekologik Jamgʻarma ishtirokida “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq yerlar va qirgʻoqboʻyi hududlarni saqlash hamda boshqarish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi hududlarida tuproq tanazzulining oldini olish va tiklash, tabiiy landshaftlarni saqlab qolish, yer hamda suv resurslaridan samarali foydalanish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish asosida ekotizim barqarorligiga erishish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida” 2021-yil 18-maydagi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-iyuldagi PQ-5202-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global Ekologik Jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda — GEJ) tomonidan “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq yerlar va qirgʻoqboʻyi hududlarni saqlash hamda boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) 5 yil muddatga moliyalashtirish uchun 3 552 968 AQSh dollari miqdorida grant ajratilishi maʼqullanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (keyingi oʻrinlarda — BMTTD)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Loyiha uchun 270 000 AQSh dollari miqdorida grant ajratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) hamda BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida Loyihani amalga oshirish boʻyicha koʻmak koʻrsatish xizmatlari kelishuvi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish davrida BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi masʼul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat koʻrsatishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyihani amalga oshirish doirasida Davlat ekologiya qoʻmitasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bilan bogʻliq tadbirlarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, ularni amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, baholash va hisobotlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida tadbirlarga yoʻnaltiriladigan grantning maqsadli va tizimli sarflanishini nazorat qilish, shuningdek, sarflangan hamda oʻzlashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, sarflangan va oʻzlashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida hisobotlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan maʼlumotlarni har chorakda oʻzining rasmiy veb-saytida yoritib borish orqali Loyihaning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda Qoʻmita huzurida GEJ granti hisobidan moliyalashtiriladigan, boshqaruv xodimlari soni jami 11 nafar, shu jumladan, Toshkent shahrida 7 nafar xodimdan iborat yuridik shaxs maqomiga ega Loyihani boshqarish guruhini, Buxoro viloyatining Qorakoʻl va Olot hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq va Amudaryo tumanlarida 1 nafardan, jami 4 nafar xodimdan iborat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Loyiha ofislarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani boshqarish guruhining faoliyati BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani boshqarish guruhi Loyihada belgilangan tadbirlarni kelishish va hamkorlikda muvofiqlashtirish maqsadida Davlat ekologiya qoʻmitasi va Loyiha bilan bogʻliq boʻlgan manfaatdor tashkilotlar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlikni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bilan bogʻliq tadbirlar Davlat ekologiya qoʻmitasi va BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasidagi kelishuv doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun GEJning granti BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi orqali Loyihaning yillik budjetida tasdiqlangan miqdorda va muddatlarda Loyihani boshqarish guruhining tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani boshqarish guruhi tomonidan hisobot yilida GEJning oʻzlashtirilmagan granti BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda keyingi yilga toʻliq oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GEJ granti hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalar, qurilma va zamonaviy texnologiyalar Loyiha muddati tugaganidan soʻng Davlat ekologiya qoʻmitasiga bilan kelishgan holda mahalliy hamkor tashkilotlarga, shuningdek, xarid qilinadigan avtotransport vositalari Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida grant hisobidan xaridlar “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablari asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasiga Loyiha doirasida tadbirlarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini, xaridlar amalga oshirilishini taʼminlash hamda ularning ustidan doimiy nazorat oʻrnatish maqsadida “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash, idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash va ishchi guruhlarni tuzish vakolatlari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Buxoro viloyati hokimligi tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda Loyihaning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani boshqarish guruhi va Loyiha ofisi xodimlarining, shuningdek, har yili muddatli ishga qabul qilinadigan mahalliy maslahatchi-ekspertlarning oylik ish haqlari va boshqa xarajatlarni grant hisobidan, BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirishda erishilgan natijalar va oʻzlashtirilgan grant yuzasidan har olti oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida Loyiha doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihani boshqarish guruhi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7-uydagi Davlat ekologiya qoʻmitasining maʼmuriy binosiga, shuningdek, Loyiha ofislari tegishlicha Buxoro viloyatining Qorakoʻl va Olot hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq va Amudaryo tumanlarining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimlari maʼmuriy binolariga ijara haqining nol stavkasida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani boshqarish guruhi va Loyiha ofislarini mazkur binolarda Loyihani amalga oshirish muddati davomida saqlash bilan bogʻliq xarajatlar (elektr energiyasi, ichimlik suv, isitish tizimi va boshqalar) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoʻshilayotgan ulushning bir qismi sifatida hisobga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
686-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 09/22/686/1054-son)