1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi OʻRQ-610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 15-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning oʻzaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro boʻlish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni oʻzgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz idoralari va mansabdor shaxslari orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oldida masʼuldir, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida oʻz fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Teng fuqarolik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi fuqarolikni olish asoslaridan qatʼi nazar barcha uchun tengdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa eʼtiqodlaridan, mashgʻulotining turi va sajiyasi hamda boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha sohalarida taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining ham fuqarosidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul etilgan ushbu Qonundan va Oʻzbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy eʼtiqodi, mashgʻulotining turi va sajiyasidan qatʼi nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) davlat yoʻllanmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy xizmatni oʻtayotgan yoki oʻqiyotgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining hududida tugʻilgan boʻlsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan boʻlsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmasalar va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan boʻlsalar;
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun 1992-yil 28-iyuldan eʼtiboran kuchga kirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, pasport olingunga qadar esa — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki shaxsning fuqaroligiga doir maʼlumotlar boʻlgan oʻzga hujjat — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining namunalarini, ularni berish tartibi va shartlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Nikohdan oʻtishda va uni bekor qilishda fuqarolikning saqlanib qolishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi bilan yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan nikohdan oʻtishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotindan birining fuqaroligi oʻzgarishi ikkinchisining fuqaroligi oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Chet elda yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet elda yashashi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtatilishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda davlat tomonidan himoya qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi, uning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻzlari borgan mamlakat qonunlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi va uning fuqarosi borgan davlat qatnashayotgan shartnomalar hamda xalqaro odatlar bilan berib qoʻyilgan hamma huquqlardan toʻla foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun choralar koʻrishlari, ularning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qonunlarda belgilangan tartibda himoya qilishlari, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining buzilgan huquqlarini tiklash choralarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini chet davlatga topshirishga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaxsning chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, xorijiy davlat fuqarolari boʻlmish vatandoshlar, agar ular yoki ularning ota-onalari, buvalari yoki buvilari bir vaqtlar mavjud tuzum tufayli vatanni tashlab ketishga majbur boʻlgan boʻlsalar, oʻz iltimoslariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi maxsus komissiyasining xulosasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ham qabul qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boʻlmagan shaxslar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tugʻilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Ota-onasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan bolalarning fuqaroligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugʻilgan paytida ota-onasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bola, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Onasi yoki otasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolalarning fuqaroligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasining fuqaroligi har xil boʻlib, ulardan biri bola tugʻilgan paytida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan quyidagi hollarda bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tugʻilgan boʻlsayu, ota-onasi yoki ularning biri shu vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasining fuqaroligi har xil boʻlib, ulardan biri bola tugʻilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan boʻlsa, agar bu vaqtda ota-ona Oʻzbekistondan tashqarida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tugʻilgan bolaning fuqaroligi ota-onaning yozma tarzda ifodalangan kelishuvi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasidan biri bola tugʻilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi esa fuqaroligi yoʻq shaxs boʻlgan yoxud nomaʼlum boʻlgan taqdirda, bola qayerda tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onasining fuqaroligi boʻlmagan bolaning otasi belgilanib, u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlsa, 14 yoshga yetmagan bola, qayerda tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bolalarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroligi boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan bolasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalarning fuqaroligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasi nomaʼlum boʻlgan va Oʻzbekiston hududida yashayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz iltimosnomalariga koʻra ushbu Qonunga binoan kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa eʼtiqodlaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) chet el fuqaroligidan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soʻnggi besh yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu yerda tugʻilgan va hech boʻlmasa ota-onasidan biri, buvasi yoki buvisi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli boʻlmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olish va bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlarida qayd etib oʻtilgan talablar alohida hollardagina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlari yoki fan, texnika va madaniyat sohasida katta yutuqlari boʻlgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini qiziqtiradigan kasb yoxud malakaga ega boʻlgan ayrim shaxslarga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik ishlatib oʻzgartirishni yoqlab chiqayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy prinsiplariga zid boʻlgan partiyalar va oʻzga tashkilotlarga aʼzo boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq jazolanadigan xatti-harakatlar uchun ozodlikdan mahrum etilgan va jazoni oʻtayotgan boʻlsa, uni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan shaxs oʻz iltimosnomasiga binoan ushbu Qonun talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINING TOʻXTATILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishi asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish oqibatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan boshqa asoslarga binoan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtatilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtalishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning VI-boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar va taqdimnomalarni koʻrib chiqish tartibi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bogʻliq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur boʻlgan sud hukmi boʻlsa yoki shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yolgʻonligi shak-shubhasiz maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi yoʻqotiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. OTA-ONALARINING FUQAROLIGI OʻZGARGANDA VA FARZANDLIKKA OLINGANDA BOLALARNING FUQAROLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgargan taqdirda bolalar fuqaroligining oʻzgarishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgarganligi natijasida ularning har ikkalasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oʻtganida yoki har ikkalasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanida, oʻz navbatida ularning 14 yoshga toʻlmagan bolalarining fuqaroligi ham oʻzgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bolaning ota-onasidan biri maʼlum boʻlsa, ana shu ota yoki onaning fuqaroligi oʻzgarganida 14 yoshga toʻlmagan bolaning fuqaroligi ham tegishli suratda oʻzgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Vasiylik yoki homiylikka olingan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi bolaning ota-onasi yoki yolgʻiz otasi yo boʻlmasa onasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsalar va ayni vaqtda ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vasiylikka yoki homiylikka olgan bolaning tarbiyasida ishtirok etmasalar, ota-ona, vasiy yoki homiyning iltimosiga koʻra bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan taqdirda bolalarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa chet el fuqarosi boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa, boshqasi esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib qolaversa, bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra bunday bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Bola farzandlikka olingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosi boʻlib, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroligi boʻlmagan, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosi boʻlib, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi chet el fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola farzandlikka oluvchilarning kelishuviga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Farzandlikka olingan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, chet el fuqarolari tomonidan farzandlikka olingan yoki biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi chet el fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. Farzandlikka oluvchilarning iltimosnomasiga koʻra bunday bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, bolani fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olingan yoki biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Bolalarning fuqaroligini oʻzgartirish chogʻida ular rozilik berishining zarurligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgargan taqdirda, shuningdek bolalar farzandlikka olingan taqdirda 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning fuqaroligi ushbu Qonunning 34-moddasida koʻzda tutilgan tartibda faqat bolalarning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI YuRITUVChI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT IDORALARI VA ULARNING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi ishlarni yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi ishlarni yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) chet elda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda ularni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va tegishli vakolatlar berilgan unga boʻysunuvchi idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) fuqarolik masalalariga doir arizani zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan hollarni qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) chet ellarda doimiy yashab turgan shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligini qayd etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashab turgan fuqarolarini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI MASALALARIGA OID ARIZALAR VA TAQDIMNOMALARNI KOʻRIB ChIQISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalar topshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik masalalariga oid arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari orqali, chet elda doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat fuqarosi boʻlgan shaxs oʻz fuqaroligini oʻzgartirish niyatiga mazkur davlatning munosabatini koʻrsatuvchi hujjatni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarning shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash yoki undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar arizachining yozma iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi. 18 yoshga toʻlmagan shaxslar xususidagi iltimosnomalar ular vakillarining notarial idoralar tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan qonuniy vakillarining iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 21-moddasi va Oila kodeksining 74va 198-moddalariga muvofiq shaxsning qonuniy vakillari uning ota-onasi, uni farzandlikka olganlar, tutingan ota-onasi, vasiylar yoki homiylar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash va undan chiqarish toʻgʻrisida ariza topshirish chogʻida ularning roziligi boʻlishi shart. Bunday rozilik yozma bayon etilishi va notarial idoralar tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi toʻgʻrisida iltimosnoma topshirganda, basharti uning ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib qoladigan boʻlsa, uning oʻz bolasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga munosabati bildirilgan arizasi ham taqdim etilishi kerak. Bunday ariza notarius tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ariza beruvchi savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari sababli arizani imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan boshqa kishi arizani imzolaydi, bu haqda ichki ishlar idorasi, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasi tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan arizaga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisidagi ariza uning doimiy istiqomat joyida ichki ishlar idorasiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs tomonidan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlashda shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bogʻlanayotgan vaziyat boshlangan paytda amal qilib turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalarning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar ariza beruvchi shaxsan murojaat etgan taqdirda uning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari, chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrli sabablar boʻlgan taqdirda ichki ishlar idoralari, tegishli diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari fuqarolik toʻgʻrisidagi hujjatlarni boshqa shaxslar yoki pochta orqali yuborilgan arizalarga muvofiq rasmiylashtirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar berilganda davlat boji toʻlanadi, uning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish toʻgʻrisidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida davlat boji olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalar yuzasidan xulosalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik masalalariga oid arizani rasmiylashtirayotgan ichki ishlar idorasi yoki tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasi mazkur ariza yuzasidan asoslangan xulosasini chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalar yuzasidan oʻz xulosalarini hamda boshqa zarur hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari komissiyasi nomiga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalarga oid xulosalarda ariza beruvchining davlat oldida bajarilmay qolgan majburiyatlari yoki uning fuqarolar yoxud davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari muhim manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyatlari xususidagi, uni ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi, yoxud unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan, ijro etilishi lozim boʻlgan hukmi mavjudligi haqidagi yo boʻlmasa mazkur shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Arizalar va taqdimnomalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari Komissiyasida dastlabki tarzda koʻrib chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 30-moddasida koʻrsatilgan fuqarolikka oid masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Fuqarolik masalalari Komissiyasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik masalalariga oid arizalar va taqdimnomalarni koʻrib chiqish paytida Komissiya ariza beruvchining dalillarini, taqdimnomaning mazmunini, davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining xulosalarini, boshqa hujjatlarni hamda tegishli tarzda rasmiylashtirilgan guvohlar koʻrsatmalarini atroflicha baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, shaxs Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borib yashamoqchi boʻlsa, Komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining uni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul etish yoki uning fuqaroligini tiklash maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi, shu jumladan respublikada unga ish, turar-joy va boshqa qulayliklar berish imkoniyati bor-yoʻqligi haqidagi fikrini eʼtiborga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz ixtiyoridagi ish yuzasidan materiallar va hujjatlarni tegishli davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridan talab qilib olishga haqlidir, bu davlat idoralari va jamoat tashkilotlari esa komissiya belgilagan muddatda zarur maʼlumotni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya har bir ariza yoki taqdimnoma yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarori bayon bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning majlisda qatnashgan barcha aʼzolari imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning qabul etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti farmonlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar farmonda boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, fuqarolikdagi oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqarilgan kundan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik masalasiga oid takroriy ariza, qoida tariqasida, shu masalaga oid avvalgi qarordan keyin bir yil oʻtgach koʻrib chiqiladi. Ish uchun muhim boʻlgan hamda ariza beruvchiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda takroriy ariza ilgariroq ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarni koʻrib chiqish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalarni koʻrib chiqish muddati bir yildan oshmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI MASALALARIGA OID QARORLARNING IJROSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli idoralari, fuqarolik holatini qayd etish boʻlimlari, chet elda yashovchi shaxslarga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Pasportlar va istiqomat uchun guvohnomalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar idoralari, yoki diplomatiya vakolatxonalari yoxud konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi pasporti topshiriladi. 16 yoshga yetmagan bolalarning hujjatlariga ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashab turgan lekin Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻxtatilgan, boshqa davlat fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga moʻljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijrosini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlar ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari Komissiyasi tomonidan, shuningdek boshqa vakolatli idoralar tomonidan oʻz huquqlari doirasida nazorat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. MANSABDOR ShAXSLARNING FUQAROLIK MASALALARIGA OID NOHAQ XATTI-HARAKATLARI USTIDAN ShIKOYAT QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Mansabdor shaxslarning fuqarolik masalalariga oid nohaq xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik masalalariga oid arizalarni qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik, arizani koʻrib chiqish muddatlari buzilganlik, shuningdek mansabdor shaxslarning fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini va fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish tartibini buzadigan boshqa nohaq xatti-harakatlari xususida ular boʻysunadigan yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. XALQARO ShARTNOMALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Xalqaro shartnomalarning qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda bayon etilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
632-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y.,9-son, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)