Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmati YIDXP orqali amalga oshirilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimlarning davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda toʻlanishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 26-apreldagi 236-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-noyabr,
679-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oliy maktab direktorining oʻrinbosarlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatining departamenti direktoriga, kafedra mudirlari markaziy apparatining departamenti direktori oʻrinbosarlariga tenglashtirilgan tibbiy xizmat amalga oshiriladi”.
2. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, kirish imtihonlari oʻquv yilida ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi”;
b) 16-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “pasport” soʻzi “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son; 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 03.01.2025-y., 09/25/904/0005-son)