18.11.2022 yildagi SQ-647-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon Dastur deb yuritiladi) 2022-yil toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini oʻrganib chiqib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturdagi jami bandlar soni 398 ta boʻlib, ular 607 ta yaxlit va kichik banddagi topshiriqlarga taqsimlangan hamda 233 tasining ijrosi toʻliq taʼminlangan, 219 ta normativ-huquqiy va boshqa hujjat qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tomonidan oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida mamlakatimizda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan yalpi ichki mahsulot oʻsishi 105,8 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining jami xarajatlari 162,4 trln soʻmdan iborat boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 24,7 foizga oshgan. Ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 83,3 trln soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida 1,9 mln fuqaro daromadli ish bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 69,3 mingdan ziyod yangi savdo va servis obyektlari ishga tushirilib, ularda 1 milliondan ziyod kishilarning bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish maqsadida umumiy qiymati 700 mln dollardan ortiq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida quvvati 1 154 MVtga teng 5 ta elektr stansiyasi ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 5,8 trln soʻm mablagʻ hisobiga jami 15 ming 95 km avtomobil yoʻllari hamda 104 ta koʻprik taʼmirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 2 762 ta obyekt uchun 23,8 trln soʻm mablagʻ ajratilgan hamda 466 ta maktab, 163 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 63 ta tibbiyot muassasasi, 11 ta sport obyekti foydalanishga topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlamchi tibbiyot tizimida 19,5 ming kunduzgi shifo oʻrni tashkil qilinishi va ularning ish faoliyati 20:00 gacha uzaytirilishi natijasida poliklinikalarga murojaatlar soni 191 millionni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 millionga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning 182 ming 620 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilib, 135 ming 470 nafari ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning 81 ta bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari belgilangan muddatlarda qabul qilinmagani qator sohalardagi islohotlar samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Dasturning 74-bandida qayd qilingan energetika sohasida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, barcha ishtirokchilarga teng imkoniyatlar berish va narxlarni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini joriy qilish vazifasi yetarlicha bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga axborot-kutubxona xizmat koʻrsatishni yanada rivojlantirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi oktyabr oyida vakolatli organlarga kiritilgan va shu kunga qadar qabul qilinmagan. Dasturning 264-bandiga muvofiq mazkur vazifa aprel oyida bajarilishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning 286-bandida sentyabr oyiga qadar tajriba tariqasida “Yangi Angren IES” AJ va “Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati” AJ Mis eritish zavodlarining ifloslantiruvchi manbalaridan namuna olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stansiyalarni oʻrnatish belgilangan. “Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati”da mazkur vazifa bajarilgan. Ammo, “Yangi Angren IES” da avtomatik stansiya oʻrnatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining 320-bandida mart oyida Biotexnologik yoʻl bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalarini yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda klinik oldi sinovlarini oʻtkazish va ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish belgilangan. Hukumat hisobotida mazkur banddagi topshiriq bajarilgan deya belgilangan. Lekin yangi avlod mahalliy vaksinalarini klinik oldi sinovlarini oʻtkazish va ishlab chiqarish boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Dasturda ayrim vazifalarning ijro muddati uzaytirilgan boʻlishiga qaramasdan shu kunga qadar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Dasturdagi 85-bandning 2-kichik bandida 2022-yil mart oyiga qadar Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududini kengaytirish orqali Biotexnologik klaster tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinishi koʻrsatilgan. Belgilangan tartibda ijro muddati 2 oyga uzaytirilgan mazkur vazifa bugungi kunga qadar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning hisobot davrida ijrosi taʼminlanmagan bandlari yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning muddati uzaytirilgan hamda joriy yil IV choragida amalga oshirilishi belgilangan bandlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida 14 ta hudud boʻyicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarning ijro muddati 2022-yilda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari yil yakuniga qadar Dasturda ijrosi taʼminlanmagan hamda muddati uzaytirilgan bandlar ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Dasturda belgilangan har bir masalaning belgilangan muddatda bajarilishi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borish hamda yil yakunida amalga oshirilgan ishlarni mahalliy Kengashlarda tanqidiy koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-647-IV-son