25.11.2022 yildagi 674-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish, aholi va tadbirkorlarning energiya resurslariga talablarini qondirish, yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalaridagi islohotlarni yanada jadallashtirish, shuningdek, geologiya va kon-metallurgiya sanoati sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, geologiya va kon-metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish surʼatlarini keskin oshirish, yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi yanada takomillashtirilishi natijasida Hukumat qarorlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 26-iyuldagi PF-176-son Farmoni hamda “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi tugatilib uning negizida Nazorat inspeksiyasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasidagi Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi tugatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi lavozimi oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti — Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamenti sifatida qayta nomlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati tashkil etilganligi munosabati bilan Hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
674-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 674-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 42-banddagi “energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini” soʻzlari “kon-metallurgiya sohalari va sanoatni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 68-banddagi “maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi” soʻzlari “geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 901-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. J.T. Mirzamahmudov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri, Respublika komissiyasi rahbarining oʻrinbosari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetika tarmogʻida tarif siyosatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi 310-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, komissiya raisi

2.

J.T. Mirzamahmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari

3.

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

4.

Sh.S. Xidoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

5.

I.R. Mahkamov

Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri

6.

O.Z. Nasritdinxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi 503-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 12-dekabrdagi 989-son qaroriga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Komissiya raisining oʻrinbosari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sh.H. Xodjayev — Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻqqizinchi xatboshidagi “energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini” soʻzlari “kon-metallurgiya sohalari va sanoatni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi, shu jumladan Gujarat shtati oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 10-yanvardagi 14-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-yanvardagi 21-son qarorining 2-bandi birinchi xatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Oʻzavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi, qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga:”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi 601-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlashni va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 31-martdagi 171-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddagi “Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi” soʻzlari “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi” soʻzlari “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilovaning 3, 18, 20-bandlari, 23-bandi ikkinchi xatboshisi, 24 va 25-bandlaridagi tegishli kelishikdagi “Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga ilovaning “11-bosqich” va “12-bosqich” pozitsiyalari “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son, 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son)