16.11.2022 yildagi KQ-431-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi huzuridagi kompensatsiya komissiyasining namunaviy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi huzuridagi kompensatsiya komissiyasining faoliyatini samarali tashkil qilishga koʻmaklashish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi huzuridagi kompensatsiya komissiyasining namunaviy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga ushbu Namunaviy reglament asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi kompensatsiya komissiyalarining reglamentlarini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-431-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-noyabrdagi KQ-431-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi huzuridagi kompensatsiya komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY REG LAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Namunaviy reglament Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi huzuridagi kompensatsiya komissiyasining (bundan buyon matnda Kompensatsiya komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil qilish va uning tarkibini shakllantirish, vakolatlari, majlislarini oʻtkazish va qarorlarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompensatsiya komissiyasi maslahat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompensatsiya komissiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, oʻz Reglamentiga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompensatsiya komissiyasi oʻz faoliyati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari oldida hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kompensatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil qilish va uning tarkibini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kompensatsiya komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida ularning huzurida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompensatsiya komissiyasi tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan oʻn yetti nafar kishidan iborat boʻlgan tarkibda, ikki yil muddatga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompensatsiya komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn nafar deputat (shundan bir nafari rais);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarining uch nafar vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boʻlinmasi vakili (ovoz berish huquqisiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy moliya organining vakili (ovoz berish huquqisiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy boʻlinmasining vakili (ovoz berish huquqisiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimligi tuzilmasidagi yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shuʼbasining rahbari (ovoz berish huquqisiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kompensatsiya komissiyasi tarkibiga kiruvchi oʻn nafar deputat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi raisi komissiya tarkibidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kompensatsiya komissiyasi tarkibiga kiruvchi deputatning vakolat muddati tugaganda yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda vakolati muddatidan oldin tugatilganda Kompensatsiya komissiyasiga yangi deputat nomzodi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida saylanadi va Kompensatsiya komissiyasining yangi tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi apparati, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari Kompensatsiya komissiyasining tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlarining nomzodlarini taqdim etish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga, davlat organlarining nomzodlarini taqdim etish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boʻlinmalariga, shuningdek, hududiy moliya organlariga soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumot besh ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boʻlinmasi, hududiy moliya organi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy boʻlinmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarining nomzodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kompensatsiya komissiyasi tarkibiga kiruvchi aʼzolar (deputatlar bundan mustasno) Kompensatsiya komissiyasining ishida ishtirok eta olmaydigan holatlarda (vafot etganda, boshqa ishga oʻtganda, pensiyaga chiqqanda va hokazo) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boʻlinmasi, hududiy moliya organi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy boʻlinmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan yangi nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar besh ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kompensatsiya komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik Kompensatsiya komissiyasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kompensatsiya komissiyasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi majlisida raislik qiladi, Kompensatsiya komissiyasi aʼzolarini majlisga taklif etilgan shaxslar haqida xabardor qiladi, masalalar muhokamasini tashkil qiladi (maʼruza qilish uchun soʻz beradi, majlis reglamentiga rioya etilishini taʼminlaydi, muhokama etilayotgan masalalar boʻyicha takliflarni ovozga qoʻyadi, ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi), masalalar, maʼlumotnomalar, arizalar va takliflarni eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etadi, uning tavsiyaviy tusga ega qarorlari yuzasidan umumiy nazoratni olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni muhokama etish va hal qilish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar yoki Toshkent shahar Kengashlariga Kompensatsiya komissiyasi majlislarida qabul qilingan qarorlar va ularning amalga oshirilishi, shuningdek, Kompensatsiya komissiyasi faoliyati boʻyicha umumlashtirilgan hisobotni, qoida tariqasida, har chorakda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi raisi oʻz vazifalarini vaqtincha bajara olmaydigan holatlarda uning vazifalari Kompensatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq Kompensatsiya komissiyasining tarkibiga kiruvchi deputatlardan biriga vaqtincha yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kompensatsiya komissiyasi aʼzolari Kompensatsiya komissiyasi majlislarida shaxsan ishtirok etish va majlis kun tartibiga kiritilgan masalalarni muhokama etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzosining komissiya majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda u komissiya raisiga komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida uch ish kuni oldin xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi aʼzolari oʻz vakolatlarini boshqa shaxslarga berishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasidagi yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shuʼbalarining rahbarlari tegishli Kompensatsiya komissiyasi kotibining vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kompensatsiya komissiyasi kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiyaga oid masalalar mavjud boʻlganda, majlis kun tartibi loyihasi va uning ishtirokchilari roʻyxatini shakllantiradi, komissiyaning navbatdagi majlisi sanasi va vaqti boʻyicha taklif kiritadi va Kompensatsiya komissiyasi raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi majlislari uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi va Kompensatsiya komissiyasi aʼzolariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqiladigan hujjatlar Kompensatsiya komissiyasiga kelib tushganda ularning nusxalarini Kompensatsiya komissiyasi aʼzolariga, shuningdek, majlis ishtirokchilariga majlis boshlanishidan uch ish kuni oldin taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi majlisi bayonnomasini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi”ga integratsiya qilingan maxsus axborot tizimida oʻzi uchun ochilgan shaxsiy kabinet orqali kompensatsiya oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishining muntazam monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasi tomonidan kompensatsiya berilishi bilan bogʻliq nizo yuzasidan Kompensatsiya komissiyasi raisiga berilgan murojaatlarni roʻyxatga oladi va Komissiya raisiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi raisining qonuniy koʻrsatma va topshiriqlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kompensatsiya komissiyasining vakolat muddati tugagandan keyin uning yangi tarkibi mazkur Reglamentning 8 — 11-bandlarida belgilangan tartibda shakllantirilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kompensatsiya komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kompensatsiya komissiyasi kompensatsiyalar oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishi ustidan muntazam monitoring va berilgan kompensatsiyalarning hisobi yuritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kompensatsiya komissiyasi tomonidan kompensatsiyalar oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishi monitoringi va berilgan kompensatsiyalarning hisobini yuritish “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi”ga integratsiya qilingan maxsus axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Huquq egasiga kompensatsiya berilishi bilan bogʻliq nizolar dastlab sudga qadar muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan koʻrib chiqiladi. Huquq egasiga kompensatsiya berilishi bilan bogʻliq nizo yuzasidan ariza Kompensatsiya komissiyasi arizani olgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kompensatsiyaning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda berilmaganligi holati aniqlangan taqdirda Kompensatsiya komissiyasi oʻz majlisida monitoring natijalarini koʻrib chiqib, kompensatsiya yuzasidan nizo kelib chiqishining oldini olish boʻyicha tavsiyaviy tusga ega boʻlgan qaror qabul qiladi hamda uni kompensatsiyaning oʻz vaqtida va toʻliq berilmaganligiga yoʻl qoʻygan tashabbuskorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kompensatsiya komissiyasi kompensatsiya oʻz vaqtida va toʻliq hajmda berilmaganligi holati aniqlanganligi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur axborot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida koʻrib chiqiladi va olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzish haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qaror qabul qilinmasligi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kompensatsiya komissiyasi majlislarini oʻtkazish va qarorlar qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kompensatsiya komissiyasi majlislari, qoida tariqasida, huquq egasining arizasi Kompensatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan kundan besh ish kuni mobaynida yoki monitoring natijalariga koʻra kompensatsiyaning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda berilmaganligi holati aniqlangan taqdirda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kompensatsiya komissiyasi majlislarida monitoring hamda huquq egalari tomonidan berilgan arizalarni koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlash jarayoni muammo mohiyatini chuqur va har tomonlama tahlil qilish, avval qabul qilingan qarorlar va ularni amalga oshirish choralarining samaradorligini baholash, kamchiliklarni, ularning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan sharoitlar va sabablarni aniqlashni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kompensatsiya komissiyasi kotibi tomonidan Kompensatsiya komissiyasi majlislariga kompensatsiyalar oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishi ustidan muntazam monitoring olib borilishi va kompensatsiyaga oid muhokama etiladigan masalalar yuzasidan quyidagilar tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya komissiyasi majlisining kun tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan arizaning mazmuni boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiyalar oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishi va uning hisobi yuritilishi boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval qabul qilingan qarorlar va ularni amalga oshirish choralarining samaradorligi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan sharoitlar va sabablar boʻyicha tahliliy maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kompensatsiya komissiyasining majlislari tashabbuskorlarning vakillari va huquq egalari (ularning vakillari), shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kompensatsiya komissiyasi majlislarida videokonferensaloqa, ovozni yozish va stenogramma yuritish, video va fotosuratga olish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kompensatsiya komissiyasi majlisi uning kun tartibini belgilash hamda tasdiqlashdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Majlis boshida Kompensatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha Kompensatsiya komissiyasi raisi tomonidan axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Majlis ishtirokchilari bahs-munozaralarda soʻzga chiqib, muhokama etilayotgan masala boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Muhokama etilgan masalalar boʻyicha Kompensatsiya komissiyasining qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kompensatsiya komissiyasining qarorlari uning majlislarida ovoz berish huquqiga ega boʻlgan Kompensatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kompensatsiya komissiyasining tavsiyaviy tusga ega boʻlgan qarorlari Kompensatsiya komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va Kompensatsiya komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kompensatsiyaning oʻz vaqtida va toʻliq berilmaganligiga yoʻl qoʻygan tashabbuskorga taqdim etiladigan Kompensatsiya komissiyasining qarori oʻz ichiga koʻrib chiqiladigan masala mohiyatining qisqacha bayonini, ushbu yoʻnalishdagi ishlarda tashabbuskor tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, ularning sabablari va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kompensatsiya komissiyasining kotibi tasdiqlangan qarorni Kompensatsiya komissiyasining aʼzolari, majlis ishtirokchilariga va tashabbuskorlarga qarordan koʻchirmani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kompensatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan taraf qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kompensatsiya komissiyasi majlisi yakuni boʻyicha bayonnoma tayyorlanadi. Bayonnomada muhokama natijalari aks etadi. Bayonnomada uning tartib raqami, majlis oʻtkazilgan sana va joy, Kompensatsiya komissiyasiga raislik qiluvchi va unda ishtirok etgan aʼzolar, tashabbuskor, huquq egalari va boshqa ishtirokchilar aniq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Majlis bayonnomasini rasmiylashtirish Kompensatsiya komissiyasining kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Majlis bayonnomasi majlis ishtirokchilari tomonidan imzolanadi hamda Kompensatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bayonnomadan koʻchirma Kompensatsiya komissiyasi kotibining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kompensatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari oʻz faoliyatida Kompensatsiya komissiyasining reglamenti talablariga qatʼiy rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kompensatsiya komissiyasi reglamenti, unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.