Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2397-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-son “Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2022-yil 28-sentabrdagi 540-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397, 2012-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-noyabr,
25-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 22-noyabrdagi 25-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovada:
a) 1-banddagi “ikki” degan soʻz “bir” degan soʻz bilan almashtirilsin.
b) 34-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“er (xotin)ning oʻlimi haqidagi guvohnoma yoki oʻlim holati FHDY organida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnoma.
Shuningdek, mazkur qatorda nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar qayd etilgan yoki oʻlim holati FHDY organida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnoma berilgan sana, dalolatnoma yozuvining raqami va qaysi FHDY organida roʻyxatga olinganligi, sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, uning sanasi hamda qaysi sud tomonidan chiqarilganligi koʻrsatiladi.”.
2. 2 — 5-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
5-ILOVA
5-ILOVA
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/2397-7/1035-son)