Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
“Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2434-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son “Shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-noyabr,
18-son
Kelishildi:
Moliya vaziri T. IShMETOV
2022-yil 7-noyabr
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
2022-yil 22-oktabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2022-yil 21-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-noyabrdagi 18-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 29-yanvardagi 2-son “Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2434, 2013-yil 4-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 131-modda).
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 7-fevraldagi 57-son “Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2434-1, 2017-yil 15-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 103-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2022-y., 10/22/2434-2/1022-son)