Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi QL-922-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”)
(“Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”gi QL-922-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-oktabr,
2584-IV-son