Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi QL-922-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”)
(“Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 26-iyulda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”gi QL-922-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-oktabr,
2570-IV-son