04.11.2022 yildagi 647-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 166-son qarori ijrosini taʼminlash, davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish va shaffofligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarish, xususan, kuzatuv kengashi tarkibi hamda ularda yuz bergan oʻzgarishlarni markazlashgan holda yoritib borilishini taʼminlovchi www.cns.davaktiv.uz maxsus veb-portali yaratilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 166-son qarorida kuzatuv kengashi tarkibi aʼzoligiga nomzodlarni tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar kabi mezonlar asosida tanlab olish amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish hamda ularga toʻlanadigan haq miqdori korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari asosida aniqlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, nomzodlarni saralash bosqichlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlab olish komissiyasining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni belgilangan mezonlar asosida baholashdan oʻtkazish, saralash jarayonini markazlashgan holda boshqarish va raqamlashtirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirlik va idoralar davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni taklif etishda mazkur qaror talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan ularning boshqaruv va nazorat organlarining amaldagi tarkibidagi oʻzgarishlar, mavjud boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu oʻzgarishlar sodir boʻlgan sanadan ikki ish kuni ichida majburiy tartibda www.cns.davaktiv.uz maxsus portaliga joylashtirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv va nazorat organlarining amaldagi tarkibidagi oʻzgarishlar, ulardagi mavjud boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus portalga joylashtirmagan korxonalarning ijro etuvchi organi hamda kuzatuv kengashi aʼzolarini ragʻbatlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish uchun tegishli axborot tizimlarining oʻzaro avtomatik tarzda integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik, idoralar bilan birgalikda www.cns.davaktiv.uz maxsus veb-portalini uning amaliyotda ishlash natijalaridan kelib chiqib, doimiy takomillashtirib borish choralari koʻrilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar Agentlik bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv va nazorat organlarining amaldagi tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir oy muddatda www.cns.davaktiv.uz maxsus portaliga joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmonining 1 va 2-ilovalariga kiritilgan korxonalarga nisbatan mazkur qaror talablari tatbiq qilinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur korxonalar kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlar tarkibi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ushbu korxonalarda davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirlik, idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorga 1-ilova 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
647-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni tanlab olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) huquqi va funksiyalari mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va davlat unitar korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan korxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar (keyingi oʻrinlarda — korxona) — ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi — korxonalarda davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) huquqi va funksiyalarini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashi — korxonaning faoliyatiga umumiy rahbarlikni va zimmasiga qonunchilik hujjatlari hamda korxona ustavi, ichki meʼyoriy hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradigan boshqaruv organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus veb-portal — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korxonalarning boshqaruv va nazorat organlari aʼzolari roʻyxatini yuritish, ular tarkibidagi oʻzgarishlar monitoringini olib borish va boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish uchun moʻljallangan www.cns.davaktiv.uz veb-portali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlab olish — mazkur nizomda belgilangan tartibga muvofiq va mezonlar asosida eng maqbul nomzodlarni tanlab olish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlab olish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) — korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga nomzodlarni saralash va tanlab olish uchun tarkibi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan komissiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashining aʼzosi — korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi yoki yagona aksiyador (ishtirokchi), mulkdor (muassis) qarori bilan muayyan muddatga tayinlangan (saylangan) shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil aʼzo — qonunchilik hujjatlarida mustaqil aʼzo deb eʼtirof etish uchun belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan kuzatuv kengashi aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar boʻyicha maʼlumotlar bazasi — korxonalarning amaldagi kuzatuv kengashi aʼzolari, shu jumladan mustaqil aʼzolari, maxsus veb-portal maʼlumotlari va nomzodlarni izlab topishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar roʻyxati, shuningdek ularning mehnat faoliyati va ish tajribasi toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlar (rezyume) jamlanmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kuzatuv kengashi tarkibiga nomzodlarni saralash va tanlab olish komissiya tomonidan kuzatuv kengashining amaldagi tarkibini qayta koʻrib chiqish, kuzatuv kengashi aʼzolarining vakolatini muddatidan oldin tugatish natijasida yuzaga keladigan mavjud boʻsh oʻrinlariga aʼzo tayinlash (saylash) uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona ustav kapitali (fondi)da davlat ulushining oʻzgarishi (oshishi, kamayishi, vujudga kelishi), amaldagi aʼzolarning kuzatuv kengashi tarkibidan chiqish toʻgʻrisidagi arizasi, korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari, shuningdek mulkdorning (muassis, aksiyador, ishtirokchi) xohishi (taklifi)ga koʻra amaldagi kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibini oʻzgartirish tashabbusi bilan chiqilishiga asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonaning taʼsis hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzolari uchun gender tenglik nazarda tutilgan boʻlsa, nomzodlarni tanlab olish ayol va erkak nomzodlar uchun alohida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nomzodlarni tanlab olish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffoflik — ommaviy axborot vositalarida, maxsus veb-portalda, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarda tegishli eʼlonlar, boʻsh oʻrinlar, tanlab olish tartibi, mezonlari va natijalariga oid maʼlumotlarni chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenglik — tanlab olishda jarayonida ishtirok etadigan barcha nomzodlarga bir xil shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat — tanlab olish jarayoni ochiq va toʻgʻri raqobatga asoslangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqillik — tanlab olish jarayoni har qanday siyosiy va maʼmuriy aralashuv yoki boshqa tashqi taʼsirlardan holi va mustaqil amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlar zimmasiga quyidagi fidutsiar majburiyatlarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jonkuyarlikni namoyon qilish majburiyati — kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida vijdonan va jonkuyarlik asosida harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodiqlikni namoyon qilish va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik majburiyati — kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida birinchi navbatda korxona manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lozim darajada koʻzdan kechirishlikni namoyon qilish majburiyati — kuzatuv kengashi aʼzolaridan korxonaga nisbatan qaror qabul qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil mulohazadan foydalanish majburiyati — kuzatuv kengashi aʼzosidan qarorlarni mustaqil, shaxsiy va boshqa manfaatlarni inobatga olmagan holda qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi shaxslar kuzatuv kengashi aʼzoligiga davlat ulushi boʻyicha nomzod boʻla olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, iqtisodiyot va huquq yoki boshqa sohalarda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan shaxslar, korxonada yoki uning shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi mavjud hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklangan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlmagan shaxslar, qonunchilik hujjatlariga binoan korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etilmaydigan shaxslar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlgan shaxslar, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi uch yil ichida korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxona faoliyati yoʻnalishidan kelib chiqib, komissiya tomonidan nomzodlarga qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzoligi uchun nomzodlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi. Bunda, korxona ustavida mustaqil aʼzo nomzodini koʻrsatish aksiyador (ishtirokchi) tomonidan amalga oshirilishi belgilangan boʻlsa, ularni tanlab olish ushbu nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nomzodlar tomonidan ariza va maʼlumotlar maxsus veb-portalga elektron raqamli imzo (ERI) bilan yoki identifikatsiya qilish imkonini beruvchi boshqa vositalar orqali tasdiqlangan holda joylashtiriladi, norezident nomzodlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nomzodlar tomonidan toʻldirilgan arizada keltirilgan yoki taqdim etilgan hujjatlar va materiallarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarning haqiqiy emasligi, ishonchli emasligi va notoʻgʻriligi (yolgʻonligi) aniqlansa, ushbu nomzod tanlovdan yoki kuzatuv kengashi tarkibidan (agar tarkibga saylangandan soʻng aniqlansa) belgilangan tartibda chetlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nomzodlarni tanlab olish va nomzodlar zaxirasini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nomzodlarni tanlab olish jarayoni korxonalarda kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borish istagida boʻlgan har qanday shaxslar uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jinsi, tili, millati, fuqaroligi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar tanlab olishda ishtirok etish huquqiga ega, mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan belgilangan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni tanlab olish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Korxonalar maxsus veb-portalga kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibida oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu oʻzgarishlar sodir boʻlgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida joylashtirishi shart. Oʻzgarishlar sodir boʻlgan sana deb kuzatuv kengashi tarkibini tasdiqlash va (yoki) ularning tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi yoki mulkdor (muassis) qarori qabul qilingan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Korxonalar komissiyaning yoki vakolatli davlat organining talabiga asosan korxona faoliyati bilan yoki boshqaruv organi aʼzolari tarkibi bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni oshkor etishi shart, qonunchilik hujjatlarida oshkor etilishi taqiqlangan maʼlumotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya maxsus veb-portal maʼlumotlari asosida davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mavjud boʻsh aʼzolik oʻrinlari, shuningdek kuzatuv kengashining amaldagi aʼzolari vakolatlarini muddatidan oldin tugatish oqibatida yuzaga keladigan boʻsh aʼzolik oʻrinlari roʻyxatini shakllantiradi, shuningdek korxona va (yoki) vakolatli davlat organi bilan birgalikda nomzodlarga qoʻyiladigan talablarni, nomzodlarni izlash usullarini belgilagan holda ushbu roʻyxatni tasdiqlaydi. Bunda, boʻsh aʼzolik oʻrinlari roʻyxati quyidagi muddatlarda shakllantiriladi va tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarda yuzaga kelgan boʻsh aʼzolik oʻrinlari roʻyxati — 10 ish kunida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashining amaldagi aʼzolarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish oqibatida yuzaga kelgan boʻsh aʼzolik oʻrinlari roʻyxati — amaldagi tarkibni oʻzgartirish zarurati yuzaga kelganda, 10 ish kunida va/yoki har yili 1-sentabrga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya tasdiqlangan boʻsh aʼzolik oʻrinlari roʻyxatini 2 ish kuni ichida maxsus veb-portalga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya 30 kun davomida nomzodlarni izlash choralarini koʻradi, bunda nomzodlarni izlash maxsus veb-portal orqali eʼlonlar berish yoki maxsus veb-portalda koʻrsatgan holda nomzodlarni izlab topishga ixtisoslashgan konsalting va (yoki) yuqori malakali mutaxassislarni va rahbar kadrlarni qidirish va yollash bilan shugʻullanuvchi maxsus “xedxanter” tashkilotlarini jalb etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya tomonidan nomzodlarni tanlab olish “xedxanter” tashkilotlarini jalb etish orqali amalga oshirilishi belgilanganda, tanlab olish tartibi va muddatlari vakolatli davlat organi va (yoki) korxona hamda “xedxanter” tashkiloti oʻrtasida tuziladigan kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya tomonidan nomzodlarni izlash jarayonlari yakunlanganidan soʻng 5 kun ichida nomzodlar tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida maxsus veb-portalga joylashtirilgan maʼlumotlar (hujjatlar) jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Baholash natijalariga koʻra komissiya 5 kun ichida boʻsh aʼzolik oʻrni uchun eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarning qisqa roʻyxatini (short list) tuzadi. Tuzilgan qisqa roʻyxat (short list)da har bir boʻsh aʼzolik oʻrniga koʻrsatiladigan nomzodlar soni 3 nafardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya tomonidan, zaruratga qarab, 3 ish kuni ichida nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi, bunda suhbat tomonlar kelishuviga koʻra axborot texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn videkonferensiya rejimida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod muqaddam davlat ulushi boʻyicha korxonalar kuzatuv kengashi tarkibiga taklif etilmagan yoki u bilan suhbat oʻtkazilmagan boʻlsa, ushbu nomzod bilan suhbat oʻtkazilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod suhbatdan oʻtishdan bosh tortsa yoki suhbatga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, u tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok eta olmaydi. Suhbat natijalaridan kelib chiqib, eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarning qisqa roʻyxati (short list)ga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarning qisqa roʻyxati (short list) shakllantirilganidan soʻng, komissiya 5 kun ichida korxona kuzatuv kengashining har bir aʼzolik oʻrniga eng munosib bitta nomzodni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va vakolatli davlat organiga kiritadi. Bunda, eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarning qisqa roʻyxati (short list)ga kiritilgan qolgan nomzodlar zaxira nomzodlar sifatida belgilanib, keyinchalik zarurat yuzaga kelganda korxona kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish uchun vakolatli davlat organiga taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli davlat organi 2 kun ichida komissiya qarori bilan tanlangan nomzodlar boʻyicha takliflarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saylash (tasdiqlash) toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun korxonalarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining kengashlari tarkibi aʼzoligiga taklif etilayotgan nomzodlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq belgilangan tartibda Markaziy bank bilan kelishilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Korxona vakolatli davlat organidan nomzodlar boʻyicha takliflarni qabul qilganidan soʻng, korxona ustavida belgilangan muddatda ushbu nomzodlarni kuzatuv kengashi tarkibiga saylash (tayinlash) boʻyicha korporativ qarorlar qabul qilinishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiyaga belgilangan muddatda kamida 2 ta nomzoddan takliflar kelib tushmagan taqdirda komissiya bu toʻgʻrisida vakolatli davlat organini 2 ish kuni ichida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda komissiya nomzodlar ushbu Nizom talablariga asosan saralab olinguniga qadar mavjud nomzodlar zaxirasidan yoki Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan yuritiladigan reyestridan korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega nomzodlar reyestridan maʼqul keladigan nomzodlarni tanlab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar kuzatuv kengashi tarkibida boʻsh aʼzolik oʻrinlarining yuzaga kelishi natijasida kuzatuv kengashi majlislarida kvorum yigʻilmasa, shuningdek korxona faoliyati uchun zarur hamda kechiktirib boʻlmaydigan qarorlarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini tashkil etish bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilish zaruriyati yuzaga kelgan taqdirda, komissiya tomonidan tegishli nomzod saralab olingunga qadar kuzatuv kengashi tarkibiga vakolatli davlat organi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda nomzod kiritilishiga, istisno tariqasida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Korxonaning kuzatuv kengashi aʼzoligi uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlovlar natijasida eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar qisqa roʻyxat (short list)ga kiritilib, zaxira nomzod sifatida belgilangan shaxs ushbu korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga vakolatli davlat organi tomonidan qayta tanlov oʻtkazmagan holda taklif etilishi mumkin. Bunda, vakolatli organ tomonidan nomzodning ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan talablarga muvofiqligi qayta oʻrganilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan aʼzolar toʻgʻrisidagi maxsus veb-portalda oshkor qilinadigan maʼlumotlarga aʼzolar toʻgʻrisidagi maʼlumot, shu jumladan uning maʼlumoti va ish tajribasi, shuningdek tayinlash jarayonining qisqacha tavsifi kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga nomzodlarni saralash ham ushbu Nizom talablari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish hamda uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga nomzodlarni tanlab olish komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Komissiya aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda komissiya tarkibiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli tarkibiy boʻlinma rahbarlari, korxonalarda davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) huquqi va funksiyalarini amalga oshiruvchi vazirlik, idoraning vakili kiritiladi, shuningdek komissiya faoliyatiga xalqaro moliya institutlari ekspertlari, konsalting kompaniyalari ilmiy xodimlari va ekspertlari, shuningdek korxonalarning faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, soha mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari soni yetti nafardan oshmagan holda toq tarkibda boʻlishi lozim. Komissiyaga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori yoki uning koʻrsatmasiga asosan direktor oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi, direktor boʻlmaganda esa, uning vazifalarini bajaruvchi shaxs komissiya raisi vazifasini bajaradi. Komissiya kotibi komissiya majlislari oʻtkazilishini hamda uning ishini tashkil etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya kotibi sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korxonalarning boshqaruv organlariga nomzodlarni shakllantirish bilan shugʻullanuvchi tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki mazkur vazifa yuklatilgan shaxs tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Komissiya majlisini oʻtkazish uchun kvorum uning jami aʼzolarining yetmish besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, qaror qabul qilinayotganda komissiya aʼzolarining ovozlari soni teng boʻlgan holatlarda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Komissiya tarkibiga kiritiladigan shaxslar kuzatuv kengashiga nomzodlarni tanlab olishni oʻtkazish vaqtida shaffoflik, tenglik, raqobat, mustaqillik tamoyillariga qatʼiy rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Komissiya qarorlari majlis oʻtkazilganidan soʻng 5 ish kuni davomida komissiyaning majlisda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Komissiya qarorlari maxsus veb-portalda, shuningdek nomzodlarni tanlab olish oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berilgan ommaviy axborot vositalarida bayonnoma imzolangan sanadan 2 ish kuni ichida chop etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Har yili komissiya mazkur Nizom talablari bajarilishini oʻrganadi va oʻrganish natijalariga koʻra yillik hisobot tuzadi hamda maxsus veb-portalda va (yoki) vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida chop etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotda komissiya tomonidan oʻtkazilgan majlislar va qabul qilingan qarorlar, kuzatuv kengashi tarkibiga nomzodlar jalb qilingan korxonalar va nomzodlar statistikasi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Quyidagilar komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashining amaldagi aʼzolari tarkibini qayta koʻrib chiqish, ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish hamda oʻrniga boshqa nomzodlarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud boʻsh oʻrinlarga nomzodlarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibi qayta koʻrib chiqiladigan korxonalar hamda ularning kuzatuv kengashi aʼzolik oʻrinlari roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh aʼzolik oʻrinlariga jalb etiladigan nomzodlarga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni izlash, izlash usullarini belgilash, nomzodlarni tanlov asosida belgilangan mezonlarga muvofiq baholashdan oʻtkazish, eng maqbul nomzodlar roʻyxatini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼati tomonidan komissiyaga tanlov bilan bogʻliq qoʻshimcha vazifalar yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, vakolatli davlat organi hamda boshqa davlat tashkilotlaridan, shuningdek kuzatuv kengashi aʼzolari yoki aʼzolikka talabgor nomzodlar toʻgʻrisida tanlab olish jarayonida zarur boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nomzodlarga qoʻshimcha talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlab olishning shartlari va usullarini hamda muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlab olish natijalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlab olishda mustaqil qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra, moliyaviy maslahatchi-konsultantlar, ekspertlar va boshqa soha mutaxassislarini, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, tarmoq birlashmalari, korxonalarning ijro etuvchi organlari vakillarini komissiya faoliyatiga jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar kuzatuv kengashi tarkibini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha vakolatli davlat organining qaror va topshiriqlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Nomzodlarni tanlab olish jarayonini raqamlashtirish va ochiqligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Nomzodlarni tanlab olish jarayonlarini markazlashgan holda boshqarish, shaffofligi va ochiqligini taʼminlash maqsadida korxonalar kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ularning tarkibidagi boʻsh oʻrinlar, eʼlon qilingan tanlovlar va ularning natijalari hamda korxonalar faoliyati boʻyicha boshqa maʼlumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus veb-portalda eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Maxsus veb-portalda quyidagi maʼlumotlar eʼlon qilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, shu jumladan kuzatuv kengashi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning veb-saytlari va (yoki) ularga havolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashi va ijro organi aʼzolarining tarkibi, ulardagi mavjud boʻsh oʻrinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan mustaqil aʼzolar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkaziladigan aʼzolik oʻrinlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazish vaqti va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlab olish jarayoni natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan tanlab olish natijalari toʻgʻrisida vakolatli organ va komissiyaning yillik hisoboti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya talabiga koʻra korxonalar tomonidan boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar oshkor etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Vakolatli davlat organi tanlab olish jarayonida ishtirok etayotgan barcha nomzodlar haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Komissiya nomzodlarni tanlab olish jarayonida maʼlumotlar bazasida mavjud axborotlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Nomzodlar haqidagi maʼlumotlar bazasida yigʻilgan axborotlar sir saqlanadi va uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Nomzodlar taqdim etgan maʼlumotlarining toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Nizom talablari bajarilishi ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1.1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni saralash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxona, vakolatli davlat organi, nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Kuzatuv kengashida mavjud boʻlgan, shuningdek amaldagi tarkibni qayta koʻrib chiqish natijasida belgilanadigan boʻsh aʼzolik oʻrinlari roʻyxatini shakllantirish va nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablarini hamda nomzodlarni izlash usullarini belgilagan holda tasdiqlash

Boʻsh aʼzolik oʻrni vujudga kelgan holatda 10 ish kuni ichida

Amaldagi tarkibni oʻzgartirish zarurati vujudga kelganda — 10 ish kunida va/yoki har yili 1-sentabrga qadar

2-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Tasdiqlangan boʻsh aʼzolik oʻrinlari roʻyxatini ushbu boʻsh oʻrinlar boʻyicha belgilangan talablar va mezonlar bilan birga maxsus veb-portalda chop etish

Roʻyxat tasdiqlanganidan soʻng — 2 ish kuni ichida

3-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

roʻyxat boʻyicha boʻsh aʼzolik oʻrinlariga nomzodlarni izlash, bunda izlash quyidagi usullardan birini qoʻllagan holda amalga oshiriladi:

Roʻyxat maxsus veb-portalda chop etilganidan soʻng — 30 kun davomida

maxsus veb-portal orqali eʼlonlar berish;

nomzodlarni izlab topishga ixtisoslashgan konsalting va (yoki) “xedxanter” tashkilotlarini jalb etish orqali

Tegishli “xedxanter” tashkiloti bilan tuziladigan shartnomada koʻrsatilgan muddatda

4-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Talabgor nomzodlar roʻyxatini tuzish va ularni belgilangan mezonlar asosida maxsus veb-portalga joylashtirilgan maʼlumotlar (hujjatlar)ni jamlash

Nomzodlarni izlash jarayonlari yakunlanganidan soʻng 5 ish kuni ichida

5-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Har bir aʼzolik oʻrni uchun 3 kishidan oshmaydigan eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarning qisqa roʻyxati (short list)ni tuzish

Baholash yakunlanganidan soʻng 5 ish kuni ichida

6-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Zaruratga koʻra nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish, bunda suhbat tomonlar kelishuviga koʻra axborot texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn videokonferensiya rejimida oʻtkazilishi mumkin

Eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarning qisqa roʻyxati (short list) tuzilganidan soʻng 3 ish kuni ichida

7-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarning qisqa roʻyxati (short list)dan kuzatuv kengashining har bir aʼzolik oʻrniga eng munosib bitta nomzodni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish va vakolatli davlat organiga kiritish

Eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarning qisqa roʻyxati (short list) tuzilganidan soʻng 5 ish kuni ichida

8-bosqich

Vakolatli davlat organi

Nomzodlar boʻyicha takliflarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saylash (tasdiqlash) toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun korxonalarga yuborish

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi qarori qabul qilinganidan soʻng 2 ish kuni ichida

9-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Korxona vakolatli davlat organidan nomzodlar boʻyicha takliflarni qabul qilganidan soʻng, korxona ustavida belgilangan muddatda ushbu nomzodlarni kuzatuv kengashi tarkibiga saylash (tayinlash) boʻyicha korporativ qarorlar qabul qilinishini tashkil etish

Nomzod taqdim etilgandan soʻng — qonunchilikda yoki davlat ishtirokidagi korxona ustavida belgilangan muddatda

10-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan nomzodlar roʻyxatini va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus veb-portalda eʼlon qilish

Qaror qabul qilinganidan soʻng 2 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1.2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KUZATUV KENGASHI AʼZOLIGIGA NOMZOD TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(davlat ishtirokidagi korxona nomi koʻrsatiladi)

(nomzodning FISH)

T/r

Baholash mezonlari

Mezonga muvofiqlik ballari

Nomzodning muvofiqlik ballari*

I. KASBIY BILIM-KOʻNIKMALARI

1.

Quyidagi sohalardan biri boʻyicha bakalavr darajasiga egaligi: moliya, iqtisodiyot va huquq yoki boshqa yoʻnalishlar

10

2.

Oliy taʼlim muassasalarining, shu jumladan Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Soliq akademiyasining magistrlik darajasiga egaligi

10

3.

Quyidagi sohalardan biri boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalarining magistrlik darajasiga egaligi: moliya, iqtisodiyot va huquq yoki boshqa sohalar

10

II. ISH TAJRIBASI

4.

Korporativ boshqaruv, qimmatli qogʻozlar bozori, strategik rejalashtirish, xodimlarni boshqarish sohalari bilan bogʻliq maʼmuriy va boshqaruv kadrlari lavozimlarida davlat tashkilotlari, davlat ishtirokidagi korxonalar (5-bandda koʻrsatilgan lavozimni egallagan davri bundan mustasno) ish tajribasi

bir yilgacha (shu jumladan bir yil toʻliq)

4

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil toʻliq)

5

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil toʻliq)

7

5 (besh) yildan ortiq

8

5.

Rahbarlik lavozimlarida (rahbar, rahbar oʻrinbosari, menejer, supervayzer) kamida bir yil xorijiy davlatlarda ish tajribasi yoki korporativ boshqaruv, qimmatli qogʻozlar bozori, strategik rejalashtirish, kadrlar menejmenti, audit, soliqqa tortish, moliya va investitsiyalar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va innovatsion rivojlantirish, inqirozga qarshi boshqaruv ?ohalarida xorijiy yuristiksiyalardagi masalalarni hal qilish boʻyicha amaliy tajribaga egaligi

bir yilgacha (shu jumladan bir yil toʻliq)

3

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil toʻliq)

4

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil toʻliq)

6

5 (besh) yildan ortiq

7

6.

Boshqa tashkilotlardagi va xususiy kompaniyalardagi rahbarlik lavozimlarida (tashkilot rahbari, rahbar oʻrinbosari, bosh hisobchi, yuridik xizmat boshligʻi, korporativ boshqaruv sohasida faoliyat yuritadigan boshqarma boshligʻi, vakolatxona yoki filial rahbari) ish tajribasi

bir yilgacha (shu jumladan bir yil toʻliq)

2

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil toʻliq)

3

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil toʻliq)

4

5 (besh) yildan ortiq

5

7.

Tegishli soha tashkilotlarida maʼmuriy va boshqaruv lavozimlarida ish tajribasi

2 (ikki) yil toʻliq

2

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil toʻliq)

3

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil toʻliq)

4

5 (besh) yildan ortiq

5

8.

Kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ish tajribasi

bir yilgacha (shu jumladan bir yil toʻliq)

5

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil toʻliq)

8

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil toʻliq)

10

5 (besh) yildan ortiq

15

III. QOʻSHIMCHA MALAKALARNING MAVJUDLIGI

9.

Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi, auditor, sugʻurtalovchi, baholovchi, sud boshqaruvchisi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega hujjatning mavjudligi

5

10.

Iqtisodiyot, moliya, huquqshunoslik, korporativ boshqaruv sohasida kamida 2 ta xorijiy davlatlarda stajirovkadan oʻtganligi boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi

5

11.

Kuyidagi xalqaro sertifikatlardan birining mavjudligi (CFA, SRA, ASSA, ASA, CIMA, IMC, FRM)

10

12.

Amal qilish muddatiga ega korporativ boshqaruvchi malaka attestatining mavjudligi

10

IV. KUZATUV KENGASHI ISHIDA ISHTIROK ETISH IMKONIYATI

13.

Boshqa korxonalarning kuzatuv kengashidagi aʼzoligi

1 ta korxonada kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlganda

5

2 ta korxonada kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlganda

10

3 ta korxonada kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlganda

15

4 ta korxonada kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlganda

20

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami maksimal ballar yigʻindisi: 100 ball
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod toʻplagan ballar yigʻindisi: __________ ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bilan nomzod sifatida quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqoridagi mezonlar boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarning men tomonimdan toʻgʻri va tasdiqlovchi hujjatlarga asosan kiritilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi sohalardan biri boʻyicha oliy maʼlumotga egaligimni: moliya, iqtisodiyot va huquq yoki boshqa sohalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 2 yillik ish tajribasiga egaligimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan shaxslar, korxonada yoki uning shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlamasligimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun tugatilmagan sudlanganlik mavjud emasligini hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklangan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmaganligimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi xodimi emasligimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxs emasligimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amal qilish muddati tugamagan korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga egaligimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo emasligimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi uch yil ichida korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi emasligimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu arizada keltirilgan barcha maʼlumotlarning, shuningdek unga ilova qilingan hujjatlar va materiallarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarning haqiqiyligi, ishonchliligi va toʻgʻriligini tasdiqlayman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Men tomonimdan haqiqiy boʻlmagan, ishonchsiz va notoʻgʻri (yolgʻon) maʼlumotlar berilganligi aniqlangan taqdirda, tanlovdan yoki kuzatuv kengashi tarkibidan (agar tarkibga saylangandan soʻng aniqlansa) chetlatilishim toʻgʻrisida xabardorman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu ariza shakli nomzod tomonidan www.cns.davaktiv.uz maxsus portali orqali toʻldiriladi va elektron raqamli imzo yoki identifikatsiya qilish imkonini beruvchi boshqa vositalar orqali tasdiqlanadi, norezident nomzodlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Nomzodning belgilangan mezonlarga muvofiqligi boʻyicha maʼlumotlar (ballar) nomzod tomonidan toʻldiriladi va muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar maxsus dasturga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya yoki vakolatli davlat organi korxonalar ixtisosligidan kelib chiqib, ushbu mezon va ballarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-apreldagi 356-son qarorining 1 va 2-bandining ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilari hamda 3 va 4-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 288-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 58-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/647/0997-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son))