30.06.2005 yildagi PQ-112-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.02.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING HARBIY XIZMATCHILARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISHNI TAʼMINLASH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining belgilangan tartibda turar joy bilan taʼminlanmagan harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil 1-martdan yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) doirasida turarjoy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,8 baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yildan boshlab har yili har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilab boriladi. Bunda turarjoy ijarasining bozor narxlarini qayta belgilashda Soliq qoʻmitasining har yili 1-oktabr holatiga koʻra soliq organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasi boʻyicha bergan maʼlumoti asos hisoblanadi. Turarjoy ijarasining bozor qiymati mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan har oylik kompensatsiya meʼyorlaridan kam miqdorlarni tashkil etsa, har oylik kompensatsiyaning ushbu qarorda belgilangan meʼyorlari oʻzgartirilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 07/25/71/0178-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlarining ushbu normalari joriy etilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Harbiy prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati va Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi budjetining har yili tasdiqlanadigan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-272-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Moliya vazirligi (S. Rahimov), Mudofaa vazirligi (Q. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini turarjoy bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining Kotibi R. Mirzayev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-112-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 25.02.2025-y., 07/25/71/0178-son; 09.06.2026-y., 07/26/214/0572-son)