02.11.2022 yildagi 636-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini xizmat uylari bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, bojxona organlari xodimlari uchun koʻp kvartirali xizmat uylari qurilishini tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq bojxona organlari xodimlari uchun hududlarda xizmat uylarini qurish boʻyicha topshiriq belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini 2022 — 2025-yillarda koʻp kvartirali xizmat uylari bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Dastur doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi koʻp kvartirali xizmat uylarini foydalanishga tayyor holda topshirish sharti asosida qurish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlarini amalga oshirishda bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali xizmat uylarini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash, qurilish-montaj va hududni obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya va bojxona organlarini rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Andijon, Fargʻona, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari Dastur ijrosi doirasida bojxona organlari xodimlari uchun 2022 — 2025-yillarda koʻp kvartirali xizmat uylarini qurish uchun yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ilovaga muvofiq quriladigan xizmat uylarida qurilish-montaj ishlari sifatli amalga oshirilishi boʻyicha belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
636-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi 636-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini 2022 — 2025-yillarda koʻp kvartirali xizmat uylari bilan taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xizmat uyi quriladigan hudud

Xonadon soni*

Xizmat uylarini qurish muddati

Moliyalashtirish manbai

1.

Sirdaryo viloyati Guliston shahri

70

2022 — 2024-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi

2.

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri

30

2023-2024-yillar

Fargʻona viloyati Fargʻona shahri

50

2023-2024-yillar

3.

Andijon viloyati Andijon shahri

60

2024-2025-yillar

4.

Xorazm viloyati Urganch shahri

16

2023-2024-yillar

5.

Toshkent shahar M. Ulugʻbek tumani Darxontepa koʻchasi 7-uy**

54

2024-2025-yillar

JAMI

280

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xizmat uylarining soni va ularni qurish muddatlariga haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona koʻmitasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Koʻp kvartirali xizmat uylari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi Toshkent viloyati boʻyicha bojxona boshqarmasining sobiq maʼmuriy binosi oʻrnida quriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 09/22/636/0987-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)