02.11.2022 yildagi O‘RQ-799-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 9-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 7-oktabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, xalq bilan ochiq muloqot mexanizmlarini yanada takomillashtirish, jamiyat hayotiga oid muhim hujjatlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini joriy etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida geografik obyektlarga nom berishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish nazarda tutilgan, biroq bu jarayonni amalga oshirish tartibi, shuningdek fuqarolarning geografik obyektlarga nom berish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surish vakolatlari ushbu Qonunda koʻzda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek amaldagi qonunchilikda geografik obyektlarga Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga doir normalar ham ochib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shaharlarda geografik obyektlarga nom berish vakolati xalq deputatlari tuman Kengashlariga berilganligi ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni samarali muvofiqlashtirish hamda qonunchilikning aniq va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida keltirilgan masalalarni hal etishga qaratilgan mazkur Qonun bilan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bir qator yangi normalar hamda tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, ushbu Qonun bilan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishda mahalliy aholining fikri davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hisobga olinishi belgilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda fuqarolarga aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritish vakolatini belgilashga qaratilgan, shuningdek tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shaharlarda aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish tumanlar hokimlari kiritgan takliflarga asosan xalq deputatlari shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga aholi punktlarining tarkibiy qismlariga Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud boʻlmagan obyektlarga nisbatan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish tizimini yanada takomillashtirish, ushbu jarayonda fuqarolar ishtirokining huquqiy asoslarini yaratish, Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning nomlarini abadiylashtirish maqsadida aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish mexanizmlarini aniqlashtirish uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 273-modda; 2017-yil, № 8, 383-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) ayrim odamlarning, jamoat arboblarining, siyosiy arboblarning ismi-sharifini berishga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi, bundan Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bir tuman, shahar doirasidagi, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shahar yoki aholi punkti doirasidagi bir nechta turdosh geografik obyektga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 41-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni besh ish kunidan kechiktirmay oʻz rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarning muhokamasini oʻtkazish muddati geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy aholi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan oʻz fikrini ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoa boʻlib bildirishi mumkin. Bunda shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan aholidan kelib tushgan fikrlarni umumlashtiradi hamda bu fikrlarni geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tegishli komissiyaga kiritadi, mazkur komissiya xulosa tayyorlash chogʻida bu fikrlarni hisobga oladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish fuqarolarning tashabbuslari, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalariga asosan tumanlar, shaharlar hokimlari kiritgan taklifga koʻra xalq deputatlari tumanlar, shaharlar Kengashlari tomonidan, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shaharlarda esa tumanlar hokimlari kiritgan takliflarga koʻra xalq deputatlari shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tuman, shahar hokimi fuqarolarning tashabbuslarini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga takliflar tayyorlash uchun tuman, shahar komissiyasiga yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tuman, shahar hokimi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi tuman, shahar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga yuboradi, komissiya taqdim etilgan hujjatlarning har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, shundan soʻng ularni geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif kiritgan tuman, shahar hokimiga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi mazmundagi 101-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101-modda. Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud boʻlmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar hokimi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi fuqarolar tashabbuslarini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalarini koʻrib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga takliflar tayyorlash uchun tuman, shahar komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni ularning geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi, keyinchalik tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi, shuningdek ularni tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar hokimi tuman, shahar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga yuboradi, komissiya taqdim etilgan hujjatlarning har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi va ularni geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi taklifni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasining xulosasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun respublika komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama oʻrganib chiqadi va tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisida respublika komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda takliflar tayyorlaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining takliflarini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning toifalarini aniqlash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 14-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarning davlat ekspertizasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika komissiyasi tomonidan — tumanlar, shaharlar, viloyatlarga, tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarga, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar komissiyalari tomonidan — shaharchalar, qishloqlar, ovullarga, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar komissiyasi tomonidan — aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan tayinlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 15-moddaning birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tegishli geografik obyekt joylashgan hududda yashovchi mahalliy aholining fikrini oʻrganishga oid hujjatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-799-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)