Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJ CHEGARASIDAN OLIB OʻTILADIGAN HARBIY YUKLARNI BOJ POSHLINALARI VA YIGʻIMLARIDAN OZOD QILISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yuksak jangovar holatda saqlab turish, harbiy yuklarning tezkorlik bilan olib oʻtilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xarajatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Hukumatlararo bitimlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi, ularning boʻlinmalari va qismlari tomonidan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar, kontraktlar va bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasidan olib oʻtiladigan harbiy yuklar boj poshlinalari va yigʻimlaridan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Harbiy yuklarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va muassasalarida harbiy texnika, qurol-yarogʻ va boshqa mol-mulkka xizmat koʻrsatish hamda ularni tuzatish boʻyicha ishlarni bajaruvchi korxonalarning mulki boʻlgan mol-mulkni boj tekshiruvidan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish yuk boʻyicha bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan holdagina bepul amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda harbiy yuklarni tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining harbiy texnikasiga, qurol-yarogʻlariga va boshqa mulklariga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha ishlarni bajaruvchi boshqa davlatlar korxonalari va muassasalarining vakillariga ushbu korxonalar va muassasalar joylashgan yerlarga borish va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan bajariladigan reyslarda uchish uchun chiptalarni Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilarida sotib olishlariga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda harbiy texnika, qurol-yarogʻ va boshqa mol-mulkka xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar mazmunini hamda ularni berish tartibini belgilasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 18-yanvar,
12-son