Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B. Saidovga “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu jumladan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B. Saidovga “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu jumladan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B. Saidovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-sentabr,
2526-IV-son