27.10.2022 yildagi O‘RQ-797-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 4-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, ichki ishlar organlarini fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish yoʻlida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ichki ishlar organlari faoliyati tubdan isloh etildi, ushbu sohaga oid qonunchilik takomillashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan islohotlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimi tuzilmasiga bir qancha oʻzgarishlar kiritildi, shu jumladan ayrim rahbarlik lavozimlarining tasnifi oʻzgartirildi, shu munosabat bilan ichki ishlar organlari tizimidagi mazkur rahbarlarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida hamda jamoat xavfsizligi haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobdorligini qonunchilikda belgilash zaruriyati yuzaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi va “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari har chorakda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobotlar taqdim etishi tartibi kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tuman, shahar ichki ishlar boʻlinmalarining boshliqlari — har chorakda va ularning oʻrinbosarlari — har oyda, shuningdek mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari — har olti oyda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobotlar taqdim etishi tartibi joriy etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ichki ishlar organlari tizimida faoliyat yuritayotgan mahalla huquq-tartibot maskanlarining huquqiy maqomini va asosiy vazifalarini belgilab qoʻyishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi, shuningdek ularning faoliyatini xalq vakillari tomonidan nazorat qilib borish uchun mustahkam huquqiy asos yaratib, ichki ishlar organlarining xalq vakillari oldidagi masʼuliyatini oshirishga va ularning oʻzaro foydali hamkorligini kengaytirishga, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi sohasida koʻrilayotgan choralar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar; 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda) 252-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi qismlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, ularning oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har chorakda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida har chorakda, ularning oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini taʼminlash holati toʻgʻrisida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qism “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining” degan soʻzlardan keyin “mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika katta inspektorlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qism “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining” degan soʻzlardan keyin “mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika katta inspektorlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 9, 588, 591-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 12, 1194-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 13-modda uchinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma uchinchi, yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi xatboshilari tegishincha yigirma ikkinchi, yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 14-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi — yigirma birinchi xatboshilari tegishincha oʻn uchinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 5, 464-modda) 258-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichki ishlar organlarining tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari (boʻlimlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining oʻta muhim va toifalangan obyektlardagi boʻlinmalari, shaharcha ichki ishlar boʻlinmalari, mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek taʼlim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalar va tashkilotlardan iboratdir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, ularning oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har chorakda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida har chorakda, ularning oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini taʼminlash holati toʻgʻrisida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 14-moddaning beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining” degan soʻzlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 15-moddaning beshinchi qismidan “shuningdek “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari aʼzolari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 2-bob quyidagi mazmundagi 151-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“151-modda. Mahalla huquq-tartibot maskanlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish boʻyicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla huquq-tartibot maskanlari oʻz faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi (har kunlik asosda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur hududda xizmatni oʻtash uchun biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, probatsiya boʻlinmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga koʻmaklashish uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya boʻlinmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 23-moddaning yettinchi qismidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va” degan soʻzlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-420-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda) 6-moddasining ikkinchi qismidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-797-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)