Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3263-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/9-son qarori (roʻyxat raqami 3263, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3263/1100-son) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-oktabr,
21/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 5-oktabrdagi 21/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma mikromoliya tashkilotlari, lombardlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda nobank kredit tashkiloti deb yuritiladi) uchun buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-banddagi “mikrokredit tashkilotlari, lombardlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda ipoteka tashkiloti deb yuritiladi)” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda ipoteka tashkiloti deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq oʻz hisob siyosatini ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalda qoʻllashi, shuningdek ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hujjatlar aylanish tartibini belgilashi lozim.”.
4. 3-banddagi “Nobank kredit tashkilotining va ipoteka tashkilotining” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 3-bobning nomi, 35-band, 60-bandning birinchi xatboshisi, 76 va 92-bandlardagi “Mikrokredit” degan soʻz “Mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Mikromoliya tashkiloti, lombard va mijoz oʻrtasida kredit (shuningdek, mikrokredit, mikroqarz, lizing) shartnomasi imzolangan sanada mijozga kredit hisobvaragʻi ochiladi.”.
8. 36-banddagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 68-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “55995” raqami “55996” raqami bilan almashtirilsin.
10. 6-paragrafning nomi va 94-banddagi “mikrolizing” degan soʻz “lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 89-banddagi “mikrolizingga” va “Mikrolizing” degan soʻzlar tegishli ravishda “lizingga” va “Lizing” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 90-banddagi “Mikrolizingga” va “mikrolizing” degan soʻzlar tegishli ravishda “Lizingga” va “lizing” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 91-bandda:
birinchi xatboshidagi “mikrolizing” degan soʻzlar “lizing” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Mikrolizing” degan soʻz “Lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin.
14. 92-banddagi “mikrolizingga” va “mikrolizing” degan soʻzlar tegishli ravishda “lizingga” va “lizing” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 95-bandda:
birinchi xatboshidagi “Mikrolizing” va “mikrolizing” degan soʻzlar tegishli ravishda “Lizing” va “lizing” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “mikrolizing” degan soʻzlar “lizing” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 96-banddagi “Mikrolizing” va “mikrolizing” degan soʻzlar tegishli ravishda “Lizing” va “lizing” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 98-banddagi “Mikrolizing” degan soʻzlar “Lizing” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 101-banddagi “amalga oshiriladi” degan soʻzlar “oʻtkazib beriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 146-banddan “tashkiloti va ipoteka” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
20. 1-ilovada:
a) 3-banddagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) 2-bobda:
v) 3-bobda:
1) 12599 kodining ikkinchi xatboshisi, 13201 kodining ikkinchi xatboshisi, 13205 kodining ikkinchi xatboshisi, 13209 kodining ikkinchi xatboshisi, 13299 kodining ikkinchi xatboshisi, 15401 kodining ikkinchi xatboshisi, 15405 kodining ikkinchi xatboshisi, 15499 kodining ikkinchi xatboshisi va 16575 kodining uchinchi xatboshisidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 15600, 45100, 45105 va 56838 kodlardagi “Mikrolizing” degan soʻz “Lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 15607 kodida:
birinchi xatboshidagi “Mikrolizing” degan soʻz “Lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “mikrolizing” degan soʻz “lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 15617, 15619, 15709 kodlar, 16701 kodining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 16707 kodining ikkinchi xatboshisi, 45117 va 45119 kodlardagi “mikrolizing” degan soʻz “lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 15699 kodida:
birinchi xatboshidagi “Mikrolizing” degan soʻz “Lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi “mikrolizing” degan soʻz “lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 16323 kodida:
birinchi xatboshidagi “Mikrolizing” degan soʻz “Lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “mikrolizinglar” degan soʻz “lizinglar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 45121 kodida:
birinchi xatboshidagi “mikrolizing” degan soʻz “lizing” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “mikrolizinglar” degan soʻz “lizinglar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 55995 kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55996 Boshqa foizsiz xarajatlar”;
9) 91501 kodining ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek “foiz oʻstirmaslik” maqomiga oʻtkazilgan kreditlar va lizinglar boʻyicha hisoblanadigan foizlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2022-y., 10/22/3263-1/0964-son)