26.10.2022 yildagi PQ-412-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ichki turizm va mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining aviaqatnovlarga boʻlgan talabini qondirish hamda fuqaro aviatsiyasi sohasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vazirligi aholi va xorijiy sayyohlarning talab hamda ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni bir-biri bilan oʻzaro bogʻlash maqsadida 2023-yil mart oyidan boshlab Samarqand — Nukus, Samarqand — Moʻynoq, Samarqand — Termiz, Buxoro — Termiz, Namangan — Termiz va Namangan — Nukus kabi yangi yoʻnalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviaqatnovlar jadvalini yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan temir yoʻl, avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikada ichki turizmni rivojlantirish, yoʻlovchilarga arzon narxlarda aviatashuv xizmatlarini koʻrsatish va aviakompaniyalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band qoidalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholiga arzon narxlarda mahalliy va xalqaro aviatashuv xizmatlarini koʻrsatish maqsadida “Uzbekistan Airports” AJ tarkibida kam budjetli (low-cost) “SILK AVIA” MCHJ aviakompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — aviakompaniya) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aviakompaniya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) ishlab chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aviakompaniya uchun texnik va iqtisodiy jihatdan mahalliy yoʻnalishlarda eng qulay koʻrsatkichlarga ega boʻlgan 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemalarini xarid qilish boʻyicha depozit toʻlovlari amalga oshirilib, ular texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Strategiya doirasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida dastlabki xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish va asosiy vositalarni xarid qilish uchun “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan “Uzbekistan Airports” AJga 2 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 50,0 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishi boʻyicha kelishuvga erishilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Strategiyaga muvofiq aviakompaniya tomonidan mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilda 10 ta yoʻnalishda haftasiga 28 ta aviaqatnovlarni amalga oshirish orqali 2 ming yoʻlovchiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda 48 ta yoʻnalishda haftasiga 134 ta aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish natijasida 9 ming yoʻlovchiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda 54 ta yoʻnalishda haftasiga 216 ta aviaqatnovlarni tashkil etish orqali 14 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish rejalashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) aviakompaniya havo kemalarini dastlabki joylashtirish manzili etib Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti hududi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vazirligi, Moliya vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJning Strategiyani amalga oshirish doirasida 2022-yilda 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemalarini xarid qilish hamda 2024-yil yakuniga qadar yana 9 ta “ATR” rusumli havo kemalarini olib kelish (xarid qilish va lizing asosida) toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan “Uzbekistan Airways” AJga 50,0 mln AQSH dollari miqdorida ajratiladigan kredit boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airways” AJning 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemalari uchun ajratilgan kredit qiymatining 125 foizi miqdoridagi mulki hamda xarid qilinayotgan havo kemalari garov taʼminoti sifatida taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qarz, foizlar, komissiya va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzmilliybank” AJ bilan imzolangan kredit shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan kelib chiqqan holda, “SILK AVIA” MCHJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ hisobidan qoplanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-oktabrdagi PQ-337-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2023-y., 07/23/337/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat buyurtmachisi hisoblangan aviatsiya korxonalari va ularning tarkibidagi korxonalarga xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash orqali:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-sentabrdagi PQ-309-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalarini xarid qilish, ijara yoki lizing asosida olish jarayonlarini huquqiy jihatdan taʼminlash uchun — xalqaro yuridik kompaniyalar bilan;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-sentabrdagi PQ-309-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalari uchuvchilarini oʻqitish uchun — oʻquv-mashq markazlari bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalari sotuvchi, ijara va lizing asosida yetkazib beruvchi, texnik xizmat koʻrsatuvchi, ehtiyot qismlari bilan taʼminlovchi, tashuvchi, taʼmirlovchi, texnik hujjat ishlab chiquvchi hamda xalqaro audit, konsalting va maslahatchi kompaniyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-sentabrdagi PQ-309-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vazirligi “Uzbekistan Airways” AJ bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-oktabrdagi PQ-337-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2023-y., 07/23/337/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airways Technics” MCHJ negizida “ATR” rusumli havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni (shu jumladan “C-shesk”) tashkil etish hamda zarur infratuzilma yaratishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ATR” rusumli havo kemasi uchuvchilari, bortkuzatuvchilari, muhandis-texnik xodimlari va dispetcherlarini oʻqitish uchun “Uzbekistan Airways” AJning oʻquv-mashq markazida oʻquv kurslarini tashkil etishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-sentabrdagi PQ-309-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aviakompaniyaning arizalariga binoan respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashqi ishlar vazirligi Transport vazirligining viza talabnomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 26-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-412-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/412/0962-son; 19.10.2023-y., 07/23/337/0784-son)