Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 17-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3392]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
23-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 11-martdagi 33-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1937, 2009-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 193-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalarida:
1) 2-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-banddagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 12-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ________ E-mail:__________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
1) 1-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi.”;
toʻrtinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 10-bandning birinchi xatboshisi, 11-bandning birinchi xatboshisi, 12-bandning uchinchi xatboshisi, 18-bandning birinchi xatboshisi, 36 va 37-bandlar, 42-band, 51-bandning ikkinchi xatboshisi, 54-bandning birinchi xatboshisi, 75-bandning birinchi xatboshisi, 79-bandning birinchi xatboshisi, 81-band, 85-bandning ikkinchi xatboshisi, 97-bandning birinchi xatboshisi, 98-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “v” kichik bandi, 99-bandning “b” va “v” kichik bandlari, 101-band, 133-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikka” degan soʻzlar “Vazirlikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 15-bandning ikkinchi xatboshisi, 19-band, 40-bandning ikkinchi xatboshisi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 3-bobning nomi va 2-paragrafining nomi, 38-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 44-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik va Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 41-banddagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlik va Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 48-banddagi “Agentlikka” va “Agentlikning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasiga” va “Vazirlik va Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 52-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 57-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlik yoki Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 84-bandning uchinchi xatboshisi, 88-bandning ikkinchi xatboshisi, 96-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” degan soʻz “Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 58-bandning ikkinchi xatboshisi, 78, 119-bandlar, 120-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 59-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davlat muassasasi” va “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 1-ilova matnidagi “OʻR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ________________, E-mail: __________.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 2-ilova matnidagi “OʻR IMA ga”, “OʻR IMAda” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 3-ilova matnidagi “OʻR IMAga”, “OʻR IMAda” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 4-ilova matnidagi “OʻR IMAga”, “OʻR IMAda” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 5-ilova matnidagi “OʻR IMAga”, “OʻR IMAda” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 39-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2861, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 137-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 6 va 14-bandlardagi “Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” degan soʻzlar “Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Maʼlumotlar bazalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi uchun masʼuliyat tegishlicha Vazirlikning Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Huquqiy xizmatlar boʻlimlari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari zimmasiga yuklatiladi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 40-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2862, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 138-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Stajirovka Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa Huquqiy xizmatlar boʻlimlari (bundan buyon matnda masʼul boʻlinma deb yuritiladi) tomonidan tashkil qilinadi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 140-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandidagi “Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” degan soʻzlar “Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 27-martdagi 17-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2873, 2017-yil 10-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarida:
1) 1-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 16-bandagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) ilova matnidagi “Intellektual mulk agentligiga” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 15-maydagi 19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2889, 2017-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 510-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalarida:
1) 3-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 16-banddagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 1-ilova matnidagi “Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59-uy” degan soʻzlar “Adliya vazirligi (pochta manzili)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 2-ilovada:
nomi va matnidagi “AGENCY ON INTELLECTUAL PROPERTY” degan soʻzlar “MINISTRY OF JUSTICE” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matndan “100000, Mustakillik avenue 59, Tashkent web-site: www.ima.uz, e-mail: info@ima.uz” va “Phone.: (871) 232-50-60, (871) 232-50-30 Fax: (871) 232-50-05” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori (roʻyxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi oltinchi xatboshisidan “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2950, 2017-yil 23-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2950/0306-son) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalarida:
1) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi mumkin.”;
2) 4-bandning birinchi xatboshisi, 7 va 8-bandlardagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 11-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) ilova matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59-uy” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta manzili)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3034/1474-son) bilan tasdiqlangan Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Intellektual mulk agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda 7, 12-bandlardagi “Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3190, 2019-yil 30-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3190/3984-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalarida:
1) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligida (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikda” degan soʻz “Vazirlikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 7-bandning “v” kichik bandi oʻn uchinchi xatboshisi va 39-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 12-banddagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 18-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlariga talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar;”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Vazirlik va Agentlikning” degan soʻzlar “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3239, 2020-yil 4-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 10/20/3239/0721-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartining 3-ilovasi 48-bandi uchinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligida” degan soʻzlar “Adliya vazirligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250, 2020-yil 26-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 10/20/3250/1012-son) bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 2-banddagi “Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi” degan soʻzlar “Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʻlimining” degan soʻzlar “Huquqiy xizmatlar boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 18-banddagi “Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasiga” degan soʻzlar “Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 1-iyundagi 2020-22-son qarori (roʻyxat raqami 3256, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3256/1046-son) bilan tasdiqlangan Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi birinchi xatboshisidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 10/21/3287/0153-son) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 299-bandidagi “Tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi” degan soʻzlar “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 2-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3347, 2022-yil 2-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 10/22/3347/0094-son) bilan tasdiqlangan Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi” degan soʻzlar “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 01.11.2023-y., 10/23/3470/0816-son; 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)