13.09.2022 yildagi 2473-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirishga qaratilgan faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirishga qaratilgan faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, Komissiya tomonidan yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, jumladan qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, parlament faoliyatida yoshlarning ishtirokini yanada oshirish, qonun loyihalari yuzasidan ularning takliflarini olish borasida qator ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Komissiya tomonidan oʻtgan davrda yoshlar oʻrtasida qonun loyihalarining muhokamasi tashkil etilib, 23 ta qonun loyihasi boʻyicha yoshlardan kelib tushgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tegishli qoʻmitalariga yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mohiyati va ahamiyatini yoshlarga yetkazish, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasini yoshlar oʻrtasida tashkil etish, ularning mazmun-mohiyatini yosh avlodga tushuntirish borasida ham muayyan ishlar olib borilgan. Xususan, Komissiya tomonidan hududlarda yoshlar ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning oʻrni” mavzusidagi turkum davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilib, ularda Bosh qomusimizda yosh avlodning huquqlar, erkinliklari va qonuniy manfaatlari aks ettirilishi masalalari atroflicha muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirishga, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator tadbirlar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroridan kelib chiqib, 13-14-may kunlari Jizzax viloyatida hamda 23 — 25-may kunlari Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining faoliyati bilan tanishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida Komissiya tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar yoshlari bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 9-10-iyun kunlari Komissiya aʼzolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati huzuridagi Yoshlar parlamentlari vakillari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan “Yosh parlamentariylar — Hamdoʻstlik kelajagiga nazar” mavzusidagi forumda hamda 16-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasi Parlament Majlisida Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi Yosh parlamentariylar guruhining “Texnologiyalar asrida bolalar va yoshlar, turkiylarning kelajagi” mavzusidagi uchrashuvda faol ishtirok etib, mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini xalqaro hamjamiyatga yetkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash, amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikni, ayniqsa yoshlarni keng xabardor qilib borish maqsadida uning faoliyati ommaviy axborot vositalarida 400-martadan ortiq yoritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Komissiya faoliyatida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar ham mavjud. Xususan, Komissiyaning Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan hamkorligini hamda qonun ijodkorligi va parlament nazorati tadbirlaridagi ishtirokini taʼminlash borasidagi ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi ishtirokini kengaytirish, yoshlarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni chuqur oʻrgangan holda, ularni hal etish jarayonlaridagi oʻrnini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirishga qaratilgan faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishini samarali tashkil etish, uning faoliyatiga yoshlarni yanada keng jalb qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilib borish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qonun loyihalari muhokamasiga bagʻishlangan majlislarida Komissiya aʼzolarining faol ishtirokini taʼminlashga doir takliflar kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda barcha siyosiy partiyalarning “Yoshlar qanoti” bilan faol hamkorlikni mustahkamlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga oʻz taklif va mulohazalarini bildirgan faol yoshlar ishtirokida davra suhbatlari hamda uchrashuvlar oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2473-IV-son