15.10.2022 yildagi 605-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash organlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 6-apreldagi PF-97-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 6-apreldagi PF-97-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-apreldan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan qoplab berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar muvofiqlikni baholash organiga haqiqatda aniqlangan tavsiflar (parametrlar) yoki amalga oshiriladigan ishlardan kelib chiqqan holda qoplab beriladi. Bunda xarajatlar muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya doirasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasida aks ettirilgan, aniqlangan tavsiflar (parametrlar) yoki amalga oshiriladigan ishlarning har bir birligi uchun ekvivalentda 200 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda milliy valyutada qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik shaxs boʻlgan, muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari hamda xodimlarni sertifikatlash organlariga qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlik tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya guvohnomasi amal qilish muddatida oʻtkaziladigan davriy baholashlarda akkreditatsiyasi bekor qilinsa, ushbu organga kelgusida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentlik tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʻmak berish, mahsulotlarni eksport qilishda transportda tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilish, eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar ajratish hamda boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish jarayonlarini uch oy muddatda toʻliq raqamlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
605-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandning “i” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab beradi;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 6-oktabrdagi 601-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomlanishidagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish” soʻzlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish” soʻzlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning nomlanishidagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish” soʻzlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalliy eksport qiluvchi korxonalarning murojaatlariga asosan eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatini olti oygacha uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirish tartibini belgilash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatishning asosiy yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy yordam olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi tashkilotlarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli moliyaviy yordam yoʻnalishlari va predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy yordam miqdori va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organlarining arizalarini koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish miqdori va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanish tartibi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarorga ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova belgisidagi “ilova” soʻzi “1-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda obyektiv sabablar va aniq shartnomalar boʻlgan taqdirda yuqoridagi majburiyatlarni bajarish muddati Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan 12 oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish yoʻnalishida — 100 foiz, biroq bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olish uchun 20 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. Eksport qiluvchi tashkilotlarning ixtiyoriga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilib, standartlar joriy qilingan va (yoki) muvofiqlik sertifikatlari olingan holatlarda shartnoma qiymatining 80 foizi, biroq ushbu yoʻnalish uchun belgilangan summaning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda (elektrotexnika sanoati mahsulotlari uchun Yevropa Ittifoqi davlatlarida talab etiladigan standart va sertifikatlarni joriy etish boʻyicha cheklovlarsiz haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qoplab beriladi) moliyaviy yordam koʻrsatiladi;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom 2022-yil 1-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organining muayyan akkreditatsiya doirasida muvofiqlikni baholash ishlarini bajarishga vakolatining akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar — akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonida hujjatlar ekspertizasi hamda joyida baholash uchun sarflanadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik shaxs boʻlgan, muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organi, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari hamda xodimlarni sertifikatlash organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILAC (International Laboratory Accreditation Cooperation) — Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IAF (International Accreditation Forum) — Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishning asosiy sharti ushbu muvofiqlikni baholash organlarining xalqaro standartlar talablari asosida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muvofiqlikni baholash organlarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun muvofiqlikni baholash organi tomonidan Agentlikka ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq ariza va buyurtmanoma-anketa toʻldirilib, quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organining avval Agentlik tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilgan akkreditatsiya guvohnomasining amal qilish muddatida oʻtkaziladigan davriy baholashlar natijalari (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun sarflangan xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma, toʻlov topshiriqnomasi) nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Agentlikning veb-sayti orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita taqdim qilinganda, arizaning nusxasi darhol hujjatlar qabul qilingan sana belgisi bilan ariza topshiruvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun javobgarlik xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muvofiqlikni baholash organlarining arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlik tomonidan ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik arizani unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish shartlari va maqsadlariga hamda xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish miqdorining ushbu Nizomda belgilangan miqdorlarga muvofiqligi nuqtai nazardan koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir ish kuni davomida pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, rasmiy veb-sayti orqali xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organiga bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, toʻlovlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida muvofiqlikni baholash organining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya guvohnomasi amal qilish muddatida oʻtkaziladigan davriy baholashlarda akkreditatsiyasi bekor qilinsa, ushbu organga kelgusida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish miqdori va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar muvofiqlikni baholash organiga haqiqatda aniqlangan tavsiflar (parametrlar) yoki amalga oshiriladigan ishlardan kelib chiqqan holda qoplab beriladi. Bunda xarajatlar muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya doirasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasida aks ettirilgan, aniqlangan tavsiflar (parametrlar) yoki amalga oshiriladigan ishlarning har bir birligi uchun ekvivalentda 200 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda milliy valyutada qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy valyutadagi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar miqdori muvofiqlikni baholash organi toʻlovlarni amalga oshirgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan soʻralayotgan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning mazkur Nizomda belgilangan tartib va talablarga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organining xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi amal qilish muddatida oʻtkaziladigan davriy baholashlarda akkreditatsiyasi bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi taqdim etgan hujjatlarda noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Boshqa sabablarga koʻra xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, Agentlik bir ish kuni davomida muvofiqlikni baholash organiga Agentlikning mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan yoki elektron raqamli imzo yordamida imzolangan rad etish sabablari va ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun topshirish muddati koʻrsatilgan asosli xulosani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muvofiqlikni baholash organi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etib, oʻn ish kunida ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni, shu jumladan, rad etishning ilgari koʻrsatilgan sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun Agentlikka topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Muvofiqlikni baholash organi belgilangan muddatda xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar Agentlik tomonidan rad etilgan sabablarni bartaraf etish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Arizani qayta koʻrib chiqishda rad etishning avval yozma ravishda berilmagan sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Belgilangan muddatdan keyin berilgan hujjatlar yangi topshirilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muvofiqlikni baholash organi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, Agentlikning mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muvofiqlikni baholash organining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish boʻyicha Agentlikning xarajatlari Agentlik uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy yil davomida tadbirkorlik subyektlarining taqdim etgan arizalariga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda tasdiqlangan bazaviy smetaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har bir moliyaviy yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan smeta boʻyicha Agentlikning buyurtmanomasi olingan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizom qoidalarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ariza topshirgan va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organlarining reyestri Agentlik tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Agentlikka yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Muvofiqlikni baholash organi

Ariza, buyurtmanoma-anketa va boshqa belgilangan hujjatlarni tayyorlash hamda toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining veb-sayti orqali taqdim etish.

Muvofiqlikni baholash organining ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Ariza va hujjatlarni koʻrib chiqish hamda xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish yoki qoplab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kunida

3-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Muvofiqlikni baholash organiga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida

4-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza

__________________________________ (muvofiqlikni baholash organining nomi) laboratoriyalarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish masalasini koʻrib chiqishingizni va tegishli kompensatsiya toʻlovini ______________________bankidagi ______________________ hisobvaragʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:

1. Buyurtmanoma-anketa;

2. (Nizomga muvofiq ilova qilinadigan boshqa hujjatlar nomi koʻrsatiladi);

3. ...

_______________________________ rahbari

(muvofiqlikni baholash organi nomi)

_______________

(imzo)

_________________

(F.I.O.)

Bogʻlanish uchun telefon: +998 (___)_________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buyurtmanoma-anketa

1.

Muvofiqlikni baholash organining nomi:

2.

Murojaat qiluvchi shaxs (F.I.O., lavozimi):

3.

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon, e-mail):

4.

Muvofiqlikni baholash organi tashkil etilgan yil:

5.

Muvofiqlikni baholash organi joylashgan joy (pochta manzili):

6.

Shtat (xodimlar soni):

7.

Muvofiqlikni baholash organining soʻnggi hisobot yilida muvofiqlikni baholash boʻyicha amalga oshirilgan ishlari hajmi (miqdori va qiymati):

1.

2.

...

8.

Muvofiqlikni baholash organi tomonidan joriy qilingan standart (sertifikat) nomi, shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berilgan xarajatlar hisobidan (standart (sertifikat) nomi, olingan yili, qoplab berilgan xarajat miqdori, ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

9.

Muvofiqlikni baholash organi tomonidan joriy qilinishi rejalashtirilgan standart (sertifikat) soni

10.

Muvofiqlikni baholash organining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

______________________________ rahbari

(muvofiqlikni baholash organi nomi)

_______________

(imzo)

_________________

(F.I.O.)

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 10-maydagi 294-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-banddagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“moliyaviy resurslar tijorat banklariga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bir yoʻla ekvivalentda 500 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etilishi mumkin. Bunda kredit miqdori ekvivalentda 500 ming AQSh dollarigacha boʻlgan investitsiya loyihalari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi, undan oshgan qismi esa ushbu qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarsiz, tijorat banklari orqali umumiy tartibda taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-banddagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)