15.10.2022 yildagi 604-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash jarayonlarida axborot tizimlari keng qoʻllanilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizga olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari tubdan isloh qilinib, bojxona operatsiyalarini raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, olib kiriladigan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvida narx maʼlumotlari byulletenidan foydalanish, uni yangilash muddatlarining uzoqligi, iqtisodiyot tarmoqlarining bu boradagi yetarlicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilmaganligi, byulletendagi ayrim narxlarning juda yuqori belgilanganligi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida ular boʻyicha toʻlovlarning yuqoriligi koʻplab muammolar keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona qiymatini nazoratdan oʻtkazish jarayonlarida bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik hisoblab chiqadigan axborot tizimlarini joriy etish va bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish axborot tizimida ayrim tovarlarning indikativ narxlarini belgilash orqali soddalashtirish, bu borada byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni qisqartirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik hisoblab chiqadigan axborot tizimini joriy etish yoʻli bilan narx maʼlumotlar byulletenini shakllantirishni toʻliq bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymatini aniqlash jarayonlarida xavfni boshqarish axborot tizimida ayrim tovarlarning indikativ narxlarini belgilash orqali nazorat qilish mexanizmini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
604-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 604-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32 — 34-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 114-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“114. Bojxona organlari elektron bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini nazorat qilish maqsadida xavfni boshqarish hamda bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik hisoblab chiqadigan axborot tizimlari, shuningdek, boshqa axborot tizimlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tizimlar tomonidan avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) eng koʻp import qilingan tovarlar boʻyicha ularning eng quyi narxlari, shu jumladan asosiy tarkibini tashkil etuvchi xomashyo narxidan past boʻlmagan indikativ narxlar shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati xavfni boshqarish axborot tizimi orqali nazorat qilinishida indikativ narxlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indikativ narxlardan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/604/0929-son)