14.10.2022 yildagi 597-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini moliyalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati uzluksizligini taʼminlash, boshqaruv kadrlari malakasini oshirish dasturlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni tashkil etish, professor-oʻqituvchilar qoʻnimsizligining oldini olish hamda taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) magistraturasiga qabul amalga oshirilmaganligi tufayli joriy yilning sentabr — dekabr oylari davomida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamalarining kamayganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya professor-oʻqituvchilari tomonidan 2022/2023 oʻquv yilida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ular uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademiya va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022/2023 oʻquv yili davomida Akademiyada 2021/2022 oʻquv yilida shakllangan 35 ta professor-oʻqituvchilar shtat birliklarini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) professor — oʻqituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil sentabr — dekabr oylari uchun Akademiyaning 2022-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasidagi budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/2024 oʻquv yiliga qadar esa Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yilga tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻliq moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya professor-oʻqituvchilarining 2022-yil sentabr — dekabr oylarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni Akademiyaning 2022-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/2024 oʻquv yiliga qadar esa 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻliq moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
597-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/597/0926-son)