Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koʻchma savdo faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Koʻchma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mamlakatimizda koʻchma savdo va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish, bunday faoliyat turlariga tadbirkorlarni keng jalb qilish, shuningdek, koʻchma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish orqali aholiga zarur tovarlarni xarid qilishda qulayliklar yaratish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, koʻchma savdo joylarini barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan holda, davlat organlari va inson omilisiz, elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tizimi yaratildi.
Koʻchma savdo joylarini fuqarolik-huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish, koʻchma savdo turlarini yanada kengaytirish, mavsumiy kafelar faoliyatini tashkil etishda qonun ustuvorligini taʼminlash va yerlar talon-taroj qilinishining oldini olish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
koʻchma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, obodonlashtirish va yoʻl tashkilotlari va boshqalarga oʻzlariga berilgan boʻsh yer uchastkalarida koʻchma savdo joylarini tashkil etishga ruxsat berish;
xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini koʻpaytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solish orqali xizmatlar turlarini kengaytirish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-oktabr,
591-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 591-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Koʻchma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-band:
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan, obodonlashtirish va yoʻl tashkilotlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan hamda vaqtincha foydalanilmayotgan yer uchastkalari, shuningdek, tuman (shahar) zaxirasidagi yer uchastkalari “K — SAVDO” AAT orqali “E-auksion” elektron savdo platformasida koʻchma savdo obyektini joylashtirish uchun tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali 36 oygacha muddatga (yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun koʻpi bilan 120 oygacha), shuningdek, mavsumiy kafelarni oʻrnatish uchun ijaraga berilishi mumkin”;
birinchi va ikkinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 4-band:
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslar “K — SAVDO” AATga kiritgan ariza holatini real vaqt rejimida onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish”;
oʻninchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 1-ilovada (Koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom):
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻchma savdo obyektlari — 100 kvadrat metr maydondan koʻp boʻlmagan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson koʻchirish va yigʻish mumkin boʻlgan koʻchma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodoʻkonlar, avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, shu kabi va shunga oʻxshash boshqa koʻchma savdo obyektlari);
koʻchma savdo subyektlari — koʻchma savdoni amalga oshirish uchun “K-SAVDO” AATda belgilangan tartibda koʻchma savdo obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy va yuridik shaxslar;
koʻchma savdo — koʻchma savdo obyektlaridan foydalangan holda, turgʻun savdo shoxobchalari joylashgan joydan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish, xizmatlar koʻrsatish”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mobil konteyner — istalgan vaqtda boshqa joyga oson koʻchirish va yigʻish mumkin boʻlgan yengil tipdagi ixcham savdo doʻkonlari;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma;
tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan va dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi, shu jumladan, yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalar;
yengil konstruksiya — erning ustki qatlamiga zarar yetkazmasdan ixcham metall yoki yogʻoch konstruksiyalardan foydalanib qurilgan, buzib olib (bartaraf etib) koʻchirish (yigʻish) imkoniyati mavjud boʻlgan qurilma;
kichik oshxona — isteʼmolchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va zakuskalar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan jadal xizmat koʻrsatishni tashkil etuvchi korxona. Sotiladigan mahsulotlar turiga koʻra kichik oshxonalar quyidagilarga ixtisoslashgan boʻlishi mumkin: kabobxona, palovxona, somsaxona, sosiskaxona, chuchvaraxona, cheburekxona, pirojkaxona, blinchikxona va shu kabilar”;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Savdo obyektining ixtisoslashuv turlari quyidagilardan iborat:
non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari;
goʻsht va goʻsht mahsulotlari;
sut va sut mahsulotlari;
kichik oshxona;
sabzavotlar-mevalar va poliz ekinlari, shuningdek, quruq mevalar, pista va yongʻoqlar;
muzqaymoq, alkogolsiz yaxna va issiq ichimliklar;
oziq-ovqat mahsulotlari;
nashriyot mahsulotlari;
gullar;
xalq badiiy va boshqa hunarmandchilik buyumlari;
hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar, kiyim-kechak, poyabzal va yengil sanoat buyumlari;
nooziq-ovqat mahsulotlari;
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlarda saqlash va sotish;
yengil turdagi transport vositalarini (yengil avtomobil, velosiped, samokat, skuter va boshqalar) ijaraga berish va taʼmirlash xizmatlari;
elektromobillarni zaryadlash;
sartaroshlik xizmatlari;
kosmetolog xizmatlari;
poyabzal taʼmirlash xizmati;
maishiy texnika vositalarini taʼmirlash xizmati;
kalit yasash xizmati.
Tadbirkorlik subyektlari koʻchma savdo obyekti ixtisoslashuv turlarining bir nechtasi bilan savdo qoidalariga rioya etgan holda shugʻullanishi mumkin”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Quyidagi joylarda koʻchma savdo obyektlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
madaniy meros obyektlari va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida;
bino va inshootlarning yongʻinga qarshi oraliqlarida;
muhandislik kommunikatsiyalari xavfsizlik zonalarida;
chorrahalarga 15 metrdan yaqinroqda;
maishiy chiqindilarni yigʻish punktlariga 20 metr masofa orasida;
sunʼiy inshootlarda (toʻxtash bostirmalari, erosti oʻtish joylari, koʻpriklar, tunnellar, transport bogʻlamalari va yoʻl oʻtkazgichlar);
piyodalar oʻtish joylarida;
velosiped yoʻlaklarida;
qatnov qismining xavfli burilishlarida;
loaqal bir yoʻnalishdagi koʻrinish masofasi 100 metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 15 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi boʻlak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
“Toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl belgisi yoki “toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl chizigʻi taʼsiri doirasida”;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi.
Bunda, koʻchma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qoʻmitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart”;
19-banddagi “tadbirkorlik subyekti” soʻzlari “yuridik yoki jismoniy shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Koʻchma savdo joyini ijaraga olish huquqi joylashish sxemalari doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion gʻolibiga koʻchma savdo joyini koʻpi bilan 36 oygacha (yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun koʻpi bilan 120 oygacha) ijaraga beriladi, koʻchma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.
Umumiy ovqatlanish tashkilotiga tutash yoki 5 metrdan oshmaydigan masofada joylashgan, boʻsh turgan koʻchma savdo joyi Umumiy ovqatlanish tashkilotlari mavsumiy kafelarining ishlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bandi talablariga rioya qilgan holda elektron onlayn-auksionsiz, “K-SAVDO” AAT orqali umumiy ovqatlanish tashkilotining oʻziga umumiy ovqatlanish yoki savdo sohasida qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun ijaraga berilishi mumkin”;
22-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda yer uchastkasi davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlsa, mablagʻning ushbu qismi mazkur tashkilotlarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Koʻchma savdo joyi “K — SAVDO” AATga mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tomonidan ham kiritilishi mumkin”;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi koʻchma savdo obyektlarini joylashtirish sxemalarini tegishlicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan “K — SAVDO” AAT orqali besh ish kuni muddatda kelishadi.
“K — SAVDO” AATga kiritilgan joylashish sxemasi yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari besh ish kun muddatda kelishmagan taqdirda, joylashish sxemasi kelishilgan hisoblanadi. Bunda belgilangan muddatda kelishilmagan joylashish sxemasi boʻyicha koʻrilgan zarar uchun javobgarlik choralari tegishli mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanadi.
“K — SAVDO” AATga kiritilgan joylashish sxemasini kelishish rad etilgan taqdirda, ushbu tashkilotning rahbari (oʻrinbosari) tomonidan asoslantirilgan va imzolangan xulosani “K — SAVDO” AATga ilova qilishi shart”;
26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Jismoniy va yuridik shaxslar koʻchma savdo joyini “K — SAVDO” AATga kiritish huquqiga ega.
Bunda gʻolib deb topilgan jismoniy shaxs besh ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi shart.
27. Jismoniy va yuridik shaxslar hamda hokim yordamchilari tomonidan taklif etilgan koʻchma savdo joyi uch ish kuni ichida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiqligi jihatdan koʻrib chiqiladi”;
28-banddagi “tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Auksionda qatnashish uchun talabgor tegishli elektron arizani toʻldiradi.
Elektron arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
koʻchma savdo obyektining ixtisoslashuvi;
ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti);
koʻchma savdo obyektini joylashtirish davri, bunda muddat 36 oydan, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun 120 oydan oshmasligi lozim”;
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. “K — SAVDO” AATda transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabgor tegishli elektron blankani toʻldiradi.
Elektron blankada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy va yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud boʻlsa);
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
avtomototransport vositasining markasi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi;
savdo obyektining ixtisoslashuvi;
ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti);
koʻchma savdo obyektini joylashtirish davri, bunda muddat 36 oydan, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun 120 oydan oshmasligi lozim;
elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)”;
uchinchi xatboshi “yuridik shaxsning toʻliq nomi,” soʻzlaridan keyin “jismoniy shaxs va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshi “36 oydan,” soʻzlaridan keyin “yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun 120 oydan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
41-bandning beshinchi xatboshisiidagi “Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
43-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik subyektiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijaraga berilgan koʻchma savdoni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilangan asoslarga koʻra olib qoʻyilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlariga muvofiq pul summasini toʻlash yoki boshqacha kompensatsiya toʻlash yoʻli bilan bartaraf etiladi”;
Nizomning 1-ilovasida:
1-qatori:
“Subyektlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi, Kadastr boʻlimlari, tuman (shahar) hokim yordamchilari”;
2-qatori:
“Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sxemani tegishlicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan kelishadi”;
“Bajarish muddatlari” ustunidagi “uch kun” soʻzlari “besh ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-qatori “Bajarish muddatlari” ustunidagi “uch kun” soʻzlari “uch ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-qatori “Subyektlar” ustunidagi “Tadbirkorlik subyekti” soʻzlari “Jismoniy shaxs va yuridik shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-qatori “Subyektlar” ustunidagi “Tadbirkorlik subyekti” soʻzlari “Jismoniy shaxs va yuridik shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 4-ilovada:
2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ariza beruvchi — ushbu Nizomning 4-bandiga asosan umumiy ovqatlanish tashkilotlarining mavsumiy kafelarini oʻrnatish (qurish) uchun murojaat qilgan yuridik shaxs”;
“3. Mavsumiy kafelar umumiy ovqatlanish obyekti joylashgan hudud doirasida oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Mavsumiy kafelar aholi punktlarining shahar va posyolka qurilishi yerlari, umumiy foydalanishdagi yerlari va transport maqsadlariga moʻljallangan yerlarning foydalanilmayotgan qismlarida, ushbu yerlar doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan ijara shartnomalari asosida oʻrnatilishi (qurilishi) mumkin.
4. Ariza beruvchiga mavsumiy kafeni oʻrnatish (qurish) boʻyicha ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti asosida beriladi, qurilishga ruxsat talab qilinmaydigan holatlar bundan mustasno”;
5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mavsumiy kafeni mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasida joylashtirish”.
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasidan tashqarida”;
oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
13-banddagi “mavsumiy kafeni oʻrnatishga (qurishga) ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimligining qarori” soʻzlari oʻrniga “mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar hamda mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq ruxsatnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mavsumiy kafelar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni amalga oshiradilar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/591/0917-son)