12.10.2022 yildagi PQ-390-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalariga qarashli yuridik shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son qarorining 2-bandida budjet buyurtmachilari uchun nazarda tutilgan cheklovlar Elektron kooperatsiya portalida roʻyxatdan oʻtgan, xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar) tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xarid qilishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning koʻrgazma yarmarkasini doimiy tarzda oʻtkazish grafiklarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarda koʻrgazma yarmarkasini oʻtkazish uchun zarur pavilyonlarni aniqlasin va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda koʻrgazma yarmarkasini oʻtkazish uchun zarur pavilyonlar bepul tarzda ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mazkur koʻrgazma yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat buyurtmachilariga oʻz ehtiyojidan kelib chiqib, koʻrgazma yarmarkalari davomida yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar bilan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni uch yilgacha muddat davomida kafolatli xarid qilishni nazarda tutuvchi shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari oʻz hududida faoliyat yuritayotgan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi va texnik parametrlari toʻgʻrisidagi axborotlarni 2022-yil 15-noyabrga qadar Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirsin va muntazam ravishda yangilab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari doimiy tarzda oʻz hududida tadbirkorlik subyektlari uchun oʻtkaziladigan koʻrgazma yarmarkasi doirasida yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari mazkur bandda belgilangan vazifalar oʻz muddatida va sifatli bajarilishi hamda yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning faoliyatiga koʻmaklashish va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Reyestr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida yuritiladi, shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan oʻzaro elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish oʻrinlari va sharoitlarni nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini talab qilish tartibini bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqib reja-jadvallaridagi xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida joylashgan hududi boʻyicha tegishlicha Reyestrga kiritilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni shartnoma asosida sotib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, barcha davlat buyurtmachilari yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslardan xarid qilingan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining yoki yuqori turuvchi tashkilotlarning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda joylashtirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi bir oy muddatda Elektron kooperatsiya portalida roʻyxatdan oʻtgan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi boʻlimni ishga tushirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati hamda Oʻzbekiston karlar jamiyatining 2022-yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab qolgan hududlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish, ularni kasb-hunarga oʻqitish, madaniyat, sanʼat, sportga oid qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Imkoniyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Imkoniyatlar markazi”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar va ish beruvchilar oʻrtasida muloqot oʻtkazish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar bilan dastlabki suhbatlar oʻtkazib, ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga oʻqitishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) “Imkoniyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish uchun Nukus tumanidagi Kerder sanoat transport kasb-hunar kolleji va Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazidan zarur xonalar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati hamda Oʻzbekiston karlar jamiyatining talabnomalariga asosan Transport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning joylashuvidan kelib chiqib, mavjud jamoat transporti yoʻnalishlariga oʻzgartirishlar kiritish yoki yangilarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar faoliyati hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, shuningdek, ushbu qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmogʻida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-390-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2022-y., 07/22/390/0909-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)