07.10.2022 yildagi 582-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari (keyingi oʻrinlarda — xodimlar)ning har uch yilda kamida bir marta malakasini oshirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning filiallarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va uning filiallarida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kursida oʻqitish muddati 12 soatni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning maʼlumotlari bazasi Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari tomonidan shakllantiriladi hamda yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirishning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarida oʻqitiladigan xodimlarning roʻyxatini hamda malaka oshirish kursi tinglovchilarining oʻquv guruhini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturi va boshqa oʻquv-metodik hujjatlarni tasdiqlash hamda malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular boʻyicha sinov imtihonlarini oʻtkazish hamda oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning maʼlumotlari bazasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish toʻgʻrisidagi davlat taʼlim talablarini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq xodimlarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati va Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
582-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-oktabrdagi 582-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi oʻrinlarda — murojaatlar) bilan ish olib boruvchi xodimlarni (keyingi oʻrinlarda — murojaatlar bilan ishlovchi xodimlar) oʻqitish va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar deganda, kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, shuningdek, murojaatlarning hisobini yuritish va koʻrib chiqilishini nazorat qilish maqsadida davlat tashkilotlarida tashkil etilgan boʻlim, boʻlinma yoki guruhlarning rahbarlari va xodimlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishdan maqsad xodimlarning murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, koʻrib chiqish hamda murojaatlar bilan ish yuritishni tashkil etishdagi nazariy va amaliy bilimlari, kasbiy mahorat va koʻnikmalarini shakllantirish hamda muntazam yangilab borishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va oʻqitishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqish sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari toʻgʻrisida aniq tushunchalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ish olib borishning tashkiliy-huquqiy masalalari boʻyicha tahliliy koʻnikmalarni shakllantirish va kasbiy tayyorgarlikning bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatda murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish koʻnikmalarini oʻrgatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning filiallarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va uning filiallarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi) toʻlov-shartnoma asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat tashkilotlari rahbarlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarining oʻz vaqtida malakasini oshirishlari uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka oshirish kursini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish hamda ularning maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka oshirish kursida oʻqitish vaqti 12 soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish, shuningdek, murojaatlar bilan ishlashni tashkil etishga qaratilgan faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirishning oʻquv dasturi davlat tashkilotlarida murojaatlar boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligining tahlili natijalarini inobatga olgan holda taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan tegishli ekspertizadan oʻtkazilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Malaka oshirish kurslarida oʻqish vaqti va muddati taʼlim muassasasi bilan kelishilgan holda tayyorlanadigan hamda tegishliligi boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar tomonidan 2-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan tinglovchilarning malaka oshirish kurslaridan oʻtish vaqti, shakli va yoʻnalishi koʻrsatilgan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taqsimot-rejalar yarim yil uchun tuziladi va har yili iyun va dekabr oyining 15 sanasiga qadar tasdiqlanadi hamda mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan oʻzi tanlagan taʼlim muassasalaridan biriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqsimot-rejalarda xodimning malaka oshirish kurslaridan oʻtish shakli koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyurtmachi tashkilotlar taqsimot-rejalarga asosan oʻqishi belgilangan xodimlarini malaka oshirish kurslarida qatnashishlarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malaka oshirish kursiga tinglovchilarni qabul qilish taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasi tinglovchilarning malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligi yoki qatnashmaganligi haqida davlat tashkilotlariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslarida uzrli sabablarga koʻra qatnashmagan tinglovchilarga navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni oʻquv kursining dasturi asosida taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan mashgʻulotlar jadvali boʻyicha olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi va uning filiallarida oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning ish joyida oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy taʼlim orqali oʻqitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ish joyida oʻqitish taʼlim muassasasi tomonidan mutaxassislarni jalb etish orqali tinglovchini ishdan ajratmagan holda ish joyining oʻzida oʻqitishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirishning mazkur shakli boʻyicha oʻquv jarayoni davlat tashkilotlari tomonidan guruhlarning shakllantirilishini inobatga olgan holda tinglovchilar soni kamida oʻn nafar boʻlgan guruhlar uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Masofaviy taʼlim onlayn va oflayn tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Onlayn shakldagi masofadan oʻqitish tinglovchi va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida oʻzaro aloqani taʼminlash uchun maxsus jihozlangan oʻquv xonalarida real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oflayn shakldagi masofadan oʻqitish taʼlim muassasasida ishga tushirilgan maxsus masofaviy taʼlim platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning masofaviy taʼlim olish uchun belgilangan oʻqish joylariga yetib kelishi, shuningdek, masofaviy taʼlim platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, oʻquv jarayonlarida ishtirok etishi davlat tashkilotlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Masofaviy taʼlim davomida tinglovchilar kurslarni tashkil etish va oʻtkazish rejasiga, oʻqish davomiyligiga amal qilishi, shuningdek, taʼlim jarayonida shaxsan oʻzi ishtirok etishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Masofaviy taʼlim shakli boʻyicha oʻqitish jarayonida tinglovchilar faoliyati va taʼlim jarayonini muvofiqlashtirish hamda yoʻnaltirish taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan biriktiriladigan pedagog maslahatchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tinglovchilar bilan doimiy aloqa bogʻlash, tinglovchilarga zarur metodik yordam berish va tinglovchilar bilimlarini baholash pedagog maslahatchining vazifalariga kiradi. Pedagog maslahatchi yakka tartibdagi topshiriqning tinglovchi tomonidan bajarilishini xolisona baholanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog maslahatchi bilan aloqa elektron pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, pedagog maslahatchi bilan aloqa sessiyalar (bevosita yuzma-yuz muloqot) tarzida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) boʻyicha sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Masofaviy taʼlim kurslari boʻyicha sinov imtihoni (suhbat) oflayn shaklda test topshiriqlarini bajarish yoki onlayn shaklda real vaqt rejimida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov imtihoni (suhbat)ni qabul qilish shakli taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Malaka oshirish kurslarida oʻqigan tinglovchilarga oʻquv kursining nomi va hajmi koʻrsatilgan holda, malaka oshirish kurslarini yakunlaganlik uchun belgilangan namunadagi sertifikat rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov imtihonini topshirmagan (suhbatdan oʻtmagan) tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchi uzrli sabablarga koʻra sinov imtihonida qatnashmagan hollarda taʼlim muassasasi rahbari tomonidan sinov imtihoni (suhbat)ni topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sinov imtihoni natijalaridan norozi boʻlgan tinglovchi natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida taʼlim muassasasi rahbari nomiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan besh nafar aʼzodan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga, qoida tariqasida, taʼlim muassasasi rahbarining birinchi oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, shuningdek, tinglovchi natijalaridan norozi boʻlgan sinov imtihonida ishtirok etmagan pedagog xodimlar kiritiladi. Apellyatsiya komissiyasiga boshqa tashkilotlardan ham mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi faoliyati uning ishida aʼzolardan uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Apellyatsiya komissiyasining ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga sinov imtihoni komissiyasi tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyat berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi sinov imtihoni bilan bogʻliq materiallarni har tomonlama oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tinglovchilar apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyati koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchining apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Malaka oshirish kursiga qabul qilingan tinglovchilarning oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Taʼlim muassasasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish faoliyatiga oʻquv-metodik rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishning oʻquv dasturini ishlab chiqadi va muntazam yangilanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish mexanizmlari va usullarini takomillashtirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tizimiga taʼlimning zamonaviy shakl va usullarini, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Davlat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish qamrovining toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilganligi uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasiga statistik, axborot-tahliliy materiallarni, huquqni qoʻllash amaliyoti umumlashmalari va materiallarini taqdim etadi, axborot-resurs bazasini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning maʼlumotlari bazasi tegishli ravishda Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy adliya organlari) tomonidan shakllantiriladi hamda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vazirlik va hududiy adliya organlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida davlat tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari, ulardan murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga doir boshqa tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vazirlikda murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning maʼlumotlari yigʻma bazasi, hududiy adliya organlarida esa hududiy maʼlumotlar bazasi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Maʼlumotlar bazalari davlat tilida, elektron shaklda yuritiladi hamda malaka oshirish kurslari davomida, jumladan uning davriyligi va uzluksizligini taʼminlash maqsadida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, respublika darajasidagi davlat tashkilotlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlari toʻgʻrisidagi axborotni Vazirlikka, viloyat darajasidagi davlat tashkilotlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlari toʻgʻrisidagi axborotni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga hamda tuman (shahar) hokimliklari va tuman darajasidagi davlat tashkilotlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlari toʻgʻrisidagi axborotni tuman (shahar) adliya boʻlimlariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat tashkilotlari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 10-sanasiga qadar tegishli adliya organiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 15-sanasiga qadar bazadagi maʼlumotlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 20-sanasiga qadar hududiy bazadagi maʼlumotlarni Vazirlikka elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Taqdim etilgan maʼlumotlar yil davomida oʻzgargan taqdirda, davlat tashkilotlari oʻn kun muddatda tegishli maʼlumotni adliya organiga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy adliya organi oʻzgarishlar boʻyicha maʼlumotlarni ular taqdim etilgandan soʻng besh kun muddatda Vazirlikka taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Taʼlim muassasasi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotni har chorakda, tegishli chorak yakunlangandan soʻng, keyingi oyning 5-sanasiga qadar Vazirlikka elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Taqdim etilgan maʼlumotlar Vazirlikka kelib tushgandan soʻng, ular ikki ish kuni ichida maʼlumotlar yigʻma bazasiga joylashtiriladi va muntazam ravishda yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizom talablarini vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirish Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Malaka oshirish kursini tashkil etish tartibi

1-bosqich

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi

1. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirishning oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi.

1. Oʻquv kursi boshlanishidan kamida 2 oy oldin.

2. Oʻquv dasturini Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan tegishli ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.

2. Oʻquv kursi boshlanishidan kamida 1 oy oldin.

2-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Malaka oshirish kurslarida oʻqitiladigan xodimlarning roʻyxatini shakllantiradi.

1. Har yili 1-iyun va 10-dekabr.

2. Xodimlarini malaka oshirish kurslarida oʻqitish boʻyicha har yarim yillik taqsimot-rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

3. Taqsimot-rejalarini Davlat boshqaruvi akademiyasi yoki Yuristlar malakasini oshirish markaziga yuboradi.

2-3. Har yili 15-iyun va 15-dekabr.

4. Malaka oshirish uchun tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi.

4. Oʻquv kursi boshlanishidan 5 ish kuni oldin

5. Xodimlarni oʻquv kurslarida oʻqitish masalalari boʻyicha masʼul xodimni taʼlim muassasasi bilan hamkorlik qilishini tashkil qiladi.

5. Doimiy ravishda

3-bosqich

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi

1. Buyruq asosida malaka oshirish kursi tinglovchilarining oʻquv guruhini shakllantiradi.

2. Har bir oʻquv guruhiga pedagog-maslahatchini biriktiradi.

Oʻquv kursi boshlanishidan 1 ish kuni oldin

4-bosqich

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi

1. Oʻquv dasturi va boshqa oʻquv-metodik hujjatlar asosida malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi.

1. Taqsimot-rejada belgilangan muddatda

2. Davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda malaka oshirish boʻyicha oʻqitish jarayonlari monitoring (ichki va tashqi) qilib boriladi.

2. Muntazam, oʻquv jarayoni davomida

5-bosqich

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi

1. Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) boʻyicha sinov imtihonini tashkil qiladi.

1. Uquv kurslari yakunida

2. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi (elektron) sertifikat rasmiylashtiradi.

2. Sinov imtihoni topshirilgan kunning oʻzida

II. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni respublika darajasidagi davlat tashkilotlari Adliya vazirligiga, viloyat darajasidagi davlat tashkilotlari hududiy (viloyat) adliya organlariga, tuman darajasidagi davlat tashkilotlari tuman (shahar) adliya boʻlimlariga taqdim etadi.

1. Tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 10-sanasiga qadar

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari

2. Maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshk?nt shahar adliya boshqarmalariga elektron shaklda taqdim etadi.

2. Tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 15-sanasiga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

3. Hududiy maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni Adliya vazirligiga elektron shaklda taqdim etadi.

3. Tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 20-sanasiga qadar

2-bosqich

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi

Malaka oshirishdan oʻtgan davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlari haqidagi maʼlumotni Adliya vazirligiga elektron shaklda taqdim etadi.

Har chorakda, tegishli chorak yakunlangandan soʻng, keyingi oyning 5-sanasiga qadar

3-bosqich

Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari

1. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning maʼlumotlari bazasini shakllantiradi hamda yuritadi.

1. Taqdim qilingan maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng 2 ish kuni ichida.

2. Davlat tashkilotlaridan murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga doir boshqa tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi.

2. Zaruratga koʻra

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________________da

20___ yilning ___ yarim yilligida

___________________ jismoniy va yuridik

(taʼlim muassasasi nomi)

(buyurtmachi davlat organi yoki tashkiloti nomi)

shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlarining malaka oshirish kurslarida oʻqitish boʻyicha guruhlarning

T AQSIMOT-REJASI

Davlat organi yoki tashkilot nomi

Oʻqitish davri

Oʻqish shakli

Markaziy apparat

Idoraviy mansub tashkilotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Andijon

Buxoro

Jizzax

Namangan

Navoiy

Samarqand

Sirdaryo

Surxondaryo

Toshkent viloyati

Toshkent shahri

Fargʻona

Xorazm

Qashqadaryo

Jami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Tamomlagan taʼlim muassasasi va vaqti

Lavozimi

(ish joyi koʻrsatilgan holda)

Ish joyi manzili va xodimining elektron pochtasi

Xizmat va uyali telefon raqami

Egallab turgan lavozimga qabul qilingan vaqti

Shundan egallab turgan lavozimidagi ish staji

(7-ustundan)

Taʼlim muassasasida malakasini oshirgan vaqti

(sertifikatning seriyasi, raqami, berilgan hamda amal qilish muddati koʻrsatilgan holda)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1.

2.

3.

....

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirishdan oʻtgan davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Ish joyi

Lavozimi

Malaka oshirgan vaqti

Malaka oshirganligi toʻgʻrisida berilgan sertifikatning vaqti, seriyasi va raqami

1.

2.

3.

....

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2022-y., 09/22/582/0905-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)