OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ChERNOBIL HALOKATIDAN ZIYON KOʻRGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISTIQOMAT QILUVChI FUQAROLARNI IJTIMOIY HIMOYALASh HAQIDA” 1992-YIL 6 APRELDAGI 170-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarning pensiyalari miqdori va imtiyozlarini tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida” 1992-yil 6-apreldagi 170-son qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 8-band quyidagi mazmundagi xatboshlari bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston chernobilchilari” respublika uyushmasiga kompyuter sotib olishga hamda Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarni va ularning oila aʼzolarini tibbiy-ijtimoiy hisobga olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishga mablagʻ ajratsin;
Toshkent shahar hokimligiga “Oʻzbekiston chernobilchilari” respublika uyushmasini 1993-yil 1-noyabrdan boshlab egallab turgan binolarni ijaraga olganlik va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashdan ozod qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga mablagʻ ajratsin”;
b) qaror quyidagi mazmundagi 10 va 11-bandlar bilan toʻldirilsin;
“10. Oʻzbekiston chernobilchilari” respublika uyushmasiga, uning ishlab chiqarish tuzilmalari va tashkilotlariga davlat ijtimoiy sugʻurta badallari ish haqi fondining 4,7 foizi miqdorida belgilansin.
11. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzbekiston chernobilchilari” respublika uyushmasini egallab turgan binolar va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashdan 1993-yil 1-noyabrdan boshlab ozod qilsin.”
2. Qayd etib oʻtilgan qaror ilovasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
a) II boʻlimning 9-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“1993-yil 1-iyuldan boshlab Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarga va boquvchisini yoʻqotgan hollarda ularning oilalariga nogironlik pensiyalarining quyidagi eng koʻp miqdorlari belgilanadi
I guruh nogironlarga — eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida;
II guruh nogironlarga — eng kam ish haqining 8 baravari miqdorida;
III guruh nogironlarga — eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida;
boquvchisini yoʻqotgan hollarda mehnatga qobiliyatsiz har bir oila aʼzosiga — eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida.
Pensiyalarning eng kam miqdorlari koʻrsatib oʻtilgan eng koʻp miqdorlarning tegishlicha 50 foizi darajasida belgilanadi.
1993-yil 1-iyulgacha belgilangan hamda koʻrsatib oʻtilgan eng koʻp miqdorlardan ortiq boʻlgan pensiyalar qayta hisoblab chiqilmaydi.”;
b) VI boʻlim quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Roʻyxatning I boʻlimi 3-bandida koʻrsatilgan, 1986-1987-yillarda Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga salomatligini tiklash uchun har yili eng kam ish haqining uch baravari miqdorida bir yoʻla moddiy yordam toʻlanadi.”
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-yanvar,
7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami,1994-y., 1-son, 1-modda)