Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025 05.10.2022 yildagi 568-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025
Hujjat 06.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli “ Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoniga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini (keyingi oʻrinlarida — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari) 3 yil mobaynida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish imkoniyati yaratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid qilish xarajatlarining bir qismi Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari toʻgʻridan-toʻgʻri mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar, mahalliy chakana savdo obyektlaridan, shu jumladan elektron tijorat vositalari orqali sotib olinganda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi yoki yakuniy chakana narxdan kompensatsiya miqdori chegirib tashlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil yakuniga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga uning asoslangan talabnomalariga muvofiq Davlat budjeti hisobidan 100 milliard soʻm ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 3 yil mobaynida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan jismoniy shaxslarga xarid qilish xarajatlarining bir qismini Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun, agar ularning quvvati 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlsa — bazaviy hisoblash miqdorining 7 barobari miqdorida, 1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlsa — BHMning 10 barobari, 1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlsa — BHMning 15 barobari, 2 kVt va undan yuqori boʻlsa — BHMning 20 barobari miqdorida kompensatsiya toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli 5 kVt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda BHMning 50 barobari miqdorida kompensatsiya berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isitish hajmi 100 litr va 200 litr boʻlgan quyosh suv isitish qurilmalari uchun tegishlicha BHMning 5 va 7 barobari miqdorida kompensatsiya berilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilmalarni sotishda tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida aholi tomonidan tanlashda va uni erkin sotib olishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmaning yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yordamida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi mahalliy korxonalarning oʻz mahsulot va xizmatlarini sotish boʻyicha takliflari Platformaga erkin joylashtiriladi. Bunda, Platformaga kiritiladigan korxonalar roʻyxati “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki uning qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash uchun jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan arizalar barcha bosqichlarda Platforma orqali onlayn tarzda koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MCHJ, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazi tomonidan Platformada ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi mahalliy korxonalarga xizmatlar toʻlov undirmasdan koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensansiya qilish yoki uning qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha hujjatlar Platforma orqali elektron koʻrinishda shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalardan xarid qilish va yetkazib berishda elektron hisob-fakturalar Platforma orqali rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Platformaga xizmat koʻrsatish, uning faoliyatini takomillashtirib borish va doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlari kompensatsiya qilishni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarmaga qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Energetika vazirligi hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar hamda ularni amalga oshirish hisobiga erishilgan samaradorlik toʻgʻrisida har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Energetika vazirligi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
568-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 568-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini (keyingi oʻrinlarda — qurilma) yagona elektron platforma orqali ehtiyojlari uchun oʻz mablagʻi yoki tijorat banklari kreditlari hisobidan sotib olish va oʻrnatish uchun xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan xarid qilingan qurilmalar xarajatlarini Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlari hisobidan Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan qoplash, shuningdek, foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilingan qurilmalar uchun qoplab berilgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga qaytarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari — atrof muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, oʻzgartirish, toʻplash va (yoki) uzatish, shuningdek, hisobga olish boʻyicha texnologik asbob-uskunalar majmuasi, texnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona elektron platforma — qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona elektron platforma (keyingi oʻrinlarda — Platforma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — qurilmani Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrnatish uchun ariza taqdim etgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafil — ariza beruvchi tomonidan foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilinganda, yozma shaklda tuziladigan kafillik shartnomasi asosida ariza beruvchining oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishi uchun kafillik bergan shaxs ishlab chiqaruvchi oldida ariza beruvchi bilan baravar hajmda solidar tartibda javobgar shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda toʻlovchi — tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida va tomon sifatida ishtirok etadigan hamda ariza beruvchining foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilinadigan qurilma toʻlovlarini toʻlashda yetmagan qismi boʻyicha ishlab chiqaruvchi oldidagi majburiyatlari boʻyicha javobgar shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni identifikatsiyalash — ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari tomonidan ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafil maʼlumotlarini tekshirish maqsadida ular taqdim etgan hujjatlar, ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlar asosida aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
skoring tizimi — “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi hamda boshqa tashqi tizimlarga integratsiya qilingan holda avtomatik maʼlumot almashish orqali ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafilning daromadlari, kredit yuklamasi, kredit tarixi va boshqa shu kabi omillarga taalluqli maʼlumotlarni onlayn olish imkonini beruvchi tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya — qurilmani sotib olish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini ishlab chiqaruvchiga Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarma orqali toʻlab berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash — qurilma qiymatini 36 oygacha muddat davomida foizsiz teng miqdorda toʻlash sharti bilan toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kodli chek — sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi fiskal belgili chek;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar — Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan (muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan) yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo agenti — ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda sotish, oʻrnatish va servis xizmati koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilmani yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, ariza beruvchi tomonidan tanlangan qurilmalarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va oʻrnatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketpleys tizimi — Platformada qurilmalarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda ariza beruvchi tomonidan qurilmalar yetkazib beruvchilarini mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nohalol taʼminotchilar reyestri — ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan talablar asosida Platformaning marketpleys tizimidan chetlatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy maʼlumotlar bazalari va identifikatsiyalash tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan axborot tizimlarini integratsiya qilish ishlab chiqaruvchilarning axborot tizimlari bilan tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ariza beruvchi, ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va Platforma foydalanuvchilari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi uning nomida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi uy-joylari yoki boshqa bino-inshootlari uchun qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha murojaat etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi uy-joy, bino-inshoot yoki yer uchastkasiga qurilmalarni oʻz ehtiyojidan kelib chiqib oʻrnatishi mumkin. Bunda oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi boʻyicha kompensatsiyalar ishlab chiqaruvchilarga ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan shartlar asosida Jamgʻarma tomonidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi tomonidan qurilma xarajatlari uchun toʻlovlar kompensatsiya qilinadigan qismi chegirib tashlangan holda amalga oshiriladi. Qurilmalar xarajatlarining kompensatsiya qilinadigan qismi Jamgʻarma tomonidan ishlab chiqaruvchilarga toʻlab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari Platformaga Jamgʻarma tomonidan kiritilishi uchun ular mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan reyting ballari asosida baholanadi va ishlab chiqaruvchilar roʻyxati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi taqdim etgan roʻyxatga kiritilgan hamda ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan muvofiqlik mezonlariga toʻgʻri kelgan ishlab chiqaruvchilar bilan Jamgʻarma oʻrtasida jismoniy shaxslar tomonidan toʻliq qiymatda xarid qilingan qurilma xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan xarid qilingan qurilma xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun mablagʻlar ajratish boʻyicha shartnomalar imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurilmani sotib olish tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Platformaning marketpleys tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qurilmani ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari oʻz mahsulot va xizmatlarini sotish boʻyicha takliflar ishlab chiqaruvchilar tomonidan Platformaning marketpleys tizimida erkin joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar ariza beruvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan Jamgʻarma tomonidan monitoring Platforma orqali amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga koʻra, ishlab chiqaruvchilar va ularning savdo agentlari tomonidan Platformaning marketpleys tizimidagi oʻz xizmatlarini taklif etish imkoniyati har chorakda oʻrganib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qurilma xarajatlarining bir qismiga kompensatsiya ajratish, shuningdek, foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash uchun xarid qilingan qurilma xarajatlari ishlab chiqaruvchilarga Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida toʻlab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qurilmani sotib olish va uni oʻrnatish xarajatlarini kompensatsiya qilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qurilmani sotib olish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki ushbu xarajatlarni foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarma orqali quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilma muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qurilmadan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qurilmani oʻrnatish Platforma orqali rasmiylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sotib olingan va oʻrnatilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) kelib chiqib quyidagi miqdorda kompensatsiya belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

0,5 kVtdan 1 kVtgacha

7 barobar;

1 kVt va undan 1,5 kVtgacha

10 barobar;

1,5 kVt va undan 2 kVtgacha

15 barobar;

2 kVt va undan yuqori

20 barobar;

5 kVt va undan yuqori*

50 barobar;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* faqat yangi yerlarni oʻzlashtirishdagi tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlaganda kompensatsiya beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sotib olingan va oʻrnatilgan quyosh suv isitish qurilmalari uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) kelib chiqib quyidagi miqdorda kompensatsiya belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

suv isitish hajmi 100 litr

5 barobar;

suv isitish hajmi 200 litr

7 barobar.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan qancha miqdorda qurilmalar xarid qilinishidan qatʼiy nazar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun kompensatsiyalarning maksimal miqdori BHMning 50 barobaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isitish qurilmalari uchun kompensatsiyalarning maksimal miqdori BHMning 7 barobaridan oshib ketmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash 5 kVtgacha boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari hamda 200 litr va undan past boʻlgan hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari uchun amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ishlab chiqaruvchi hamda ariza beruvchi va birgalikda toʻlovchi hamda kafilning muvofiqlik mezonlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlab chiqaruvchi quyidagi mezonlariga muvofiq boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilmani ishlab chiqarish yoki uni sotish, oʻrnatish va servis xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda servis xizmatini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan qurilma davlat standartlari talablariga mos kelishi va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi moliyaviy yil yakuniga koʻra faoliyatini zarar bilan yakunlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti oldida (soliqlar, bojlar, yigʻimlar va boshqalar) qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qurilmar xarajatlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha ariza beruvchilar, shuningdek, kafil va birgalikda toʻlovchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sotib olinadigan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan (ayollar 55 yosh) oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, sotib olingan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan yuqori boʻlmasligi (qarz yuki yuklamasi ishlab chiqaruvchining ixtiyoriga koʻra oʻzgartirilishi mumkin). Qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitoblarida ariza beruvchi va birgalikda toʻlovchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sotib olingan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlashni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha 30 kun muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ariza beruvchilarning murojaatini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma qurilmani xarid qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan qurilmani xarid qilish uchun Platforma orqali ariza beruvchining tomonidan murojaatini onlayn tarzda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi barcha bosqichlarda Platformada onlayn koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida unga Platforma orqali (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) maʼlumot berib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchi Platforma va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazi operatori koʻmagida Platformada joylashtirilgan qurilmalar bilan tanishib, oʻziga maʼqul boʻlgan qurilmani tanlaydi va murojaat arizasini qoldiradi. Ariza beruvchi Platforma orqali ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti koʻmagida arizani qoldirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafil Platforma orqali belgilangan mezonlar asosida skoring baholash maʼlumotlariga koʻra bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda koʻrib chiqiladi. Bunda fuqarolarni skoring baholash (fuqaro maʼlumotlari, ularni identifikatsiyalash, budjet, soliq, kommunal, kredit va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, kredit tarixi va boshqalar) belgilangan muvofiqlik mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi hollarda ariza beruvchining arizasi Platforma tomonidan skoring baholash maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining Platformada koʻrib chiqish jarayonida arizasi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshga toʻlmagan yoki 60 yoshdan (ayollar 55 yosh) oshgan fuqaro nomidan ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining bank kreditlari boʻyicha 30 kun muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salbiy kredit tarixiga ega boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilinadigan qurilmalar toʻlovlari uchun boshqa jismoniy shaxsni kafil va birgalikda toʻlovchi sifatida qabul qilishi mumkin. Bunda ushbu jismoniy shaxs Nizomning 20-bandi talablariga muvofiq skoring baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻrnatilgan qurilma xarajatlari toʻlovini toʻliq amalga oshiradigan jismoniy shaxslarga ushbu Nizom 21-bandining 4 — 6-xatboshlari talablari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Skoring baholash natijasi ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentiga elektron maʼlumot sifatida kelib tushadi, shuningdek, bu haqda ariza beruvchining telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza beruvchi (qurilma xarajatlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha) tomonidan tijorat bankida doimiy pul mablagʻlari kirim boʻladigan toʻlov kartasi rekvizitlari Platformaga kiritadi. Shuningdek, ariza beruvchining majburiyatlari boʻyicha birgalikda toʻlovchi yoki kafil zarur boʻlganda, ularga tegishli boʻlgan toʻlov kartasi rekvizitlari xam Platformaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining masʼul xodimi ariza beruvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, sotib olinadigan qurilmani oʻrnatish boʻyicha shart-sharoitlari va qancha quvvatdagi qurilmani oʻrnatish imkoniyati mavjudligini oʻrganib, natijasi boʻyicha video va foto hisobot ilova qilgan holda, tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻn ish kuni mobaynida Platformaga joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining masʼul xodimi tavsiyanoma berishdan avval qurilmani oʻrnatish bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlarni inobatga olgan holda, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda sohaga masʼul tashkilotlarning xulosasini (texnik shartlari) olish vakolatiga ega boʻlib, olingan maʼlumotlarga muvofiq qurilmani oʻrnatilishi toʻgʻrisida tavsiyanoma rasmiylashtiradi yoki tavsiyanoma berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining Platforma orqali yuborgan soʻroviga ushbu bandda koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan besh ish kuni mobaynida xulosasi berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyanoma berish uchun ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining masʼul xodimi tomonidan tegishli tashkilotlarning xulosasini olish zarur boʻlganda, qaror qabul qilish tegishli muddatga uzaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilmani oʻrnatish uchun shart-sharoit mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilma oʻrnatilayotgan foydalanishdagi tomorqa yer uchastkasi yoki koʻchmas mulkning egalik huquqi ariza beruvchiga tegishli boʻlmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid boʻlgan boshqa holatlar aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining masʼul xodimi tomonidan qurilmani oʻrnatish boʻyicha tavsiyanoma beriladi yoki qurilma oʻrnatish rad etilganda uning sabablari koʻrsatilishi zarur, shuningdek, ariza beruvchiga SMS-xabar orqali bu haqda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan qurilmaning oʻrnatilishi yuzasidan berilgan tavsiyanoma masʼul xodim tomonidan Platformaga joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishlab chiqaruvchi va ariza beruvchi oʻrtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi Platformada rasmiylashtiriladi, SMS-xabar orqali yuborilgan kod yordamida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Elektron shartnoma imzolangan sanadan boshlab oʻn ish kunida ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan qurilma ariza beruvchiga oʻrnatib, ishga tushirib berilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi oʻrnatilgan qurilma ishga tushganligini qabul qilib, qoniqish hosil qilgandan soʻng Platformada avtomatik tarzda shakllantirilgan elektron hisobvaraq-fakturani imzolaydi va ishlab chiqaruvchi yoki uning nomidan savdo agenti ariza beruvchi bilan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi hamda oʻrnatilgan qurilmaning seriya raqamlari boʻyicha foto va video hisobot ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan tayyorlanib, Platforma orqali Jamgʻarmaga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Platformada joylashtirilgan hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, foto va video hisobotga asosan uning bahosi, miqdori, quvvati, sifati va boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha marketpleysda koʻrsatilgan talablarga mos kelishi yoki kelmasligi, yaʼni Jamgʻarma tomonidan qurilma qiymati toʻlovini amalga oshirishi yoki toʻlovni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisida uch ish kunida rasmiylashtirilgan elektron maʼlumotnomani Platformaga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishlab chiqaruvchi oʻn ish kuni ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etgan holda, Jamgʻarmaga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, Jamgʻarmaga taqdim qilinganda, hujjatlarni koʻrib chiqish ariza beruvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Platforma orqali tuzilgan shartnoma asosida qurilma ariza beruvchi tomonidan qabul qilib olingandan soʻng, ishlab chiqaruvchining murojaati kelib tushgan sanadan eʼtiboran besh ish kunidan oshmagan muddatda Jamgʻarma tomonidan qurilma uchun toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Platforma marketpleys tizimining ishlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Platformaning marketpleys tizimida tovar va xizmatlarni sotish istagi boʻlgan ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti uchun ochiq elektron savdo maydoni hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti Platforma orqali marketpleys tizimiga kirib, oʻz qurilmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mustaqil ravishda joylashtirishi hamda tizimning imkoniyatlaridan erkin foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Platformaning marketpleys tizimida ishlab chiqaruvchilar undan foydalanish tartibi va shartlari bilan tanishganligi hamda ushbu shartlarga rozi ekanligi toʻgʻrisida elektron shakldagi ommaviy ofertani (shartnoma tuzish haqida taklif) akseptlash (taklifni qabul qilishi) orqali ishtirok etadi va shunga asosan ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentida Platforma marketpleys tizimidan foydalanish imkoni mavjud boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentidan oʻz tovar va xizmatlarini marketpleys tizimiga joylashtirganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan ariza beruvchiga marketpleys tizimida tanlagan qurilmalar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetkazib berilishi va oʻrnatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentini Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Jamgʻarma quyidagi hollarda ishlab chiqaruvchini Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti va ariza beruvchi oʻzaro kelishgan holda mablagʻni maqsadsiz ishlatganligi aniqlanganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan oʻn va undan ortiq shartnoma boʻyicha qurilmalar yetkazib berilmaganligi va oʻrnatilmaganligi aniqlangan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil yakuni bilan moliyaviy hisobotlar asosida oʻtkazilgan tahlillar natijasiga koʻra iqtisodiy koʻrsatkichlarning salbiy oʻzgarishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari joriy etilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi yoki oʻzining savdo agenti orqali taklif etilayotgan qurilmalar malakaviy, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash va (yoki) qurilmani tanlash (yetkazib berish va oʻrnatish) jarayonida ariza beruvchilar tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-tamoyilining qoʻllanilishiga taʼsir oʻtkazish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash toʻgʻrisidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Jamgʻarma tomonidan ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatilganda, avtomatik ravishda Platformaning marketpleys tizimidagi Nohalol taʼminotchilar reyestriga jamoatchilik uchun eʼlon joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritilgan taʼminotchining bir yil davomida marketpleys tizimida ishtirok etishi mumkin emas, ushbu muddat tugagandan keyin taʼminotchi Nohalol taʼminotchilar reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Boʻlib-boʻlib amalga oshiriladigan toʻlovlar monitoringini olib borish va ishlab chiqaruvchi tomonidan Jamgʻarmaga mablagʻlarni qaytarish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ariza beruvchining qurilma uchun foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlanadigan mablagʻlar hisob-kitobini yuritish va Jamgʻarmaga qaytarilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqaruvchi talabi bilan xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiali tomonidan alohida maxsus hisobraqam ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Toʻlovlarni qaytarish tartibi ishlab chiqaruvchi yoki uning nomidan savdo agenti bilan ariza beruvchi oʻrtasidagi boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisida tuzilgan elektron shartnomasi va qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ishlab chiqaruvchi bir oy davomida ariza beruvchiga oʻrnatilgan qurilma boʻyicha roʻyxatni tuzib, ushbu roʻyxatga muvofiq mablagʻlarni qaytarish jadvalini tomonlar oʻrtasida imzolanishi uchun Jamgʻarmaga keyingi oyda taqdim etadi. Tomonlar oʻrtasida imzolanadigan toʻlovlarni qaytarish jadvalida Jamgʻarmaga toʻlovlarni qaytarishning aniq sanasi belgilab qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ariza beruvchi tomonidan 36 oy davomida teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari ishlab chiqaruvchi yoki uning nomidan savdo agenti va ariza beruvchi oʻrtasida imzolangan shartnomada belgilanadi. Bunda har oylik toʻlovlar shartnomaga ilova qilingan toʻlovlarni qaytarish jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ariza beruvchi tomonidan hisobot oyida ishlab chiqaruvchining maxsus hisobraqamiga toʻlangan har oylik toʻlovlar tomonlar oʻrtasida imzolangan toʻlovlarni qaytarish jadvallarida belgilangan sanadan kechiktirmasdan Jamgʻarma hisobraqamiga oʻtkazib berilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Har chorak yakunida ariza beruvchi tomonidan toʻlangan toʻlovlar ishlab chiqaruvchi tomonidan Jamgʻarmaga oʻtkazib borilganligi toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirib boriladi. Dalolatnomaga asosan oʻz vaqtida oʻtkazilmagan toʻlovlar boʻyicha Jamgʻarma tomonidan ishlab chiqaruvchining asosiy hisobraqamiga qoʻyilgan toʻlov talabnomasi asosida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ishlab chiqaruvchi boʻlib-boʻlib toʻlashdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida ishlab chiqaruvchi masʼul xodimi har oylik toʻlovlarning toʻlanishi hamda qurilmaning but saqlanishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qurilmani belgilangan maqsadda foydalanmaganlik va but saqlanmaganligi uchun ariza beruvchiga nisbatan ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan qoʻllaniladigan choralar shartnomada belgilangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ariza beruvchi tomonidan toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda, ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti masʼul xodimi ariza beruvchi bilan shaxsan uchrashib, majburiyati bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan toʻlovlarning qaytarilishini taʼminlash chorasini koʻrishni talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ariza beruvchi tomonidan toʻlovlarni shartnoma va unga ilova qilingan toʻlovlarni qaytarish jadvali boʻyicha majburiyatlarni muntazam ravishda ketma-ket uch oy davomida buzgan taqdirda shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti belgilangan tartibda undiruvni amaldagi qonunchilik doirasida taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti ariza beruvchi tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlanadigan mablagʻ qaytarilishini taʼminlashi, aks holda qaytarilmagan toʻlovlar boʻyicha oʻzining pul mablagʻlari va mol-mulklari bilan Jamgʻarma oldida javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Platformaning marketpleys tizimidagi savdo maydoni orqali maʼlum bir davr mobaynida katta miqdorda tovar aylanmasini amalga oshirgan ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentida haqiqatda tovarlarning mavjudligi doimiy tahlil qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har oyda ushbu ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti boʻyicha Markaziy bank va Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Jamgʻarma Platformasi marketpleys tizimida ishtirok etadigan ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentiga qoʻyiladigan talablarni belgilash hamda ularga oʻzgartirish kiritish vakolatiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Jamgʻarma tomonidan ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentiga ajratilgan mablagʻlar maqsadli ishlatilishini oʻrganish maqsadida ariza beruvchiga oʻrnatilgan qurilma ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti bilan birgalikda joyiga chiqqan holda monitoring qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ariza beruvchi oʻrnatilgan qurilmadan texnik talablarga rioya etgan holda foydalanishi, yongin xavfsizligi va texnogen holatlarga yoʻl qoʻymasligi boʻyicha belgilangan yoʻriqnomalarga rioya etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmasini xarid qilish xarajatlarini bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilmalar ishlab chiqaruvchilari yoki ularning savdo agentlariga qoʻyiladigan talablar*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Talablar

Reyting ballari

(0 — 5 ballgacha)

1.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti haqida maʼlumotlarning mavjudligi:

a) qurilmalarni ishlab chiqarish yoki sotish, oʻrnatish va servis xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanishi;

5

b) hududlarda dillerlik yoki agentlik hamda servis xizmatini koʻrsatish nuqtalariga ega boʻlishi;

5

v) ishlab chiqariladigan qurilmalar davlat standartlari talablariga mos kelishi va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi;

5

2.

Mahsulot komponentlari yoki materiallariga xizmat koʻrsatishning kafolatli muddatlar berilishi:

15 yildan yuqori

5

15 yilgacha

4

10 yilgacha

3

5 yilgacha

2

3 yilgacha

1

3.

Quyosh panellarining kafolatli ishlash davrida samaradorlik koʻrsatkichi darajasi:

82 foizdan past boʻlmasligi

5

80 foizdan past boʻlmasligiga

4

80 foizdan past

3

kafolat berilmasligi

0

4.

Qurilmalar oʻrnatilgandan soʻng servis xizmatlari koʻrsatilishi:

mavjud

5

mavjud emas

0

5.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan qurilmalarni mahalliylashtirish qilish darajasi:

30 foizdan yuqori

5

30 foizgacha

3

6.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan bozor tamoyillari asosida talab va taklifni hisobga olgan holda qurilmalar narxi belgilanishi*:

oʻrtacha narx yoki undan pastligi

5

oʻrtacha narxdan yuqoriligi

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jadvalning 6-satrida ishlab chiqaruvchilar yoki uning savdo agenti qurilmalar boʻyicha narxlarni bozor tamoyillari asosida belgilanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma bilan ishlab chiqaruvchi oʻrtasida shartnoma imzolash uchun reyting ballar miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyosh panellari maksimal ball — 40 ball
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
min — 22.4 ball (umumiy ballning 56%)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) suv isitkichlar boʻyicha maksimal ball — 35 ball
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
min — 19,6 ball (umumiy ballning 56%)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qurilmalar ishlab chiqaruvchilari yoki ularning savdo agentlariga qoʻyiladigan talablar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmasini xarid qilish xarajatlarini bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari xarajatlarining bir qismiga kompensatsiya ajratish, shuningdek, boʻlib-boʻlib toʻlash uchun xarid qilingan qurilmalar xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi tomonidan qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Ariza beruvchi

1. Qurilmani oʻrnatish uchun arizalar onlayn tarzda Yagona elektron platforma orqali ariza beruvchi mustaqil ravishda yoki ishlab chiqaruvchilar koʻmagi bilan va/yoki Yagona davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazi orqali taqdim etiladi.

2. Muvofiqlik mezonlari asosida skoring baholash avtomatlashtirilgan holda bir kun muddatda amalga oshiriladi.

3. Skoring baholash maʼlumotlariga koʻra muvofiqlik mezonlariga toʻgʻri kelganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida ariza beruvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.

4. Shuningdek, arizani koʻrib chiqish uchun ishlab chiqaruvchiga elektron maʼlumot kelib tushadi.

Zarurat boʻlganda

II bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti

1. Joyiga chiqqan holda qurilmani oʻrnatish mumkinligi oʻrganiladi.

5 ish kunida

2. Oʻrganish natijasiga koʻra tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlanib, Platformaga joylashtiriladi.

3. Zaruratdan kelib chiqib, tegishli organ yoki tashkilotlarning texnik shartlar boʻyicha xulosalari olinishi mumkin.

Texnik shartlar boʻyicha xulosalar olinishini hisobiga muddat uzaytirilishi mumkin

III bosqich

Ariza beruvchi, ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti

Tavsiyanomaga asosan ariza mazmunidan kelib chiqqan holda, tomonlar oʻrtasidagi oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shartnomasi Platformada avtomatik tarzda tayyorlanadi va tasdiqlash uchun ariza beruvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.

Onlayn

IV bosqich

Ariza beruvchi

1. Marketpleysdan qurilmalar tanlanadi.

2. Ishlab chiqaruvchi oʻrtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi avtomatik tarzda rasmiylashtirilib, SMS-xabar orqali yuborilgan kod yordamida imzolanadi.

Onlayn

V bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti

1. Elektron shartnomaga muvofiq qurilmalar ariza beruvchiga yetkazilib, oʻrnatib beriladi.

2. Oʻrnatilgan qurilmalar boʻyicha Platforma orqali hujjatlar Jamgʻarmaga taqdim etiladi.

10 ish kunida

VI bosqich

Jamgʻarma

1. Platformada joylashtirilgan hujjatlarga asosan oʻrnatilgan qurilmalar boʻyicha marketpleysda koʻrsatilgan talablarga mosligi tekshirilib, elektron maʼlumotnoma rasmiylashtiradi va Platformaga joylashtiradi.

2. Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha xarajatlari ishlab chiqaruvchi toʻliq qoplab berilishi rad etiladi va ishlab chiqaruvchi Platforma orqali xabardor qilinadi.

3 ish kunida

VII bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti

Hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, Jamgʻarmaga qaytadan taqdim etishi mumkin.

10 ish kunida

VIII bosqich

Jamgʻarma

Ishlab chiqaruvchiga oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlari toʻliq qoplash boʻyicha murojaati ijobiy xulosa berilgan elektron maʼlumotga asosan uning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.

10 ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 09/22/568/0898-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)