Navoiy viloyati Zarafshon shahar hokimining
Qarori
Yoʻl belgilari oʻrnatilishiga ruxsat berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-, 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 10-apreldagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-348-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori talablari ijrosi yuzasidan shaharda piyodalar xavfsizligini taʼminlash, transportlar tirbandligining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 25- moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Shahar hududida mavjud avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilishiga ruxsat berilsin.
2. Navoiy viloyati hokimligi maxsus ekspluatatsiya montaj boʻlimi (Gʻ. Ahmedov), shahar IIB YXXB (I. Axmedov)ga:
Oldingi tahrirga qarang.
shaharning Konchilar MFY Zurab Zarapetyan koʻchasidagi “Shukrona” kafesi yon tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy kon boshqarmasi binosiga kirish qismida hamda Marvarid koʻchasi shahar markazida joylashgan “Kamalak” aqua bogʻi tomondan kirish qismiga avtotransport vositalarining harakatini soat 07:00 dan 19:00 gacha cheklash maqsadida 3.1 – “Kirish taqiqlangan” va 7.25 – “Faqat xizmat avtomobillari” hamda qoʻshimcha 7.5.4 yoʻl belgilarini;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Zarafshon shahar hokimining 2026-yil 27-avgustdagi 155-5-78-Q/26-sonli qarori tahririda)
shaharning markaziy dehqon bozoriga qarashli avtoturargohning kirish qismiga (“Baraka market” savdo majmuasi yonida) 3.1 — “Kirish taqiqlangan” yoʻl belgisini oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
3. “Oltin vodiy” gazetasi (G. Bobomurodova)ga yuqorida qayd etilgan hududlarda yoʻl belgilari oʻrnatilganligi yuzasidan maʼlumotni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
4. Shahar IIB YHXB (I. Axmedov) shaharda transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligini taʼminlash borasida nazoratni kuchaytirsin.
5. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimi oʻrinbosari X. Oripov zimmasiga yuklansin.
Hokim N. RAHMANOV
Zarafshon sh.,
2022-yil 21-sentabr,
235-5-78-Q/22-son