Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Imom Buxoriy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-945-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 12-avgustda kiritilgan “Imom Buxoriy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-945-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-avgust,
2414-IV-son