Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan va 2022-yil 4-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishidan olib tashlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-avgust,
2427-IV-son