Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzaro bogʻliq boʻlgan moliyaviy, monopoliyaga qarshi siyosatni oʻtkazish, raqobatli muhitni yaratish va bozor munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, isteʼmolchilar manfaatlarini bozorda ustunlik mavqeni egallab turgan tayyorlovchilarning monopol xatti-harakatlaridan himoya qilish, normal xoʻjalik aloqalarini tiklash boʻyicha shart-sharoitlar yaratish, monopolist korxonalar mahsulotlariga davlat tomonidan boshqariladigan narxlarni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining monopoliyaga qarshi va narx siyosatini olib borish Bosh boshqarmasi toʻgʻrisida nizom (1-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi—oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati (6-ilova).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari talablariga va narx belgilash tartibiga rioya etishni nazorat qilishni taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi monopoliyaga qarshi chora-tadbirlar boʻyicha masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish maqsadida korxonalar, tashkilotlar, korporatsiyalar, konsernlar hamda uyushmalarning tegishli koʻrsatkichlar boʻyicha davlat hisobotini ishlab chiqsin va joriy etsin.
7. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlar tegishli iqtisodiy xizmatlarni narxlar belgilash boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qonun hujjatlarini “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-mart,
160-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1- ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-maydagi 188-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga narx belgilash va uni qoʻllanish tartibini, shuningdek, xalq xoʻjaligiga va aholiga koʻrsatiladigan yuk tashish va boshqa xizmatlar tariflarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 1972-yil 3-noyabrdagi 488-son qarori.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining Davlat narxlar komitetiga ayrim gruppadagi mahsulotlar uchun ulgurji narxlarni oʻzgartirish huquqini berish toʻgʻrisida” 1973-yil 25-iyuldagi 307-son qarori.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qoraqalpogʻiston ASSR Ministrlar Soveti, oblijrokomlar va Toshkent shahar ijrokomining xalq isteʼmol mollari chakana savdo baholarini tasdiqlash huquqlarini kengaytirish toʻgʻrisida” 1974-yil 27-maydagi 238-son qarori (OʻzSSR QT, 1974-y., 5-son, 25-modda).
4. SSSR Ministrlar Sovetining “Uzumning xarid narxlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida” 1977-yil 1-martdagi 178-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977-yil 11-martdagi 171-son qarori.
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qoraqalpogʻiston ASSR Ministrlar Soveti, oblast ijroiya komitetlari va Toshkent shahar ijroiya komiteti tomonidan tasdiqlanadigan mahsulotlar yangi turlari narxlari roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisida” 1977-yil 24-avgustdagi 546-son qarori.
6. SSSR Ministrlar Sovetining “Meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish rentabelligini oshirishning ayrim choralari toʻgʻrisida” 1979-yil 12-iyundagi 546-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 20-iyundagi 411-son qarori.
7. SSSR Ministrlar Sovetining “Koʻk massani koʻpaytirish uchun foydalaniladigan don ekinlari navli urugʻlarining xarid narxlari toʻgʻrisida” 1979-yil 8-avgustdagi 754-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 13-avgustdagi 566-son qarori.
8. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qoraqalpogʻiston ASSR Ministrlar Soveti, oblast ijroiya komitetlari va Toshkent shahar ijroiya komiteti tomonidan tasdiqlanadigan xalq isteʼmol nooziq-ovqat va oziq-ovqat tovarlari yangi turlari chakana narxlari roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisida” 1979-yil 17-sentabrdagi 659-son qarori.
9. SSSR Ministrlar Sovetining “Qishloq xoʻjaligidagi yordamchi korxonalarda va hunarmandchilik tarmoqlarida tayyorlangan ayrim xalq isteʼmol mollariga narx belgilash tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1981-yil 8-yanvardagi 28-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 22-yanvardagi 41-son qarori.
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga narxlarni belgilash va qoʻllanish tartibini, shuningdek, xalq xoʻjaligiga va aholiga koʻrsatiladigan yuk tashish va boshqa xizmatlar tariflarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 1972-yil 3-noyabrdagi 488-son qaroriga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 1981-yil 24-noyabrdagi 914-son qarori.
11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Xalq isteʼmol nooziq-ovqat mollariga narx belgilash, normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1983-yil 27-sentabrdagi 554-son qarori.
12. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Hukumatining dam olish uylari (dam olish pansionatlari)ga yoʻllanmalarning narxlarini belgilash masalalari boʻyicha baʼzi qarorlarini oʻzgartirish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1986-yil 25-martdagi 383-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 4-apreldagi 176-son qarori.
13. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qoraqalpogʻiston ASSR Ministrlar Soveti, oblast ijroiya komitetlari va Toshkent shahar ijroiya komitetining narxlar belgilash boʻyicha huquqlarini yanada kengaytirish toʻgʻrisida” 1986-yil 22-sentabrdagi 468-son qarori.
14. SSSR Ministrlar Sovetining “Narx belgilash amaliyotida vujudga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1989-yil 5-yanvardagi 26-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 20-martdagi 109-son qarori.
15. SSJI Vazirlar Kengashining “Xalq isteʼmol mollarining ayrim turlariga shartnomaviy chakana narxlarni joriy qilishga oʻtish toʻgʻrisida” 1990-yil 12-noyabrdagi 1134-son qarori va uni Oʻzbekiston SSJda roʻyobga chiqarishning asosiy yondashuvlari haqida Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1990-yil 27-noyabrdagi 370-son qaroriga 1-ilova.
16. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarni isloh qilish toʻgʻrisida” 1991-yil 29-martdagi 74-son qaroriga 2 va 3-ilovalar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Pulli xizmatlarga narxlar (tariflar)ni oʻzgartirish hamda boshqariladigan va erkin narxlar (tariflar)ni qoʻllashga oʻtish toʻgʻrisida” 1991-yil 4-martdagi 56-son qarori.