25.03.1993 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KUMUSH BUYUMLAR ISHLAB
CHIQARUVCHI QUVVATLARNI BARPO ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada qazib olinayotgan kumushdan aholi oʻrtasida talab katta boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Toshkentdagi 1-zargarlik zavodi negizida Amerikaning “Goldxouk Treyding Inkorporeyted” firmasi bilan birgalikda kumushdan sanoat yoʻli bilan jahon bozorida raqobatga bardoshli buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonani barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taʼsis etuvchilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiliga 50 tonna kumushni qayta ishlaydigan quvvatlarni barpo etish uchun qoʻshma korxonaning ustav jamgʻarmasi — jami 10 mln AQSH dollari, shu jumladan, “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining ulushi 7 mln AQSH dollari (import asbob-uskunalar, ishlab chiqarish binolari va inshootlar), “Goldxouk Treyding Inkorporeyted” firmasining ulushi — 3 mln AQSH dollari (asbob-uskunalar, texnologiya) miqdorida boʻlishi haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda (daromad)ni qoʻshma korxona qatnashchilari oʻrtasida ularning ustav jamgʻarmasidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlash haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi (oʻrtoq Chjen)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Goldxouk Treyding Inkorporeyted” firmasi bilan birgalikda qoʻshma korxonani barpo etish va uning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni, kontrakt tuzishdan oldin ishlab chiqsin, bunda chiqariladigan buyumlar nomenklaturasini, qimmatbaho metallarga boʻlgan talab va ularni qoplash manbalarini belgilasin. Shu vaqt ichida Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasining taʼsis hujjatlarini tayyorlasin va ularni roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning aprel oyida kumush buyumlar chiqarish uchun Toshkent zargarlik zavodini qayta qurishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin, bunda amerika firmasidan olinadigan asbob-uskunalar va ishlab chiqarish texnologiyasini hisobga olgan holda, toʻla texnologiya sikli (quyishdan boshlab tayyor mahsulot chiqarishgacha) boʻlgan ishlab chiqarishni vujudga keltirish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirmagan holda Toshkent zargarlik zavodini 12 oy muddat ichida toʻla qayta qurishni, zarur miqdordagi mutaxassislarni, shu jumladan, ularni firma korxonalariga yuborish hisobiga tayyorlashni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatilgan qoʻshma korxonada tayyorlangan buyumlarni isteʼmolchilarga belgilangan tartibda yetkazib berishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Korneyev) har yili qimmatbaho metallar sarfi balansida “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga mazkur maqsadlar uchun zarur miqdorda kumush ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent zargarlik zavodini qayta qurish boʻyicha bosh pudratchi etib “Toshkentqurilish” davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi belgilansin, qayta qurish ishlarini 1994-yilning birinchi choragida nihoyasiga yetkazish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzshartnomasavdo” (oʻrtoq Sharipov) “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi buyurtmanomasi boʻyicha Toshkent zargarlik zavodini qayta qurish uchun tegishli moddiy-texnika resurslarini oʻz vaqtida ajratsin va yetkazib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (oʻrtoq Mullajonov)ga “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent zargarlik zavodini qayta qurish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun “Oʻzsanoatqurilishbank”ka 1993-1994-yillar uchun zarur kredit resurslarini ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (oʻrtoq Rafikov) “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining buyurtmanomasi boʻyicha yuklarni Italiyaga va Italiyadan Toshkentga oʻz vaqtida tashishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (oʻrtoq Sultonov) “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi (oʻrtoq Chjen) bilan birgalikda qoʻshma korxonaning ustav jamgʻarmasidagi Oʻzbekistonning ulushi hisobiga import asbob-uskunalar sotib olish uchun mablagʻlar manbalari toʻgʻrisidagi takliflarni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kumush buyumlar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish va ishlab chiqarishni oʻzlashtirish davrida hamda buyumlar ishlab chiqarish boshlangandan keyin 3 yil davomida Oʻzbekiston hududida amal qiluvchi soliqlarning barcha turlaridan;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonada ishlash uchun kelgan xorijiy mutaxassislarning yashashi va Oʻzbekiston hududida yurishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi aholisi uchun amalda boʻlgan baholar boʻyicha soʻmlarda haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Xalq isteʼmol mollari, savdo va xizmat koʻrsatish majmui rahbari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-son