Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2012 23.03.1993 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PATTA TO‘LOVLARI MIQDORLARINI BELGILASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Patta to‘lovlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mollar, buyumlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlarda, yarmarkalarda va sotish uchun maxsus ajratilgan boshqa joylarda sotayotgan jismoniy shaxslardan savdo qilinadigan har bir kun uchun undiriladigan patta haqining quyidagi miqdorlari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Patta to‘lovi undiriladigan obyektlar nomi ‎

Tovar yoki joy birligi ‎

Patta to‘lovi miqdori (so‘mlarda) ‎

Avtomashina sotganlik uchun ‎ Bir donasi uchun ‎ 400‎
Boshqa transport vositalarini sotganlik uchun ‎ —”— 100‎
Ehtiyot qismlarni sotganlik uchun ‎ bitta joy uchun ‎‎ 50‎
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va tovarlarni sotganlik uchun: ‎
yuk mashinasida sotganlik uchun ‎ bitta joy uchun ‎ 90‎
yengil mashinada sotganlik uchun ‎ —”—‎ 60‎
aravalarda sotganlik uchun ‎ —”—‎ 30‎
stolda, rastada, qo‘l aravachada, qo‘lda, yerda, savatda,
‎chelakda va boshqalarda sotganlik uchun
—”—‎ 25‎
qovun-tarvuz sotganlik uchun ‎ 1m2 4‎
Kooperativlar va hunarmandchilik buyumlarini sotganlik uchun ‎ bitta joy uchun ‎ 50‎
Uy hayvonlari va jonivorlarni sotganlik uchun: ‎
koramol, ot va tuya sotganlik uchun ‎ har bir bosh hisobiga ‎ 80‎
buzoq, toy sotganlik uchun ‎ —”—‎ 40‎
qo‘y-echki sotganlik uchun ‎ —”—‎ 40‎
qo‘zichoq, uloq sotganlik uchun ‎ —”—‎ 20‎
g‘oz, o‘rdak, tovuq, kurka, quyon sotganlik uchun ‎ —”—‎ 10‎
g‘oz, o‘rdak, tovuq, kurka jo‘jalari, quyon bolalari sotganlik uchun ‎ —”—‎ 1‎
ziynatli qushlar va qafasda saqlanadigan boshqa hayvonlar
‎va jonivorlar sotganlik uchun ‎
bitta joy uchun ‎ 20‎
Akvarium baliqlari sotganlik uchun ‎ —”—‎ 20‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bozorlarda, yarmarkalarda va boshqa maxsus belgilangan joylarda tovarlar, mahsulotlarni sotishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bozorlar, yarmarkalar va boshqa maxsus belgilangan joylarning rivojlanish darajasiga bog‘liq ravishda mahalliy budjetga o‘tkaziladigan mablag‘lar miqdorini belgilasinlar. Bunda patta to‘lovi sifatida kelib tushadigan mablag‘larning kamida yarmi bozorlar, yarmarkalar va boshqa maxsus belgilangan joylar tasarrufida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi belgilangan miqdorlarda patta to‘lovlarining to‘g‘ri undirilishi va budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda patta to‘lovini undirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklariga, idoralariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlap va Toshkent shahar hokimliklariga, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib, bozorlarda, yarmarkalarda va savdo uchun maxsus belgilangan joylarda patta to‘lovlari miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish huquqi berilsin.
(qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-iyuldagi 366-son qaroriga muvofiq 6-band bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-son