22.03.1993 yildagi 151-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUSODARA QILINGAN, EGASIZ MOL-MULKNI, VORISLIK HUQUQI BOʻYICHA DAVLAT IXTIYORIGA OʻTGAN MOL-MULKNI VA XAZINALARNI HISOBGA OLISH, BAHOLASH VA SOTISH TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Musodara qilingan va egasiz mol-mulkni hisobga olish, saqlash va sotishni yoʻlga qoʻyish, musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi va musodara qilingan hamda egasiz mol-mulkni sotishda ishtirok etuvchi organlarning oʻzaro munosabatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Musodara qilingan, egasiz mulkni, vorislik huquqi boʻyicha davlatga oʻtgan mulk va xazinalarni hisobga olish, baholash va realizatsiya qilish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1984-yil 29-iyundagi 683-son qarori” haqida 1984-yil 13-iyuldagi 360-son qarori (Oʻzbekiston SSR Q. T., 1984-yil, № 7, 33-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 13-avgustdagi 291-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga kiritiladigan oʻzgarishlarning 1-bandi (Oʻzbekiston SSR Q. T., 1990-yil, № 8, 28-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 8-oktabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining soliq solish masalalari boʻyicha qaroriga kiritiladigan oʻzgarishlarning 3-bandi (Oʻzbekiston SSR Q. T., 1990-yil, № 10, 36-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 22-martdagi 151-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlari yoki amaldagi qonun hujjatlariga koʻra bunga vakolati boʻlgan boshqa davlat organlarining qarorlari asosida musodara qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilaydigan maxsus ombor (baza)larga saqlash uchun oʻtkazilgan mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda egasiz deb topilgan mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vorislik huquqi boʻyicha belgilangan tartibda davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hisobiga oʻtkazilgan topib olingan xazinalarga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning 1-bandida qayd etilgan mol-mulkni hisobga olish, shuningdek, ularni sotishdan davlat daromadiga oʻtkaziladigan mablagʻlarning toʻliq va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish soliq organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlari bilan mol-mulkni musodara qilishni amalga oshirish vakolati berilgan organlar mol-mulkni saqlab qoʻyishga topshirish bilan bir vaqtda ularni hisobga olish va sotishdan davlat daromadiga oʻtkaziladigan mablagʻlarning tushishini nazorat qilish uchun tegishli hujjatlarni soliq organlariga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mol-mulkni qabul qilib olish va topshirish mol-mulkni roʻyxatga olish va baholash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda dalolatnomaning barcha nusxalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq musodara qilish haqida qaror qabul qilgan organ tomonidan vakil qilingan ijrochining va mol-mulkni saqlashga qabul qilib olgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Saqlash uchun qabul qilingan mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgarlik amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uni qabul qilib olgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Musodara qilingan egasiz mol-mulkni vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni baholash doimiy ishlovchi komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar tegishli hokimliklar tomonidan tuziladi hamda davlat soliq va moliya idoralari vakillaridan, ushbu mol-mulk sotish yoki ulardan foydalanish uchun topshirilgan tashkilotlarning vakillaridan va mol-mulkni musodara qilish yoki uni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqargan organlarning vakillaridan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni baholash uning joylashgan yoki saqlangan joyida yoki savdo tashkiloti bazasiga yoxud bu mulkdan foydalanish uchun qabul qilib olgan korxonalarga keltirilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xazinani topgan va topshirgan shaxslarga berilishi kerak boʻlgan mukofot puli xazina qiymati belgilangan tartibda aniqlangan kundan boshlab bir oy muddat ichida moliya organlari tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mol-mulkni sotish va hisob-kitoblar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tez buziluvchi tovarlarni musodara qilish haqida qaror qabul qilgan organ tomonidan normadagi buzilish muddatidan kamida bir kun oldin dastlabki bahoda sotish uchun berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni sotish faqat shu maqsadlar uchun mahalliy boshqaruv organlari tomonidan maxsus ajratilgan doʻkonlar, shuningdek Respublika fond birjasi va rieltorlik tashkilotlari yoki ularning filiallari orqali amalga oshiriladi. Bunda koʻchmas mulk obyektlarini sotish rieltorlik tashkilotlari orqali, aksiyalarni sotish Respublika fond birjasi orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Avtotransport vositalarini sotish ularni belgilangan tartibda kimoshdi savdolariga qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dastlabki ishlov bermasdan savdo tarmoqlari orqali sotish mumkin boʻlmagan buyumlar qayta ishlash uchun tegishli davlat, kooperativ va boshqa korxonalarga sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maishiy elektr asboblari (sovutgichlar, kir yuvish mashinalari), radiotovarlar (televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar) va tuzatishni talab qiladigan boshqa murakkab maishiy texnika buyumlari savdo tashkiloti) tomonidan tuzatilishi kerak. Ularni tuzatishning iloji boʻlmagan taqdirda bu buyumlar ehtiyot qism sifatida sotiladi yoki belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 8, 9 va 10-bandlarda belgilangan tartibda foydalanilishi yoki sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar, shuningdek, qogʻoz chiqindilari va ikkilamchi xom ashyoning boshqa turlari ikkilamchi xom ashyoni yigʻish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tegishli davlat yoki kooperativ tashkilotlariga sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻz holatiga koʻra ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatish mumkin boʻlmagan buyumlar komissiya aʼzolari ishtirokida yoʻq qilinadi va bu haqda mol-mulkning roʻyxati va uni baholash dalolatnomasiga yozib qoʻyiladi, yogʻoch qismlari esa yoqilgʻi sifatida sotiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mol-mulkni sotish uchun topshirish, qabul qilib olish va sotish shartlari, bu mol-mulk uchun budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi musodara qilingan va egasiz mol-mulkni sotish uchun alohida ajratilgan doʻkonlar, Respublika fond birjasi va koʻchmas mulk birjasi bilan komissiya tomonidan tuziladigan shartnomalarda aks ettiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sotish uchun savdo tashkilotlariga beriladigan barcha buyumlarga komissiya va savdo tashkilotining yorliqlari qoʻyilishi, bu yorliqlarda yozuv roʻyxati dalolatnomasining tartib raqamlari va buyumning bahosi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sotish uchun qabul qilingan tovarlarni mayda-chuyda tuzatish, tozalash, dazmollash ishlari ularni sotishga qabul qilib olgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu aʼmollar bilan bogʻliq sarf-xarajatlar savdo chegirmasi hisobiga qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Savdo tashkiloti qabul qilib olgan mol-mulk xaridorgir boʻlmasa (taqchil tovarlardan tashqari) va 30 kun davomida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulkni baholash komissiyasi aʼzolari ishtirokida qayta baholaydi. Shu bilan bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkiloti oladigan savdo chegirmasining miqdori ham qayta hisob-kitob qilinadi. Amalga oshirilgan aʼmol haqida maxsus shakldagi dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnomaning bir nusxasi soliq organiga hamda bir nusxasi moliya organiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yoki savdo tashkilotlarining talabi bilan mol-mulk narxni oshirish borasidagi qayta baholash ishlari darhol amalga oshiriladi va mahsus dalolatnomaning bir nusxasi soliq organiga beriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Musodara qilish haqida qaror qabul qilgan organdan olingan mol-mulkni qabul qilish, tashish va sotish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni savdo tashkiloti mol-mulkni sotishdan tushgan tushumdan, shartnomada belgilangan savdo chegirmasidan oʻz foydasiga olib qolish (lekin u bu mablagʻlarning 15 foizidan oshmasligi kerak) hisobiga amalga oshiradi. Alohida hollarda mol-mulkni Oʻzbekiston davlat qimmatbaho buyumlar xazinasiga (shuningdek muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, ilmiy muassasalarga baholash dalolatnomasiga koʻra bepul) berishda taklif etilgan baholovchi mutaxassislar va ekspertlarga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filateliya tashkilotlari budjetga toʻlanadigan mablagʻni oʻtkazishda 15 foizgacha mablagʻni oʻz foydasiga olib qoladilar (muomaladagi qiymati qoplanmagan markalardan tashqari). Qiymati qoplanmagan markalarni sotganlik uchun bu markalar nominal qiymatning 8 foizini oʻz foydasiga qoldiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob savdosi tashkilotlari musodara qilingan va egasiz kitoblarni sotishdan tushgan tushumning 15 foizgachasini oʻz foydasiga olib qoladilar.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sotish uchun qabul qilingan mol-mulk uchun budjet bilan hisob-kitob qilish savdo tashkiloti tomonidan shartnomada kelishilgan muddat davomida, lekin mol-mulk sotilgan vaqtdan soʻng uzogʻi bilan oʻn kunda tegishli summani budjet daromadiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda egasiz, musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar, savdo tashkiloti haqi (savdo chegirmasi) chiqarib tashlangach, budjetga (80 foizi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiy soliq va bojxona organlarining maxsus fondiga (20 foizi) oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sotilgan mol-mulk uchun budjetning daromad qismiga pul oʻtkazish kechiktirib yuborilgan taqdirda savdo tashkiloti (yoki boshqa tashkilot) muddati kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda penya toʻlaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Musodara qilingan va egasiz mol-mulkni soliq, moliya, bojxona xizmati, sud organlari, ichki ishlar organlari va adliya xodimlarining, shuningdek, bu mol-mulkni sotuvchi tashkilot xodimlarining sotib olishlari taqiqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qimmatbaho metallar – oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) har qanday koʻrinish va holatda; tabiiy qimmatbaho toshlar ishlov berilmagan va ishlangan koʻrinishda (olmos, brilliant, firuza, laʼl, yoqut hamda tabiiy marvarid) va yarim qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va tabiiy marvarid boʻlgan buyumlar (tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga ega boʻlgan hamda muzey, kutubxona, hujjatxona, ilmiy muassasalarga baholash dalolatnomasiga koʻra tekin beriladiganlardan tashqari) Oʻzbekiston davlat qimmatbaho buyumlar xazinasiga berilishi kerak.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Diniy madaniyatga taalluqli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega boʻlgan, shuningdek, tarkibida qimmatbaho metall va toshlar boʻlgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma boʻyicha tekin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Pul mablagʻi, chet el valyutasi, cheklar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalardan tashqari jamgʻarma omonatlari pul-buyum lotereyasi chiptalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga oʻtkaziladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Pochta markalari, shu jumladan, kolleksiya qilinadigan markalar, haqini olib, matbuotning filateliya boʻlinmalariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kitoblar (tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlganlaridan tashqari), haqini olib, kitob savdosi tashkilotlariga oʻtkaziladi. Agar kitoblar qayd etib oʻtilgan tartibda sotilishi mumkin boʻlmasa, ular haqi olinib, xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, asbob-anjomlar mahsuldor va ish hayvonlari, asalari oilalari va yem-xashaklar, haqi olinib, davlat qishloq xoʻjaligi korxonalariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jun, goʻshtbop mollar, parranda, quyonlar, gʻalla, kanop va zigʻir tolasi hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, haqi olinib, davlat yoki kooperativ tayyorlov tashkilotlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm va moʻyna xom ashyosi, haqi olinib, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlariga, qorakoʻl xom ashyosi esa “Buxoro qorakoʻl” aksiyadorlik jamiyatiga beriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 37-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Koʻp yillik koʻchatlar (bogʻdorchilik-tomorqa koʻchatlari) hokimliklarga tekinga, boshqa korxona va tashkilotlarga esa haqi olinib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ishlatib boʻlmaydigan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar hamda bu metallarning parchalari va chiqindilari, haqi olinib, korxonalar va tashkilotlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dastgohlar, asbob-uskunalar va boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari hamda kichik zavodlar, tovarlar va mahsulotlar ishlab chiqaradigan liniyalar va hokazolar haqi olinib korxona va tashkilotlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 21—30-bandlarda sanab oʻtilgan tovarlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari ham budjetga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mol-mulkni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mol-mulk yoki ularning qiymati quyidagi hollarda qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlarning mol-mulkni musodara qilish haqidagi hukmi, ajrimi yoki qarori bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud organlari mol-mulkning bir qismini hibsdan ozod etish (yozma roʻyxatdan chiqarish) haqida qaror (ajrim) chiqarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk egasiz deb topilganligi haqidagi sud qarori bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud organlari tomonidan davlatning vorislik huquqi haqidagi guvohnomalar haqiqiy emas deb topilganda yoki mol-mulkning vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtishi haqidagi sud qarori bekor qilinganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar mol-mulk hali sotilmagan yoki qayta ishlashga berilmagan boʻlsa mol-mulkni qaytarish uni qaytarish toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Arizaga ushbu mol-mulkni davlat ixtiyoriga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning bekor qilinganligini tasdiqlovchi tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash mol-mulkni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza ushbu mol-mulkning davlat ixtiyoriga oʻtganligi haqidagi qaror bekor qilingan kundan boshlab bir yildan kechikmay berilgan boʻlsa amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bu mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga berilgan boʻlsa uning qiymatini qoplash uning egasi yoki vorislari tomonidan mol-mulkni (sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chiqarib tashlamay sotishdan amalda tushgan summa) qaytarish toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda moliya organi tomonidan tegishli budjetdan amalga oshiriladi. Mol-mulkning qiymati (summasi) bahosi tegishli davlat organlarining musodara qilishni bekor qilish yoki mol-mulkning bir qismini xatga olishdan ozod etish (roʻyxatdan chiqarish) toʻgʻrisidagi qarori kuchga kirgan kunda amalda boʻlgan shartnomaviy (bozor) narxlar boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan boshqa tashkilotlarning joriy schyotlariga mablagʻ oʻtkazilgan boʻlsa mol-mulk qiymatining tegishli qismi ushbu tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
(33-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan chiqariladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-sonli qarori tahririda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., 3-son, 11-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 37-modda;2003-y., 1-2-son, 13-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda)