Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2014 03.03.1993 yildagi 122-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2014
Hujjat 10.07.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASINING KONDA XATARDAN QUTQARUVChI HARBIYLAShTIRILGAN QISMLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-sonli “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining ogohlantirish hamda ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf qilish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi toʻgʻrisida”gi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarda xizmat qilishning alohida sharoitlarni, shuningdek, konda xatardan qutqarish ishlarini samarali olib borishni taʼminlashda hamda yer osti inshootlari va qazilayotgan konlardan foydalanuvchi, koʻmir, ruda va mineral xomashyo qazib olish va ulardan foydalanish korxonalarida avariya oqibatlaridan konchilar hayotini himoya qilishda ularning javobgarligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan nizom tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida 1993-1994-yillar davomida respublikada konchilar va konda xatardan qutqaruvchilarni issiq va gazdan himoya qilish vositalarini tuzatish va metrologik taʼminlash, shuningdek, yer osti avariyalarining oldini olish va ularni bartaraf qilish uchun maxsus asbob-uskunalar va materiallarni koʻplab ishlab chiqarish boʻyicha baza tashkil etish dasturini tayyorlasin va amalga oshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarida xizmat qilishning xususiyatlarini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSSR Koʻmir sanoati vaziri tomonidan 1950-yil 22-aprelda tasdiqlangan SSSR Koʻmir sanoati vazirligining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari toʻgʻrisidagi nizomni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanmasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzulgurjibirjasavdo” Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarni zarur texnika, transport, nazorat-oʻlchov asboblar, dori-darmonlar va tibbiy yordam koʻrsatish vositalari bilan birinchi navbatda taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 338-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika, viloyatlar, tumanlar davlat hokimiyati ijroiya organlari, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar avariyalarni bartaraf etishda konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarga yordam koʻrsatsinlar, mana shu maqsadda transport vositalari, materiallar va asbob-uskunalar, aloqa vositalari va dori-darmonlar bersinlar, shuningdek, konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar xodimlariga maxsus kiyim-bosh berish hamda ularning va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarining avariya sodir boʻlgan obyektlarga temir yoʻl va aviatsiya transportida birinchi navbatda joʻnatilishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 3-martdagi
122-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari belgilangan tartibda koʻmir, ruda shaxtalari, ochiq konlar, boyitish va briketlash fabrikalarida hamda kon ishlari olib boruvchi yoki yer osti inshootlari, kavlanayotgan konlardan foydalanuvchi boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda konda xatardan qutqarish xizmatini amalga oshirishga daʼvat etilgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hisoblanadilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarning asosiy vazifasi sanoatning xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarida odamlarni qutqarish, yongʻinlarni oʻchirish, portlashlar, koʻmir va gazning toʻsatdan otilishi, togʻ jinslarining bosib qolishi oqibatlarini tugatish hamda nafas olish organlarini himoya qilish vositalari va maxsus jihozlarni qoʻllashni talab qiluvchi boshqa ishlarni bajarish boʻyicha tez va kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxtalarda va konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar xizmat qiluvchi boshqa korxonalarda toʻsatdan sodir boʻlgan avariyalar paytida kishilarni qutqarish va evakuatsiyalash boʻyicha konda xatardan qutqarish ishlarini bajarish, jarohat olgan kishilarga bevosita ish joyida yoki evakuatsiya paytida tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlarni uchirish, avariyalar oqibatlarini tugatish, shu jumladan koʻmir va gazning toʻsatdan otilishi, oqma soylarning yorib chiqishi, kovlanayotgan konlarning choʻkishi va bosib qolishi (oʻpirilishi) oqibatlarini bartaraf etish ishlari, shuningdek, ajratib qoʻyiladigan nafas olish apparatlari va maxsus jihozlardan foydalangan holda texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir, ruda shaxtalari va konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar xizmat koʻrsatuvchi boshqa korxonalarning odamlarni qutqarish va ehtimol tutilgan avariyalarni bartaraf etishga tayyorligini taʼminlash boʻyicha profilaktik ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda xatti-harakatlarning yagona davlat tizimi funksiyalaridan kelib chiquvchi vazifalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konda xatardan qutqarish ishlari va koʻmir shaxtalarini avariyalardan himoya qilish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarini, nazorat qiluvchi asboblarni, avariya aloqasi va yer osti yongʻinlariga qarshi kurash vositalarini, shuningdek, maxsus asbob-uskunalarning boshqa turlarini tuzatish va ularga texnika xizmati koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkib uchun ijtimoiy sohani rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar shaxtalar va ular xizmat koʻrsatadigan boshqa korxonalar bilan tuzilgan alohida shartnomalar boʻyicha ularning avariyadan himoyalanishini kuchaytirishga, odamlarni qutqarishga va avariyalarni bartaraf etishga tayyorligiga qaratilgan ishlarni ham bajarishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar qayd etib oʻtilgan funksiyalarni bajarish uchun oʻz tarkibida tezkor, oʻquv va yordamchi boʻlinmalarga ega boʻladilar hamda ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalar tashkil etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarning tezkor boʻlinmalari konda xatardan qutqaruvchi punktlar, vzvodlar va otryadlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konda xatardan qutqaruvchi punkt olisda joylashgan bitta korxonaga xizmat qilish uchun tashkil etiladi, ikkita boʻlimdan iborat boʻladi va xizmat koʻrsatilayotgan korxonaning konda xatardan qutqaruvchi komandasi aʼzolari bilan birgalikda konda xatardan qutqarish ishlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konda xatardan qutqarish vzvodi xizmat koʻrsatilayotgan obyektlarda konda xatardan qutqarish ishlarining asosiy turlarini bajarish uchun uch, toʻrt va undan koʻp boʻlimlardan iborat boʻladi. Vzvod tarkibiga tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun reanimatsiya-shokka qarshi guruh, konda xatardan qutqaruvchi gʻavvoslar boʻlimi, shaxta havosi namunasini tekshirish uchun laboratoriya kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konda xatardan qutqaruvchi otryad ikki, uch va undan koʻp konda xatardan qutqaruvchi vzvodlardan iborat boʻladi hamda xizmat koʻrsatilayotgan obyektlarda konda xatardan qutqarish, profilaktik va boshqa muhandislik-texnik ishlarning butun majmui bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konda xatardan qutqaruvchi otryad oʻz tarkibida konda xatardan qutqaruvchi va shaxta yongʻini asbob-uskunalarini tuzatish va sozlash boʻyicha mexanik ustaxonalarga ega boʻlishi mumkin. Uning tarkibiga depressiya holatidagi gaz va issiqlikni chiqarib yuboruvchi mutaxassislar guruhi hamda boshqa muhandislik boʻlinmalari kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vzvod otryad tarkibiga kirmagan taqdirda, u alohida konda xatardan qutqaruvchi vzvod hisoblanadi (konda xatardan qutqaruvchi otryad huquqi bilan).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan otryadlar va vzvodlar Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismiga birlashadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismni boshqarish markazlashtirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari shtabi konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarning barcha tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha rahbarlik qiladi hamda boshqaruv organi hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari shtabi yuridik shaxs hisoblanadi, banklarda hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, oʻz nomi yozilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan muhrga, shuningdek, tegishli muhrlarga, toʻrt burchakli muhrlar va blankalarga ega boʻladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari tuzilmasi, uning boʻlinmalarining soni va joylashishi konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarni tashkil etish boʻyicha normativlar bilan belgilanadi, bu normativlar konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarni mablagʻ bilan taʼminlovchi tarmoq vazirliklari, konsernlar va boshqa tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Konda xatardan qutqaruvchi harbiy qismlarni butlash muddatli mehnat shartnomalari tuzish asosida jismoniy rivojlanishi va salomatligining ahvoliga koʻra favqulodda sharoitlarda gazdan himoya qiluvchi apparatlarda ishlashga layoqatli boʻlgan koʻmir, kon-ruda korxonalarining yetakchi kasblari malakali ishchilaridan, mutaxassislari va rahbarlaridan iborat boʻladi. Konda xatardan qutqaruvchilarni professional tanlash talablari va ularni har yili vrachlarning tekshiruvidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oddiy jangchilar va komandirlar tarkibining konda xatardan saqlovchi boʻlinmalarda xizmatni oʻtashlari tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tasdiqlanadigan konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarda xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murakkab avariyalarni bartaraf etilishida vujudga keladigan alohida sharoitlarda, xizmat koʻrsatiladigan rayon tashqarisidagi avariyaga borishda chiqish smenasining shaxsiy tarkibi ishning (xizmatning) alohida rejimiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar shaxsiy tarkibining “Trevoga” signali boʻyicha darhol ketishga tayyorgarligi konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar boʻlinmalarida xizmatini oʻtash va maxsus tayyorgarlik Ish tartibi bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar oddiy jangchilar va komandirlar tarkibining intizomiy javobgarligi masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarning Intizomiy ustavi bilan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar boʻlinmalarida xizmat qilish toʻsatdan avariyaga uchragan kishilarni qutqarishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatarni hisobga olgan holda komandirlarning buyruqlari va farmoyishlarini, avariya-qutqarish ishlarini amalga oshirish topshiriqlarini bajarish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Avariya-qutqarish va profilaktika ishlarini tashkil etuvchi va bajaruvchi yoki shaxsiy tarkib va texnik jihozlanishning unga tayyorligini taʼminlovchi konda xatardan qutqaruvchi qismlar xodimlari harbiylashtirilgan. Harbiylashtirilgan xodimlarning mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligi normalari, maxsus ustavlar va nizomlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar jangchilari va komandirlarining kasb tayyorgarligi va mashqlari avariyalarni tugatish ishlarida konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarga yuklatilgan barcha ish turlarini tashkil etish va bajarishga ularning tayyorligini taʼminlovchi hajmlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar boʻlinmalarining shaxsiy tarkibi xizmat majburiyatlarini bajarish paytida farqlovchi belgilarga ega boʻlishlari va konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar mablagʻlari hisobidan beriladigan maxsus kiyim-bosh kiyib yurishlari kerak. Uni kiyish muddatlari va berish normalari Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar shaxsiy tarkibining taʼminoti toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarni jihozlash Tabeliga muvofiq nomenklatura va miqdorda apparatlar, asbob-uskunalar, shtatli zaxira materiallar va avtotransport bilan taʼminlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar boʻlinmalarining xatti-harakatlari, avariyalarni bartaraf etish paytida jangchilar va komandirlarning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarning konda xatardan qutqarish ishlarini tashkil etish va olib borish boʻyicha Ustavi bilan tartibga solinadi. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar xodimlari xizmat koʻrsatilayotgan korxona bilan, shuningdek, favqulodda vaziyatda xatti-harakatlarning yagona tizimi boʻyicha kishilarni qutqarish va yirik avariyalarni bartaraf etishga bevosita bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shaxtalarda konda xatardan qutqarish stansiyalari va yordamchi konda xatardan qutqarish komandalari avariya sodir boʻlgan taqdirda kishilarni qutqarish, ularga yordam berish, konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar boʻlinmalari yetib kelgunga qadar avariya va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini bajaradilar, Shaxtalarda konda xatardan qutqarish stansiyalari va yordamchi konda xatardan qutqarish komandalari toʻgʻrisidagi nizom, ularni tashkil etish va jihozlash normativlari ular qarashli boʻlgan tegishli tarmoq vazirliklari, konsernlar, idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarning shaxsiy tarkibi, bevosita konda xatardan qutqarish ishlari bilan band boʻlgan shaxtalarda konda xatardan qutqarish stansiyalari va yordamchi konda xatardan qutqarish komandalari aʼzolari tuzilgan shartnomalarga muvofiq konda xatardan qutqarish ishlari olib boriladigan joylardagi korxonalarning mablagʻlari hisobiga ovqat bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarning navbatchi smenasida boʻlgan boʻlinmaning shaxsiy tarkibi tekin ovqat bilan taʼminlanadi, Uyushtirilgan ovqat bilan taʼminlash mavjud boʻlmagan taqdirda unga konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar xodimlari halok boʻlish, mehnat qobiliyatini toʻda yoki qisman yoʻqotish, yoxud ular tomonidan lavozim majburiyatlarini bajarish paytida yuz beruvchi kasb kasalliklari hodisasi uchun majburiy shaxsiy sugʻurta qilinishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar shaxsiy jangchilari va komandirlari tarkibidagi shaxslar mehnatiga haq toʻlash, mukofotlash va kishilarni qutqarish, avariyalarni bartaraf etish paytida ularning yuksak tayyorgarligi va xatti-harakatlarining samaradorligini ragʻbatlantirish, shuningdek, pul mukofoti, imtiyoz va tovonlar berish xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarning tegishli toifadagi ishchilari, mutaxassislari va rahbarlari uchun belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. Konda xatardan qutqaruvchi harbiy qismlar shaxsiy tarkibining pul taʼminoti toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(22-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarni mablagʻ bilan taʼminlash, koʻmir, ruda qazib olish va ularni qayta ishlash tannarxi hamda foydali qazilma boyliklarni qidirish xarajatlari smetasi, xizmat koʻrsatilayotgan korxonalar qurilishi va rekonstruksiyasi xarajatlari hisobidan, shuningdek, xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobidan amalga oshiriladi. Mablagʻ bilan taʼminlash tartibi va normativlari xizmat koʻrsatilayotgan korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Konda xatardan qutqaruvchi boʻlinmalarning harbiylashtirilgan xodimlarini ijtimoiy himoya qilishning samaradorligini oshirish, ularning mehnatga layoqatsiz kunlari va sanatoriy-kurortda davolanishiga haq toʻlash, boshqa toʻlovlarga kiruvchi hamda isteʼmolga yoʻnaltiriluvchi mablagʻlar tarkibiga kirmovchi boshqa ijtimoiy toʻlovlar maqsadida konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlarning davlat taʼminoti maxsus fondi tashkil etiladi. Qayd etib oʻtilgan fond Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda miqdorlarda ish haqiga qoʻshib hisoblanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Konda xatardan qutqaruvchi qismlarning harbiylashtirilgan xodimlariga va ularning oila aʼzolariga kvartira haqlari va kommunal xizmatlar qiymati konda xatardan qutqaruv harbiylashtirilgan qismlar mablagʻlari hisobidan davlat baholari boʻyicha toʻlanadi.