01.03.1993 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi shuni qayd qiladiki, davlat uy-jon fondini xususiylashtirish masalalari boʻyicha respublikada, shu jumladan, Toshkent shahrida olib borilayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu davr ichida Toshkent shahri aholisidan kvartiralarni xususiylashtirish toʻgʻrisida 252,1 mingta ariza tushdi, bu mahalliy Kengashlar uylaridagi kvartiralar umumiy sonining 99 foizini tashkil etadi. 218 ming kvartira fuqarolarga shaxsiy mulk qilib berildi, ulardan 92,9 mingtasi tekin berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha Toshkent shahridagi ijobiy tajribani hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish masalalari shu yil 13-fevralda viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar va idoralarning vakillari kengashida koʻrib chiqilganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha Toshkent shahri tajribasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, uy-joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq 1993-yilda xususiylashtirilgan kvartiralarga ega boʻlgan mahalliy Kengashlar uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini va uy atrofini saqlash uchun yetishmayotgan mablagʻlarini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish uchun masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha aniq tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqsin, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun darhol chora-tadbirlar koʻrsin hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilayotgan va davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslarni qattiq javobgarlikka tortsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xususiylashtirilayotgan uy-joyni sotib olish uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ikki hafta muddat ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylarning oʻrniga olingan davlat kvartiralari shaxsiy mulk huquqi bilan fuqarolarga tekinga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulugʻ Vatan urushi mehnat frontida qatnashganlarga, fashistlar konslagerlarining sobiq mahbuslariga, Leningrad shahrida qamalda boʻlganlarga uy-joyni tekin xususiylashtirish boʻyicha imtiyozlar berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-maydagi 241-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1989–1991-yillarda buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralari (alohida uylar, kottejlar) olgan yoki oladigan fuqarolarga, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, uy-joylarni xususiylashtirishda imtiyozli huquq (1991-yildagi narxlar boʻyicha) berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” respublika Oliy Kengashining Qonuni qabul qilingunga qadar 1993-yilda xususiylashtirilgan davlat uy-joy fondini, shu jumladan, Toshkent shahrida, sotish va sotib olishni toʻxtatib turish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari ikki hafta muddat ichida uy-joylarni xususiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni tashkil etish boʻyicha viloyatlar va idoralarning tegishli boʻlinmalari rahbarlari bilan seminar-kengash oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ommaviy axborot vositalari respublikada davlat uy-joylarini xususiylashtirish qanday borayotganligini muntazam yoritib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil avgust va dekabr oylarida Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-martdagi 114-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini
xususiylashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* mahalliy Kengashlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning uy-joy fondi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish ishlarini oʻtkazishning huquqiy asoslarini, tartibi va shartlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishdan maqsad fuqarolarning shaxsiy kvartiralar va uylar (uylarning bir qismi)ni mulk qilib olish, xususiylashtirilgan uy-joydan erkin foydalanish (meros qilib qoldirish, hadya qilish, almashtirish, sotish), uy-joy sharoitlarini yaxshilash usulini tanlash huquqlarini roʻyobga chiqarish, uy-joy fondidan samarali foydalanish, uni asrash hamda uy-joy bozorini barpo qilishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish deganda, keyingi oʻrinlarda “xususiylashtirish” deb ataladi, davlat uy-joy fondiga qarashli alohida uylarni, uylarning bir qismini, kvartiralarni sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish va haq olmasdan fuqarolarga ixtiyoriy ravishda mulk qilib berish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mavjud boʻlgan va yangi qurilgan davlat uy-joy fondidagi ayrim kvartiralar va uylar (uylarning bir qismi) xususiylashtirish obyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq harbiy shaharchalardagi uylarning kvartiralari, arxitektura tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan kvartiralar va uylar, uy-muzeylar, yotoqxonalardagi xonalar, belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari (xonalari) deb hisoblangan kvartiralar, ikki yoki undan ortiq ijarachi yashayotgan kvartiralar undagi barcha yashovchilarning roziligi boʻlmagan hollarda xususiylashtirilmaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan (propiskada boʻlgan) fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning oʻzga yuridik shaxslari oʻz xodimlarini, pensionerlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun mulkdordan uy-joy sotib olishlari mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzlari egallab turgan davlat uy-joylarini sotib olishga yoki uy-joyni ijaraga olishga qurbi yetmaydigan mehnatga yaroqsiz yolgʻiz keksa fuqarolar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar huzurida uy-joydan ijara shartnomasi asosida foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ulushli mablagʻlari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirishda imtiyozlar idoralarga qarashli uy-joy fondining egalari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga mulk egasi huquqini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini oʻz ichiga oladigan uy-joyga shaxsiy egalik qilish huquqi quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralarini olgan fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan xususiylashtirgan fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga binoan xususiylashtirgan fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyini balans (qoldiq) qiymat asosida belgilangan narxlar boʻyicha, yangi qurilgan davlat uy-joy fondida haqiqatda shakllangan narxlar boʻyicha va mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda xususiylashtirgan fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik uy-joyning toʻla qiymatini toʻlash (sotib olish) huquqi bilan uy-joyni ijaraga olgan fuqarolarga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga egalik qilish, undan foydalanish huquqi fuqarolar tomonidan uy-joyning toʻla qiymati toʻlangan (sotib olingan) hamda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi olingan kundan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq arizani hokimiyatning mahalliy organida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulkka egalik qilish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasini olmasdan vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidirlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqarolarning 1992-yilgacha qurilgan uy-joyni sotib olishi kvartira (uy)ning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlash yoʻli bilan ham, shuningdek, 5 yil davomida toʻlash yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin, bunda bir yoʻla toʻlanadigan dastlabki haq (badal) kvartira qiymatining 40 foizini tashkil etadi. U xususiylashtiruvchining xohishiga koʻra yarim yilga, imtiyozga ega boʻlganlar uchun esa bir yilga taqsimlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan kvartiralarni, uylar (kottejlar)ni sotib oluvchi fuqarolarga toʻlov muddati 20 yil qilib belgilanadi, bunda bir yoʻla toʻlanadigan pay badali uy-joy qiymatining 10 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xususiylashtirilgan uy-joyning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlagan fuqarolarga 1992-yilgacha qurilgan uy-joy qiymatining 10 foizi, 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan uy-joy qiymatining 20 foizi miqdorida, kvartira haqini ikki yarim yil davomida toʻlaganlarga esa tegishli ravishda 5 va 10 foiz miqdorida chegirish belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mavjud davlat uy-joy fondini xususiylashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga ular yashayotgan va hozirgi vaqtda doimiy propiskada boʻlgan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, uy-joyning foydalanish sifatini hisobga olgan holda, qoldiq (balans) qiymati asosida belgilangan narxlar boʻyicha sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan uy-joyni fuqarolarning ayrim toifalariga bepul berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik sotib olish sharti bilan davlat uy-joyini ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yangi qurilgan, qayta qurilgan, asosli tuzatilgan va boʻshagan davlat uy-joy fondidagi uylar, kvartiralarni xususiylashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy olish uchun yashash joyida va ish joyida navbatda turgan fuqarolarga uy-joyni mulk qilib sotish;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilgan davlat uy-joy fondida 20 foizgacha hamda qayta qurilgan, asosli tuzatilgan davlat uy-joy fondida 10 foizgacha kvartira (xona)larni va uylarni (uylarning bir qismini) auksion orqali aholiga mulk qilib sotish.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Auksion orqali uy-joy sotib olish huquqi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi, bunda mazkur uy-joydan xizmat maqsadida (idoralar, ofislar va shu kabilar) hamda ishlab chiqarish binolari (sexlar, ustaxonalar va shu kabilar) maqsadida foydalanish huquqisiz ushbu uy-joyni oʻz xodimlariga berish va xususiylashtirish majburiy shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi, boshqa davlatlarning fuqarolariga, yuridik shaxslarga va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarga eski, puturi ketgan va avariya holatidagi uy-joy fondini undan ofislar, vakolatxonalar va boshqa xizmat binolari sifatida foydalanish uchun auksionlarda sotish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat uy-joylarini xususiylashtirish va oʻz mulki sifatida rasmiylashtirish huquqi fuqarolarga va yuridik shaxslarga bir marta beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan uy-joylarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Butun uyni (shu jumladan, uy atrofini ham) tuzatish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uy-joylarga yondosh yer uchastkalaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uy-joylarni xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, idoralar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda uy-joy xoʻjaligini saqlash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning qanday borayotganini nazorat qilish mazkur uy-joy fondining egasi yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-martdagi 114-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va uning mazmunini toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* mahalliy Kengashlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning uy-joy fondi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish shartlari va oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblar tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy-joy egasining huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy binolarini ijaraga berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy-joylarni saqlash va tuzatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirishning borishini nazorat qilish va mazkur qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy Kengashlarning uy-joylarini xususiylashtirishni amalga oshiruvchi organlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alohida uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirishga qaror qilgan fuqarolar belgilangan namunadagi ariza bilan yashash joyidagi hokimlikka murojaat qiladilar. U yerda ariza beruvchiga xususiylashtirish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari uchun schyot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar ariza berayotganlarida ularning yonlarida pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, fuqaroning imtiyozli xususiylashtirish huquqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uy-joyni xususiylashtirayotgan fuqarolar mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan maʼlumotlarni toʻplash va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zaruriyatidan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar ariza beruvchi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari tomonidan kvartiralar qiymatidan ortiqcha belgilanadigan tariflar doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolarning arizalarini maxsus Hisobga olish daftariga roʻyxatga olish ariza beruvchi tomonidan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni xususiylashtirishga hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida kvitansiya taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza ikki oy muddat ichida koʻrib chiqiladi va ijro etiladi. Bu muddat ichida uy-joyning tavsifi, joylashgan oʻrni; shinamligi, boshqa isteʼmol sifatlari aniqlanadi hamda qiymatini aniqlash metodikasiga muvofiq xususiylashtirilishi kerak boʻlgan uy-joyning uzil-kesil qiymati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi biror sabab bilan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni xususiylashtirishdan voz kechsa xususiylashtirish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun toʻlangan hamda maxsus xususiylashtirish schyotiga tushgan mablagʻ qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizada birgalikda yashayotgan barcha balogʻatga yetgan oila aʼzolarining roziligi mavjud boʻlgan taqdirda oilaning istalgan balogʻatga yetgan aʼzosi kvartirani ijaraga olgan asosiy shaxs oʻrniga mulkdor sifatida koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birgalikda yashayotgan balogʻatga yetgan oila aʼzolarining roziligi va texnik sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda bir kvartira har bir aniq xonaning egasi, uning hajmi va qiymati koʻrsatilgan holda ulushli mulk huquqi bilan ikki va undan koʻp balogʻatga yetgan oila aʼzolarining nomiga roʻyxatga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan koʻp boʻlgan mulkdorlar umumiy foydalaniladigan joydan birgalikda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uy-joy fondi egasi boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va korxonalarning uy-joy fondi* ularning tegishli boʻlinmalari tomonidan xususiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* keyingi oʻrinlarda “idoralarga qarashli uy-joy fondi” deb ataladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Idoralarga qarashli uy-joy fondini xususiylashtirish vakolati shartnoma asosida hokimlikning uy-joyni xususiylashtirish boʻyicha tuman organiga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarni xususiylashtiruvchi fuqarolar mazkur Qoidalarning 13-bandida bayon qilingan hollarda belgilangan tartibda ariza bilan tegishli idoraviy boʻlinmalarga yoki tuman hokimliklariga murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartira qiymatini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoldiq balans qiymat boʻyicha baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani, shu jumladan, idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yagona namunadagi shaxsiy mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan kvartira (uy, kottej)ni xususiylashtirish boʻyicha qarzdorlik muqarrar ravishda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uy-joy fondini xususiylashtirish davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar respublika aholisini uy-joylarni xususiylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi tezkor va tushunarli axborot bilan taʼminlashga hamda fuqarolarning murojaatlari boʻyicha uy-joylarni ularning mulki qilib bepul berish va ularga sotishni toʻsiqsiz amalga oshirish imkonini beruvchi chora-tadbirlar koʻrishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan uy-joy egasining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fuqarolarning alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga va xonaga mulk huquqi uy-joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va mulkka egalik huquqini beruvchi dalolatnoma olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uy-joyni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan xususiylashtiruvchi fuqarolar uchun mulk huquqi ariza hokimlik mahalliy organida roʻyxatga olingan va shaxsiy mulk huquqini beruvchi dalolatnoma olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq arizani hokimiyatning mahalliy organida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulkka egalik qilish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasini olmasdan vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidirlar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uy-joyni xususiylashtirgan fuqarolar uchun propiska qilish, kvartirani almashtirish paytida bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni normativiga oid tegishli cheklashlar olib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uyning bir qismining) egasi quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini, qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda ushbu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash, koʻchmas mulk soliqlari, sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha imtiyozlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egallab turgan uy-joy maydonidan qatʼi nazar, boshqa kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy maydonidan qatʼi nazar, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni kvartiraga, uyga (uyning bir qismiga) propiska qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
propiska va turar joyi boʻyicha hech qanday cheklashlarsiz, kvartirani, uyni boshqa har qanday kvartiraga, shu jumladan, kooperativ uy-joyga almashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatlar tashkil etish, uy-joylardan va birgalikda foydalaniladigan joylardan foydalanishni tashkil etishni, davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurish tashkilotlarini, kooperativlarni, xususiy hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ham qoʻshganda, mustaqil ravishda belgilash, uy-joyga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylarni va ular atrofidagi hududlarni saqlash boʻyicha bajariladigan ishlar sifatini baholashda bevosita yoxud shirkat tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek, alohida shaxslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash boʻyicha materiallar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy-joylardan fuqarolarni koʻchirmasdan asosli tuzatishni amalga oshirish mumkin boʻlmagan vaqt uchun mulkdorlardan yoki uy-joylardan foydalanishga vakil qilingan organlardan uy-joyni ijaraga olish.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xususiylashtirilgan kvartira egasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy binolari va uy atrofini saqlash meʼyorlari va qoidalariga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan xususiylashtiriladigan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej) uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan soliqlarni va kommunal xizmatlar uchun haqlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga qarashli uy-joyga xizmat koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha korxonalar va xususiy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga rioya qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uy-joyni qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xususiylashtiradigan fuqarolar dastlabki badal toʻlangan paytdan boshlab kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni sotib olish tamom boʻlgunga qadar almashtirish, sotish, meros, vasiyat qilib qoldirish va hadya etish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari tomonidan belgilanadigan organlardan ruxsatnoma olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan uy-joyni saqlash va undan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Butun uyga (uy atrofi ham shu jumlaga kiradi) xizmat koʻrsatish va uni tuzatish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlarni toʻlash xarajatlarning shakllangan tannarxidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xususiylashtirilgan uylardagi umumiy (birgalikda) foydalaniladigan joylarga, muhandislik asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish, shuningdek, uy atrofini saqlash kvartira (uy)ni mulk qilib olgan fuqarolarning mablagʻi hisobiga, ular bu uyda egallab turgan umumiy maydonga mutanosib ravishda, mazkur qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Har bir muayyan holatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarida sanab oʻtilmagan, aholining ijtimoiy kam taʼminlangan guruhiga kiruvchi shaxslar uchun imtiyozlar belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xususiylashtirilgan kvartiralar egalari shirkatining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xususiylashtirilgan turar joylarga, uy atrofiga xizmat koʻrsatish va tuzatish, yordamchi binolarni saqlash uchun haq toʻlash miqdori davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurilish tashkilotlari, kooperativlar, xususiy firmalar va shaxslar tomonidan uy egalariga koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar roʻyxatiga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ishlar va xizmatlarning roʻyxati, ularga haq toʻlash tartibi va shartlari xususiylashtirilgan uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish uchun tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xususiylashtirilgan kvartiralarni qayta qurish va qayta rejalashtirish davlat uy-joy fondidan foydalanish texnik meʼyorlari va qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xususiylashtirilgan uy-joydan toʻgʻri foydalanish va uni oʻz vaqtida tuzatish ustidan nazorat qilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari, shuningdek, uy-joy-kommunal xoʻjaligi idoralari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. “Ijara toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijaraga beruvchi uy-joylar, kvartiralarni yashash uchun foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ijaraga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tomonlarning kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat uy-joyini ijaraga olish shartnomasini bajarish va toʻxtatib qoʻyish paytida paydo boʻladigan nizolar sud orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirishning qanday borayotganligini nazorat qilish va qoidalarni buzishlarning oldini olish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Uy-joy fondini xususiylashtirish qanday borayotganligini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari huzurida tashkil etilgan muvofiqlashtirish kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.