Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasi shuni qayd qiladiki, davlat uy-jon fondini xususiylashtirish masalalari boʻyicha respublikada, shu jumladan, Toshkent shahrida olib borilayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda.
Ana shu davr ichida Toshkent shahri aholisidan kvartiralarni xususiylashtirish toʻgʻrisida 252,1 mingta ariza tushdi, bu mahalliy Kengashlar uylaridagi kvartiralar umumiy sonining 99 foizini tashkil etadi. 218 ming kvartira fuqarolarga shaxsiy mulk qilib berildi, ulardan 92,9 mingtasi tekin berildi.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha Toshkent shahridagi ijobiy tajribani hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish masalalari shu yil 13-fevralda viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar va idoralarning vakillari kengashida koʻrib chiqilganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha Toshkent shahri tajribasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq 1993-yilda xususiylashtirilgan kvartiralarga ega boʻlgan mahalliy Kengashlar uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini va uy atrofini saqlash uchun yetishmayotgan mablagʻlarini nazarda tutsinlar.
5. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish uchun masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha aniq tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqsin, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun darhol chora-tadbirlar koʻrsin hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilayotgan va davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslarni qattiq javobgarlikka tortsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xususiylashtirilayotgan uy-joyni sotib olish uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ikki hafta muddat ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylarning oʻrniga olingan davlat kvartiralari shaxsiy mulk huquqi bilan fuqarolarga tekinga berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1989–1991-yillarda buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralari (alohida uylar, kottejlar) olgan yoki oladigan fuqarolarga, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, uy-joylarni xususiylashtirishda imtiyozli huquq (1991-yildagi narxlar boʻyicha) berilsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” respublika Oliy Kengashining Qonuni qabul qilingunga qadar 1993-yilda xususiylashtirilgan davlat uy-joy fondini, shu jumladan, Toshkent shahrida, sotish va sotib olishni toʻxtatib turish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-avgustdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgarishlar kiritilsin:
a) 8-bandda “uy-joyning toʻla qiymati toʻlangan (sotib olingan)” soʻzlaridan keyin “va mulkka egalik huquqini beruvchi dalolatnoma olingan” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 9-bandda “1992-yil oxiriga qadar” soʻzlari “1993-yil 1-aprelgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin, soʻngra matn boʻyicha;
v) 19-banddagi uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Toshkent shahar hokimligi xususiylashtirilgan uy-joylarning shaxsiy mulk ekanligini tasdiqlovchi dalolatnomalar berishni ikki oy muddat ichida tugallasin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari ikki hafta muddat ichida uy-joylarni xususiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni tashkil etish boʻyicha viloyatlar va idoralarning tegishli boʻlinmalari rahbarlari bilan seminar-kengash oʻtkazsinlar.
12. Ommaviy axborot vositalari respublikada davlat uy-joylarini xususiylashtirish qanday borayotganligini muntazam yoritib borsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil avgust va dekabr oylarida Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 1-mart,
114-son
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini
xususiylashtirish toʻgʻrisida
xususiylashtirish toʻgʻrisida
NIZOM
* mahalliy Kengashlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning uy-joy fondi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish ishlarini oʻtkazishning huquqiy asoslarini, tartibi va shartlarini belgilab beradi.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishdan maqsad fuqarolarning shaxsiy kvartiralar va uylar (uylarning bir qismi)ni mulk qilib olish, xususiylashtirilgan uy-joydan erkin foydalanish (meros qilib qoldirish, hadya qilish, almashtirish, sotish), uy-joy sharoitlarini yaxshilash usulini tanlash huquqlarini roʻyobga chiqarish, uy-joy fondidan samarali foydalanish, uni asrash hamda uy-joy bozorini barpo qilishdir.
Umumiy qoidalar
1. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish deganda, keyingi oʻrinlarda “xususiylashtirish” deb ataladi, davlat uy-joy fondiga qarashli alohida uylarni, uylarning bir qismini, kvartiralarni sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish va haq olmasdan fuqarolarga ixtiyoriy ravishda mulk qilib berish tushuniladi.
2. Mavjud boʻlgan va yangi qurilgan davlat uy-joy fondidagi ayrim kvartiralar va uylar (uylarning bir qismi) xususiylashtirish obyektlari hisoblanadi.
Yopiq harbiy shaharchalardagi uylarning kvartiralari, tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan kvartiralar va uylar, uy-muzeylar, yotoqxonalardagi xonalar, sovxozlar va boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalarining uy-joy fondidan tashqari, belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari (xonalari) deb hisoblangan kvartiralar, ikki yoki undan ortiq ijarachi yashayotgan kvartiralar undagi barcha yashovchilarning roziligi boʻlmagan hollarda xususiylashtirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat uy-joy fondidagi kvartira va uylarda doimiy propiska qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xususiylashtirish subyekti hisoblanadilar. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, konsernlari, uyushmalari, ittifoqlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik shaxslar va boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham xususiylashtirish subyektlari boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzlari egallab turgan davlat uy-joylarini sotib olishga yoki uy-joyni ijaraga olishga qurbi yetmaydigan mehnatga yaroqsiz yolgʻiz keksa fuqarolar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar huzurida uy-joydan ijara shartnomasi asosida foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
6. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ulushli mablagʻlari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirishda imtiyozlar idoralarga qarashli uy-joy fondining egalari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Uy-joyga mulk egasi huquqini belgilash tartibi
7. Egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini oʻz ichiga oladigan uy-joyga shaxsiy egalik qilish huquqi quyidagilarga beriladi:
pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralarini olgan fuqarolarga;
uy-joyini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan xususiylashtirgan fuqarolarga;
uy-joyini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga binoan xususiylashtirgan fuqarolarga;
uy-joyini balans (qoldiq) qiymat asosida belgilangan narxlar boʻyicha, yangi qurilgan davlat uy-joy fondida haqiqatda shakllangan narxlar boʻyicha va mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda xususiylashtirgan fuqarolarga;
keyinchalik uy-joyning toʻla qiymatini toʻlash (sotib olish) huquqi bilan uy-joyni ijaraga olgan fuqarolarga.
8. Alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga egalik qilish, undan foydalanish huquqi fuqarolar tomonidan uy-joyning toʻla qiymati toʻlangan (sotib olingan) hamda shaxsiy mulk huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi olingan kundan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish tartibi
9. Fuqarolarga xususiylashtiriladigan uy-joyga egalik qilish shaklini erkin tanlash huquqi 1993-yil 1-iyulga qadar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qandaydir sabablarga koʻra 1993-yil 1-iyulga qadar uy-joyni xususiylashtirishga qaror qilmagan fuqarolar keyinchalik, xususiylashtirish payti kelib qaror topgan narxlarni hisobga olgan holda, uy-joyni xususiylashtirish huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Fuqarolarning 1992-yilgacha qurilgan uy-joyni sotib olishi kvartira (uy)ning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlash yoʻli bilan ham, shuningdek, 5 yil davomida toʻlash yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin, bunda bir yoʻla toʻlanadigan dastlabki haq (badal) kvartira qiymatining 40 foizini tashkil etadi. U xususiylashtiruvchining xohishiga koʻra yarim yilga, imtiyozga ega boʻlganlar uchun esa bir yilga taqsimlanishi mumkin.
12. 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan kvartiralarni, uylar (kottejlar)ni sotib oluvchi fuqarolarga toʻlov muddati 20 yil qilib belgilanadi, bunda bir yoʻla toʻlanadigan pay badali uy-joy qiymatining 10 foizini tashkil etadi.
13. Xususiylashtirilgan uy-joyning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlagan fuqarolarga 1992-yilgacha qurilgan uy-joy qiymatining 10 foizi, 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan uy-joy qiymatining 20 foizi miqdorida, kvartira haqini ikki yarim yil davomida toʻlaganlarga esa tegishli ravishda 5 va 10 foiz miqdorida chegirish belgilanadi.
14. Mavjud davlat uy-joy fondini xususiylashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
fuqarolarga ular yashayotgan va hozirgi vaqtda doimiy propiskada boʻlgan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, uy-joyning foydalanish sifatini hisobga olgan holda, qoldiq (balans) qiymati asosida belgilangan narxlar boʻyicha sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan uy-joyni fuqarolarning ayrim toifalariga bepul berish;
keyinchalik sotib olish sharti bilan davlat uy-joyini ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
15. Yangi qurilgan, qayta qurilgan, asosli tuzatilgan va boʻshagan davlat uy-joy fondidagi uylar, kvartiralarni xususiylashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
uy-joy olish uchun yashash joyida va ish joyida navbatda turgan fuqarolarga uy-joyni shaxsiy mulk qilib sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
yangi qurilgan davlat uy-joy fondida 20 foizgacha hamda qayta qurilgan, asosli tuzatilgan davlat uy-joy fondida 10 foizgacha kvartira (xona)larni va uylarni (uylarning bir qismini) auksion orqali aholiga shaxsiy mulk qilib sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Auksion orqali uy-joy sotib olish huquqi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi, bunda mazkur uy-joydan xizmat maqsadida (idoralar, ofislar va shu kabilar) hamda ishlab chiqarish binolari (sexlar, ustaxonalar va shu kabilar) maqsadida foydalanish huquqisiz ushbu uy-joyni oʻz xodimlariga berish va xususiylashtirish majburiy shartdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi, boshqa davlatlarning fuqarolariga, yuridik shaxslarga va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarga eski, puturi ketgan va avariya holatidagi uy-joy fondini undan ofislar, vakolatxonalar va boshqa xizmat binolari sifatida foydalanish uchun auksionlarda sotish huquqiga ega boʻladilar.
17. Davlat uy-joylarini xususiylashtirish va oʻz mulki sifatida rasmiylashtirish huquqi fuqarolarga va yuridik shaxslarga bir marta beriladi.
Xususiylashtirilgan uy-joylarni saqlash
18. Butun uyni (shu jumladan, uy atrofini ham) tuzatish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19. Uy-joyni 1993-yil 1-iyulga qadar xususiylashtirgan fuqarolar 2 yil davomida imorat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadilar, yakka tartibdagi uy-joy fondi uchun nazarda tutilgan tartibda koʻchmas mol-mulkni majburiy sugʻurta qiladilar.
Koʻchmas mol-mulkni sugʻurta qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Majburiy davlat sugʻurtasi haqida” 1982-yil 5-apreldagi 242-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Xususiylashtirilgan uy-joy egalariga yondosh tomorqa uchastkalari yerlaridan, kichik bogʻchadan “Yer toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarining hokimliklari tomonidan belgilanadigan shartlar va tartib asosida foydalanish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Uy-joylarni xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, idoralar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda uy-joy xoʻjaligini saqlash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
23. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning qanday borayotganligini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari huzurida tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi kengashlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish
QOIDALARI
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va uning mazmunini toʻldiradi.
* mahalliy Kengashlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning uy-joy fondi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Qoidalar bilan:
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish shartlari va oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblar tartibi;
xususiylashtirilgan uy-joy egasining huquq va majburiyatlari;
turar joy binolarini ijaraga berish tartibi;
xususiylashtirilgan uy-joylarni saqlash va tuzatish tartibi;
xususiylashtirishning borishini nazorat qilish va mazkur qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
3. Mahalliy Kengashlarning uy-joylarini xususiylashtirishni amalga oshiruvchi organlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish tartibi
4. Alohida uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirishga qaror qilgan fuqarolar belgilangan namunadagi ariza bilan yashash joyidagi hokimlikka murojaat qiladilar. U yerda ariza beruvchiga xususiylashtirish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari uchun schyot beriladi.
Fuqarolar ariza berayotganlarida ularning yonlarida pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, fuqaroning imtiyozli xususiylashtirish huquqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma boʻlishi kerak.
5. Uy-joyni xususiylashtirayotgan fuqarolar mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan maʼlumotlarni toʻplash va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zaruriyatidan ozod qilinadilar.
6. Zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar ariza beruvchi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari tomonidan kvartiralar qiymatidan ortiqcha belgilanadigan tariflar doirasida belgilanadi.
7. Fuqarolarning arizalarini maxsus Hisobga olish daftariga roʻyxatga olish ariza beruvchi tomonidan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni xususiylashtirishga hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida kvitansiya taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.
8. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza ikki oy muddat ichida koʻrib chiqiladi va ijro etiladi. Bu muddat ichida uy-joyning tavsifi, joylashgan oʻrni; shinamligi, boshqa isteʼmol sifatlari aniqlanadi hamda qiymatini aniqlash metodikasiga muvofiq xususiylashtirilishi kerak boʻlgan uy-joyning uzil-kesil qiymati belgilanadi.
9. Ariza beruvchi biror sabab bilan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni xususiylashtirishdan voz kechsa xususiylashtirish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun toʻlangan hamda maxsus xususiylashtirish schyotiga tushgan mablagʻ qaytarilmaydi.
10. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizada birgalikda yashayotgan barcha balogʻatga yetgan oila aʼzolarining roziligi mavjud boʻlgan taqdirda oilaning istalgan balogʻatga yetgan aʼzosi kvartirani ijaraga olgan asosiy shaxs oʻrniga mulkdor sifatida koʻrsatilishi mumkin.
11. Birgalikda yashayotgan balogʻatga yetgan oila aʼzolarining roziligi va texnik sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda bir kvartira har bir aniq xonaning egasi, uning hajmi va qiymati koʻrsatilgan holda ulushli mulk huquqi bilan ikki va undan koʻp balogʻatga yetgan oila aʼzolarining nomiga roʻyxatga olinishi mumkin.
Ikki va undan koʻp boʻlgan mulkdorlar umumiy foydalaniladigan joydan birgalikda foydalaniladi.
12. Uy-joy fondi egasi boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va korxonalarning uy-joy fondi* ularning tegishli boʻlinmalari tomonidan xususiylashtiriladi.
* keyingi oʻrinlarda “idoralarga qarashli uy-joy fondi” deb ataladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Idoralarga qarashli uy-joy fondini xususiylashtirish vakolati shartnoma asosida hokimlikning uy-joyni xususiylashtirish boʻyicha tuman organiga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarni xususiylashtiruvchi fuqarolar mazkur Qoidalarning 13-bandida bayon qilingan hollarda belgilangan tartibda ariza bilan tegishli idoraviy boʻlinmalarga yoki tuman hokimliklariga murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartira qiymatini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tasdiqlagan yagona metodika boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani, shu jumladan, idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yagona namunadagi shaxsiy mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan kvartira (uy, kottej)ni xususiylashtirish boʻyicha qarzdorlik muqarrar ravishda undirib olinadi.
18. Uy-joy fondini xususiylashtirish davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar respublika aholisini uy-joylarni xususiylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi tezkor va tushunarli axborot bilan taʼminlashga hamda fuqarolarning murojaatlari boʻyicha uy-joylarni ularning mulki qilib bepul berish va ularga sotishni toʻsiqsiz amalga oshirish imkonini beruvchi chora-tadbirlar koʻrishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirilgan uy-joy egasining huquq va majburiyatlari
19. Fuqarolarning alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga va xonaga mulk huquqi uy-joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va mulkka egalik huquqini beruvchi dalolatnoma olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Uy-joyni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan xususiylashtiruvchi fuqarolar uchun mulk huquqi ariza hokimlik mahalliy organida roʻyxatga olingan va shaxsiy mulk huquqini beruvchi dalolatnoma olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Uy-joyni xususiylashtirgan fuqarolar uchun propiska qilish, kvartirani almashtirish paytida bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni normativiga oid tegishli cheklashlar olib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Xususiylashtirilgan kvartiraning, uy (uyning bir qismi, kottej)ning mulk egasi quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
uy-joyni yaqin qarindosh boʻlgan shaxslarga: turmush oʻrtogʻiga, bolalariga, mulk egasining va uning turmush oʻrtogʻining ota-onalariga, bobolariga, buvilariga, nabiralariga, tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillariga meros, vasiyat qilib qoldirish va hadya etish;
oʻz uy-joyini belgilangan tartibda ijaraga berish;
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda koʻchmas mulk soliq toʻlashda, sugʻurta qilishda, kommunal xizmatlar haqini toʻlashda imtiyozlarga ega boʻlish;
egallab turgan uy-joy maydonining hajmidan qatʼi nazar, boshqa kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni sotib olish;
uy-joy maydonidan qatʼi nazar, oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ga propiska qilish;
kvartirani, uyni istalgan boshqa (davlat, xususiy) kvartira yoki uy-joyga, shu jumladan, kooperativ uyga, propiska qilishda hech bir cheklashlarsiz, almashtirish;
shirkatlar tashkil etish hamda oʻz imkoniyatiga va boshqa mulohazalariga koʻra uy-joylardan va birgalikda foydalanadigan joylardan foydalanish tashkilotini, davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurilish tashkilotlarini, kooperativlar, xoʻjalik yuritishning xususiy va boshqa subyektlarini ham qoʻshganda, tashkil etish;
uylarni va uy atrofini saqlash boʻyicha bajariladigan ishlarning sifatiga baho berishda bevosita yoki shirkatlar tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi va yoki sifatsiz bajarilganligi uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda xususiy shaxslarga nisbatan jazo choralari qoʻllash uchun belgilangan tartibda tegishli organlarga materiallar taqdim etish;
oʻz shaxsiy uy-joyini unda yashovchi fuqarolarni koʻchirmasdan turib tuzatish mumkin boʻlmagan holda asosli tuzatish vaqtida mahalliy Kengash, idora yoki jamoat tashkilotidan uy-joy ijaraga olish.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Xususiylashtirilgan kvartiralarni sotish vaqtincha toʻxtatiladi, uning tartibi respublika Oliy Kengashi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Qonun qabul qilingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Xususiylashtirilgan kvartira egasi:
turar joy binolari va uy atrofini saqlash meʼyorlari va qoidalariga rioya qilishga;
qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan xususiylashtiriladigan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej) uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
belgilangan soliqlarni va kommunal xizmatlar uchun haqlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
oʻziga qarashli uy-joyga xizmat koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha korxonalar va xususiy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga rioya qilishga majburdir.
25. Uy-joyni qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xususiylashtiradigan fuqarolar dastlabki badal toʻlangan paytdan boshlab kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni sotib olish tamom boʻlgunga qadar almashtirish, sotish, meros, vasiyat qilib qoldirish va hadya etish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari tomonidan belgilanadigan organlardan ruxsatnoma olishlari kerak.
Xususiylashtirilgan uy-joyni saqlash va undan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi
26. Butun uyga (uy atrofi ham shu jumlaga kiradi) xizmat koʻrsatish va uni tuzatish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlarni toʻlash xarajatlarning shakllangan tannarxidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
27. Xususiylashtirilgan uylardagi umumiy (birgalikda) foydalaniladigan joylarga, muhandislik asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish, shuningdek, uy atrofini saqlash kvartira (uy)ni mulk qilib olgan fuqarolarning mablagʻi hisobiga, ular bu uyda egallab turgan umumiy maydonga mutanosib ravishda, mazkur qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
28. Har bir muayyan holatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarida sanab oʻtilmagan, aholining ijtimoiy kam taʼminlangan guruhiga kiruvchi shaxslar uchun imtiyozlar belgilashlari mumkin.
29. Xususiylashtirilgan kvartiralar egalari shirkatining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
30. Xususiylashtirilgan turar joylarga, uy atrofiga xizmat koʻrsatish va tuzatish, yordamchi binolarni saqlash uchun haq toʻlash miqdori davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurilish tashkilotlari, kooperativlar, xususiy firmalar va shaxslar tomonidan uy egalariga koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar roʻyxatiga bogʻliq boʻladi.
Bunday ishlar va xizmatlarning roʻyxati, ularga haq toʻlash tartibi va shartlari xususiylashtirilgan uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish uchun tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
31. Xususiylashtirilgan kvartiralarni qayta qurish va qayta rejalashtirish davlat uy-joy fondidan foydalanish texnik meʼyorlari va qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
32. Xususiylashtirilgan uy-joydan toʻgʻri foydalanish va uni oʻz vaqtida tuzatish ustidan nazorat qilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari, shuningdek, uy-joy-kommunal xoʻjaligi idoralari amalga oshiradi.
Uy-joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish tartibi
33. “Ijara toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijaraga beruvchi uy-joylar, kvartiralarni yashash uchun foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ijaraga berishga haqlidir.
Ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.
Uy-joyni ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tomonlarning kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladi.
34. Davlat uy-joyini ijaraga olish shartnomasini bajarish va toʻxtatib qoʻyish paytida paydo boʻladigan nizolar sud orqali hal etiladi.
Xususiylashtirishning qanday borayotganligini nazorat qilish va qoidalarni buzishlarning oldini olish chora-tadbirlari
35. Uy-joy fondini xususiylashtirish qanday borayotganligini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari huzurida tashkil etilgan muvofiqlashtirish kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
36. Mazkur qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.