Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2790-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 21-apreldagi 4, 7-qq, 25-son qarori (roʻyxat raqami 2790, 2016-yil 24-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 244-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-avgust,
5-q/q-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-avgust,
20-2022Q/Q-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-avgust,
42-son
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 5-q/q-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 10-avgustdagi 20-2022Q/Q-son va Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 42-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Izohning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi (QXOOTIIChM)” degan soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (QXBIMM)” degan soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” va “ilmiy-texnika loyihalarini” degan soʻzlar tegishli ravishda “davlat ilmiy dasturlarini” va “ilmiy loyihalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasida ilmiy loyihalarini bajarishda ishtirok etadigan, mehnatga haq toʻlash razryadlari jadvalining 1 — 4 va 11 — 14-bandlarida koʻzda tutilgan rahbar va ilmiy xodimlar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.”;
v) 8-bandning jadvalidagi “QXOOTIIChM muassasalari” degan soʻzlar “QXBIMM muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/2790-2/0819-son)