06.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3384
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 6-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3384]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/3-son “Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3262, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3262/1091-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14/6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 13-iyul

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 18-iyuldagi 14/6-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatlar — kredit tashkiloti tomonidan qonunchilikda ruxsat etilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish orqali isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar — kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlaridan foydalanish istagida kredit tashkilotiga murojaat qilgan, ushbu xizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy va yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit — kredit tashkiloti tomonidan berilayotgan kredit, mikroqarz yoki mikrokreditlar va lizinglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat — isteʼmolchi (yoki uning vakili) tomonidan kredit tashkilotlarining moliyaviy xizmatlaridan foydalanishda buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy xizmat koʻrsatish tizimi — moliyaviy xizmatlardan elektron shaklda foydalanish uchun isteʼmolchi va kredit tashkiloti oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy taʼminot va uskunalar majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Isteʼmolchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmat toʻgʻrisida, shuningdek ushbu xizmatni koʻrsatuvchi tashkilot haqida toʻgʻri va toʻliq axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatni erkin tanlash, shuningdek yashash joyidan qatʼi nazar, oʻzi tanlagan kredit tashkilotiga kredit olish uchun murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatning xavfsiz boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamchiliklari boʻlgan xizmat, shuningdek mazkur xizmatni koʻrsatuvchi tashkilotning gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrni toʻliq hajmda qoplanishi, maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchi kredit tashkiloti tomonidan oʻziga jarima solinmagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning foydalanilmagan summasidan mazkur kreditni bergan (beradigan) tashkilotni kredit berish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor qilish orqali voz kechishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan kredit summasini muddatidan ilgari qaytarishga yoki lizing obyektining qiymatini muddatidan ilgari toʻlashga, shuningdek ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni (lizing beruvchining foizli daromadini) toʻlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kredit berish shartlari, uning miqdori, muddatlari, uni toʻlash va uning toʻliq qiymatini hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi hamda kredit tashkilotining rasmiy veb-saytiga (mavjud boʻlganda) joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq axborot koʻrsatilayotgan xizmatlar shartlaridan va ularga oid maʼlumotlardan farq qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish joylarida (kredit berish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish joylarida, axborot stendlarida), shu jumladan oʻz rasmiy veb-saytida (mavjud boʻlganda) kredit berish, undan foydalanish va uni qaytarish shartlari toʻgʻrisidagi quyidagi axborot joylashtirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit beruvchi tashkilotning nomi, uning joylashgan eri, aloqa telefonlari, rasmiy veb-sayti (mavjud boʻlganda), mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga yoki lombardlar reyestriga oʻzi haqidagi maʼlumotlar kiritilganligi toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish uchun qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va kredit berish toʻgʻrisida yoki kredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning summalari va uni qaytarish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz stavkalari yillik foizlarda, oʻzgaruvchan foiz stavkalari qoʻllanilganda esa ularni aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit berish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblash boshlanadigan sana yoki uni aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit berish, shu jumladan masofaviy xizmatlar koʻrsatish tizimlari orqali kredit berish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi kredit olishni rad etishga haqli boʻlgan muddatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining kreditni qaytarish, kredit boʻyicha foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash chogʻidagi toʻlovlarining davriyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining kredit berish toʻgʻrisidagi shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi, neustoyka (jarima, penya) miqdorlari, uni aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulyarlar yoki kredit berish toʻgʻrisidagi shartnomaning umumiy shartlari belgilangan boshqa standart shakllar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan axborot isteʼmolchining eʼtiboriga bepul yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat sirini oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit tashkiloti tomonidan isteʼmolchilarga kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat tilida yetkazilishi lozim. Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari kredit tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta shartnomasi asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning matni isteʼmolchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma ravishda rasmiylashtiriladigan shartnoma matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda 12 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning matni davlat tilida tuziladi. Isteʼmolchi va kredit tashkilotining oʻzaro kelishuviga muvofiq shartnoma matni qoʻshimcha ravishda boshqa tilda ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Isteʼmolchi kredit tashkilotining moliyaviy xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomasini (kredit, mikrokredit, mikroqarz va boshqalar boʻyicha) imzo qoʻymasdan oldin tanishib chiqishi uchun oʻzi bilan olib ketishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti isteʼmolchini shartnomaga imzo qoʻymasdan oldin tanishib chiqishi uchun oʻzi bilan olib ketishga haqli ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliyaviy xizmatlar masofaviy xizmat koʻrsatish tizimi orqali koʻrsatilganda, kredit tashkiloti shartnoma tuzilishidan oldin isteʼmolchiga mazkur tizim orqali shartnoma shartlari bilan tanishib chiqish va undan nusxa olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliyaviy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma masofaviy xizmat koʻrsatish tizimi orqali tuzilganda, kredit tashkiloti isteʼmolchiga mazkur tizim orqali shartnomadan istalgan vaqtda foydalanish va nusxa olish imkoniyatini yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kredit tashkiloti isteʼmolchilarga maʼlumot berish uchun moliyaviy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish chogʻida ular bilan bogʻlanish aloqa vositalarini kelishib olishi va ushbu aloqa vositalari orqali bogʻlanish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kredit tashkiloti moliyaviy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda imzolangan kunda isteʼmolchiga yoki uning vakiliga shartnomaning bitta asl nusxasini taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit tashkiloti qarz oluvchining va (yoki) garovga qoʻyuvchining sugʻurta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kredit tashkiloti tomonidan toʻlov shakliga qarab (naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar) moliyaviy xizmatlar uchun har xil narxlar (tariflar) belgilash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kredit tashkiloti oʻz kassasida terminal orqali toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha xizmat koʻrsatganda bank kartasini taqdim etuvchiga (bank karta egasi yoki kartani ishlatish vakolati berilgan shaxs) ushbu kartaning “PIN-kod”ini mustaqil kiritishga imkoniyat yaratib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Isteʼmolchilarga nisbatan kredit tashkiloti tomonidan moliyaviy xizmatlar uchun toʻlovlarni faqat oʻzlarining kassalari orqali va (yoki) naqd pul shaklida toʻlash lozimligi boʻyicha talab belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit tashkiloti faoliyatida insofsiz xizmat koʻrsatish amaliyotlarining qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchining boshqa kredit tashkiloti bilan shartnoma tuzishiga toʻsqinlik qilish maqsadida kredit tashkiloti tomonidan kredit byurosiga va (yoki) boshqa tashkilotlarga notoʻgʻri axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi uchun maqbul shartlarda rasmiylashtirilgan boshlangʻich qarzni qaytarish maqsadida uni boshqa kredit shartnomasini tuzishga ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning qarzi miqdorini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirganligi uchun kredit tashkiloti xodimlarini mukofotlash va ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kredit tashkilotining dasturiy taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar isteʼmolchilarning majburiyatlari ortishiga va ularning qonuniy manfaatlariga zarar yetishiga olib kelmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kredit tashkiloti moliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun moʻljallangan joyida nogironligi boʻlgan hamda imkoniyati cheklangan isteʼmolchilar bilan ham shartnomalarni tuzish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mikromoliya tashkiloti tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda aniq tartib va qoʻllanmalar koʻrsatilgan, shu jumladan mijozlar bilan muloqotga kirishish, ehtiyojlarini aniqlash, moliyaviy xizmatni taqdim etish, taklif shakllantirish, eʼtirozlar bilan ishlash va muloqotni yakunlash jarayonida mikromoliya tashkiloti xodimlarining xulq-atvori va kasbiy odob-axloq qoidalarini nazarda tutuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish standartlari joriy etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kredit tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar bilan bevosita ishlovchi kredit tashkiloti xodimlari (bundan buyon matnda maʼmuriyat xodimlari deb yuritiladi) isteʼmolchilar koʻra oladigan, maʼmuriyat xodimining familiyasi, ismi va lavozimi qayd etilgan vizual identifikatsiya vositalariga ega boʻlishlarini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriyat xodimlariga mazkur Nizomning 3-bandida qayd etilgan axborotlarni olish, oʻrganish va yangilash imkoniyatini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriyat xodimlari isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmini soda shaklda taqdim eta olishini taʼminlashi, shuningdek isteʼmolchining bunday axborot qayd etilgan kredit tashkiloti hujjatlari bilan tanishishi uchun imkon yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Isteʼmolchida moliyaviy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha taraflarning oʻzaro munosabatlari yuzasidan savollar yuzaga kelganda, kredit tashkiloti isteʼmolchiga Ushbu savollarning mohiyati boʻyicha asosli javob va boshqa tegishli tushuntirishlar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kredit tashkiloti isteʼmolchilarga qarz toʻlashdan boʻyin tovlash va (yoki) uni toʻlamaganlik uchun javobgarlikdan qochishning usul va yoʻllari, shuningdek boshqa shunga oʻxshash masalalar yuzasidan (shu jumladan, boshqa kredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha ham) maslahat berish bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kredit tashkilotining isteʼmolchi bilan kredit munosabatlarini tashkil etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kredit tashkiloti kredit shartnomasi tuzilgunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchiga mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan talablarni hisobga olgan holda koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi ishonchli axborotning toʻliq oshkor qilinishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchiga uning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek moliyaviy xizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatlarini tushuntirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchini koʻrsatiladigan xizmatlar shartlarini oʻzgartirish tartibi, shu jumladan qarzdorlikni qaytarish muddatlarini qayta koʻrib chiqish va undiruvni garov mulkiga qaratish tartib-taomili bilan tanishtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit taʼminoti sifatida kafil boʻlayotgan yoki mulkini garovga qoʻyayotgan uchinchi shaxslarga kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlar, xususan qarz oluvchi tomonidan kredit va unga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, kredit boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorliklarning qoplanishi sud tartibida uchinchi shaxsning garovdagi mol-mulkiga yoxud kafilning mol-mulkiga qaratilishini, kafilning bank hisobvaraqlaridan (bank kartalaridan) sud tartibida uning roziligisiz mablagʻlar yechib olinishi mumkinligini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti tomonidan isteʼmolchiga koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar haqida axborot berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kredit tashkiloti soʻroviga javoban isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar tuzilayotgan kredit shartnomasining shartlariga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi haqida isteʼmolchi ogohlantirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs kredit olish uchun mikromoliya tashkilotiga murojaat qilganida (mikromoliya tashkiloti binosiga tashrif buyurganda) mikromoliya tashkiloti mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot varaqasini (bundan buyon matnda axborot varaqasi deb yuritiladi) isteʼmolchi-jismoniy shaxs bilan birgalikda toʻldiradi va isteʼmolchi-jismoniy shaxsga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot varaqasi isteʼmolchi-jismoniy shaxsga bepul tarzda taqdim etiladi va kredit olish uchun buyurtmanoma hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kredit tashkiloti kredit operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida kredit mablagʻlarini berish muddati va shartlarini aniq koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida kredit mablagʻlarini berish majburiyatini bajarmaganligi yoki oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun kredit tashkiloti qarz oluvchi oldida kreditor sifatida oʻz javobgarligini aks ettirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kredit tashkiloti kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni qarz oluvchiga haqiqatda berilgan kredit asosiy summasining qoldigʻiga nisbatan kredit shartnomasida belgilangan nominal stavka boʻyicha hisoblashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kredit summasi qarz oluvchining hisobvaragʻiga yoki qarz oluvchi tomonidan koʻrsatilgan boshqa hisobvaraqqa oʻtkazilgan yoxud qarz oluvchiga naqd pul koʻrinishida berilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kredit shartnomasiga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvali kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, kredit tashkiloti va qarz oluvchi tomonidan imzolanishi, shuningdek qoida tariqasida kredit shartnomasi matnida ilovaga (kreditni qaytarish jadvaliga) havola boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kredit tashkiloti qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, ushbu kredit boʻyicha mablagʻlar berishni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish toʻxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma xabarnoma yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qarzdordan kreditning joriy toʻlovi uchun kreditni qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan koʻp mablagʻ kelib tushsa, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, kredit tashkiloti kelib tushgan mablagʻning ortiqcha qismini qarz oluvchining kreditining (qarzining) asosiy qarzini soʻndirishga yoʻnaltiradi hamda kredit (qarz) summasini qayta hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan soʻng kredit boʻyicha moliyalashtirishni boshlash muddatlari yoki shartnomada koʻzda tutilgan oʻzgaruvchan foiz stavkasi oʻzgarishi, kredit shartnomasining shartlari tomonlar oʻrtasida qayta koʻrib chiqilishi (shu jumladan, kreditning tarkibiy jihatdan oʻzgartirilishi), qarz oluvchi tomonidan kredit qisman muddatidan oldin soʻndirilishi munosabati bilan kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq kredit toʻlovlarining miqdorlari oʻzgarganda, kredit tashkiloti kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirishi va qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditni qaytarish jadvali yangidan rasmiylashtirilishi bilan undan oldin mavjud boʻlgan kreditni qaytarish jadvali oʻz kuchini yoʻqotadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kredit tashkiloti tomonidan kredit boʻyicha xizmat koʻrsatish davrida isteʼmolchining ogʻzaki yoki yozma soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlar yozma shaklda bir oyda bir marta bepul taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlash limiti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy summa boʻyicha qarz qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi toʻlovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (toʻlovlar jadvali);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni muddatidan oldin qisman yoki toʻliq soʻndirish istagi bildirilgan taqdirda toʻlash lozim boʻlgan summalar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushayotgan pul mablagʻlari kredit boʻyicha qarzni soʻndirishga yoʻnaltirilishi haqidagi axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kredit tashkiloti isteʼmolchining talabiga koʻra, quyidagi hujjatlarning kredit tashkiloti tomonidan tasdiqlangan nusxalarini bepul (bitta kredit shartnomasi boʻyicha bir marta) beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkiloti va isteʼmolchi tomonidan imzolangan kredit shartnomasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza (agar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday arizaning rasmiylashtirilishi majburiy boʻlsa yoki kredit tashkilotining ichki qoidalariga asosan kredit shartnomasini tuzish chogʻida bunday arizaning rasmiylashtirilishi shart boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat (order, toʻlov topshiriqnomasi, elektron toʻlov vositasiga pul mablagʻlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomalari boʻyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti isteʼmolchining talabiga koʻra, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ularni tayyorlash xarajatlaridan oshmaydigan haq evaziga cheklanmagan tarzda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda, kredit tashkiloti tomonidan isteʼmolchiga bu haqda asosli ravishda yozma xabar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Isteʼmolchining tegishli soʻrovi kredit tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida kredit shartnomasi, isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza va isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomalari boʻyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mikromoliya tashkiloti qarz oluvchi tomonidan shartnomaga asosan kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik summasini toʻlash majburiyati toʻliq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovda boʻlgan mol-mulkka nisbatan kredit tashkilotining huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvni garov reyestridan chiqarish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganda kredit tashkilotlarining isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kredit tashkiloti kredit boʻyicha qarzdorlikni undirishni kredit shartnomasida va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish maqsadida kredit tashkiloti qarzdorlikni soʻndirish zarurligi va kredit boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligining oqibatlari haqida tegishli tarzda qarzdorni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kredit shartnomasi boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda, muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab oʻn kun ichida isteʼmolchi bilan kredit shartnomasida kelishilgan har qanday bogʻlanish aloqa vositalari va usullaridan, shu jumladan elektron aloqa vositalaridan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullardan foydalanib, isteʼmolchiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida xabar berishi, shuningdek isteʼmolchining kredit shartnomasida koʻzda tutilgan manziliga muddati oʻtgan qarzdorlikni soʻndirishi lozimligi haqida yozma talabnoma yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kredit tashkiloti yoʻllaydigan talabnomada quyidagi axborot koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotining nomi va uni identifikatsiyalash uchun yetarli maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma rasmiylashtirilgan sanadagi isteʼmolchining kredit qarzi miqdori va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzni toʻlash usuli (usullari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi oʻz majburiyatlarini bajarishi lozim boʻlgan muddat (oʻn kundan kam boʻlmasligi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada koʻrsatilgan muddatgacha isteʼmolchi oʻz majburiyatlarini bajarmasligining oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoni sudgacha hal qilish usullari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 8:00 gacha talabnomani (xabarnomani) qoʻlga topshirishga hamda u haqida telefon vositalari orqali ogʻzaki eslatmalar qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kredit tashkiloti va isteʼmolchi taraflarning oʻzaro roziligiga koʻra, qonunchilik hujjatlarida belgilangan nizoni sudgacha hal qilish usullarini, shu jumladan, muzokaralar oʻtkazish orqali, qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Isteʼmolchi talabnomada belgilangan muddatda koʻrsatilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, kredit tashkiloti sudga daʼvo bilan murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kredit tashkilotida isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tartib boʻlishi shart. Bunda, isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kredit tashkiloti tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tashkilotining stendlarida va rasmiy veb-saytida (mavjud boʻlsa) joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Isteʼmolchining talabiga muvofiq kredit tashkiloti isteʼmolchiga shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibini tushuntirib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti shikoyatlarni oʻz vaqtida va xolisona koʻrib chiqilishini taʼminlaydi hamda uning natijalari boʻyicha shikoyat etuvchilarni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti tomonidan isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kredit tashkiloti isteʼmolchining shikoyat qilish huquqini cheklashga haqli emas. Kredit tashkiloti tomonidan shikoyatni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kredit tashkiloti oʻzining rasmiy veb-sayti (mavjud boʻlsa) orqali isteʼmolchilarning elektron shikoyatlarini qabul qilishni tashkillashtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Isteʼmolchilarning barcha yozma va elektron shikoyatlari oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Isteʼmolchilarning shikoyatlari kredit tashkilotiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Quyidagi shikoyatlar koʻrib chiqilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim shikoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan shikoyatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli shikoyatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida shikoyat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Telefon orqali shikoyat etilganda, ushbu shikoyatni keyinchalik koʻrib chiqishda foydalanish maqsadida isteʼmolchini oldindan xabardor qilgan holda suhbat maxsus (audio) texnika vositalari orqali yozib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kredit tashkiloti xodimining harakati yoki harakatsizligi ustidan kelib tushgan shikoyat, shu xodimning oʻziga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Isteʼmolchining shikoyati asosli deb topilgan hollarda, kredit tashkiloti kamchiliklarni bartaraf etish, isteʼmolchining qonuniy manfaatlari va huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralarni koʻrishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kredit tashkiloti muntazam ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning shikoyatlarini monitoring qiladi, unda qayd etilgan masalalarni hamda shikoyatlar dinamikasini tahlil etadi, umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning shikoyatlari bilan ishlashni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi va kelgusida kredit tashkiloti faoliyatida bunday kamchiliklar takrorlanmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VARAQASI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mikromoliya tashkilotining nomi, rasmiy veb-sayti (mavjud boʻlsa), telefon raqamlari

1-boʻlim. Kredit boʻyicha maʼlumotlar

1. Kreditning turi

2. Kreditning maqsadi

3. Kreditning miqdori

4. Kreditdan foydalanish muddati

5. Kreditdan foydalanish muddati davomidagi foiz stavkasi (nominal miqdorda) va ushbu foiz miqdori boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa

________________

(foiz koʻrinishida)

_________________

(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida)

6. Kreditning toʻliq foydalanish muddati davomida toʻlanadigan jami summa

____________________________________________________________________

(kreditning miqdori) + (hisoblanadigan foizlar) = (jami toʻlanadigan summa)

7. Kreditning imtiyozli davri (agar mavjud boʻlsa)

8. Toʻlovlarnin� davriyligi

(har oyda, har chorakda va h.k.)

9. Kreditni soʻndirish usuli

(annuitet usulida (teng miqdorlarda), differensial usulida)

10. Toʻlovlarning davrida bir martalik toʻlov summasi:

annuitet usulida

_____________________

differensial usulida

_____________________

(oraliq toʻlovlaridan eng koʻp miqdordagi toʻlov)

11. Kreditni ajratish shakli

(mahsulot/xizmat taʼminotchisi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish, naqd pul, bank kartasiga oʻtkazish, va h.k.)

12. Kredit bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, jumladan (agar bunday xarajatlar mavjud boʻlsa):

_________________________

(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami)

Turlari boʻyicha mikromoliya tashkilotining komissiya va yigʻimlari

(alohida koʻrsatilsin)

________________________

(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida)

uchinchi shaxslar xizmati

(alohida koʻrsatilsin)

________________________

(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida)

13. Kreditning toʻliq qiymati

(nominal foiz stavkasini va kreditga xizmat koʻrsatish xarajatlarini oʻz ichiga oladi)

14. Kredit olish boʻyicha taqdim qilingan arizani koʻrib chiqish muddati

2-boʻlim. Boshqa moliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq muhim shartlar

1. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun shartnomada koʻzda tutilayotgan toʻlashi lozim boʻlgan neustoyka (jarima, penya) (agar bunday shart mavjud boʻlsa)

_______________________________

(foiz yoki qatʼiy belgilangan summa koʻrsatiladi, shuningdek neustoyka (jarima, penya) hisoblash uchun asos boʻluvchi shartnoma shartlari keltiriladi)

2. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun kredit summasidan toʻlanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori (agar bunday shart mavjud boʻlsa)

_______________

(foizda)

3. Kreditning taʼminoti

(taʼminot predmetiga qoʻyiladigan minimal talablar, garovning minimal qiymati)

Kredit olishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!

Siz kreditning shartlari va qiymati toʻgʻrisida, toʻlovlar va hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasi boʻyicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz toʻgʻrisida, kredit shartnomasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlar va javobgarliklar toʻgʻrisida, shuningdek Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan mikromoliya tashkilotidan toʻliq va batafsil maʼlumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (mikromoliya tashkilotining pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (mikromoliya tashkilotining elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.

AXBOROT VARAQASINING TOʻGʻRILIGI

VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.

_______________________________________________________

________________________

(mikromoliya tashkiloti mutaxassisining F.I.O. va lavozimi)

(toʻldirilgan sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Mazkur varaqa kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli mikromoliya tashkilotlarining kreditlash shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 10/22/3384/0804-son)