ILOVA
33-ILOVA
|
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma | |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Jismoniy shaxs va yuridik shaxs |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Ariza. Unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun-nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JShShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; olib chiqish maqsadi; olib chiqiladigan hujjatlar soni (saqlov birligi); olib chiqilayotgan davlat nomi. 2. Sugʻurta tavakkalchiliklarining barcha holatlari taʼminlangan holda vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini mulkiy sugʻurtalash shartnomasining sugʻurta polisi. 3. Arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlganda). 4. Davlat muzeylari, arxivlari, kutubxonalari, davlatning boshqa saqlash joylari hamda boshqa yuridik shaxslar tomonidan qoʻshimcha ravishda arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqish maqsadlari, muddatlari va shartlari toʻgʻrisida qabul qiluvchi tomon bilan tuzilgan shartnoma. 5. Qabul qiluvchi tomon rasmiy organlarining vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining but saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishi xususidagi yozma kafolatlari. 6. Arxiv hujjatlarining roʻyxati, shuningdek, arxiv hujjatlarining oʻzi yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalari (yetkazib beriladi). |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim |
Yigʻim undirilmaydi |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddati: |
15 ish kuni |
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan boʻlishi*; b) vaqtincha olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlarining mulkdori aniqligi, arxiv hujjatlariga mulkdorlik huquqi toʻgʻrisida nizolar mavjud emasligi; v) arxiv hujjatlarining qaytib olib kelinishiga shubha tugʻdiradigan holatlar va dalillarning mavjud boʻlmasligi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma — 3 oy. |
|
12. |
Izoh: |
1. Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “Oʻzarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkaziladi va ularning xulosasiga koʻra ruxsatnoma beriladi. 2. Arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilgan oʻrami qaytarilayotganda, mazkur oʻram “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining ekspert guruhi aʼzolari ishtirokida ochiladi hamda arxiv hujjatlarining tarkibi va miqdori, shuningdek, ular olib chiqilayotgan yoki vaqtincha olib chiqilayotgan vaqtdagi holatiga nisbatan sifati xususiyatlarining mos kelishi yuzasidan qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan oʻtkaziladi. 3. Ruxsatnoma rasmiylashtirilgach, arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilishiga ruxsat etilgan roʻyxatning har bir varagʻi orqasiga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi. Roʻyxatning birinchi jamlanmasi “Oʻzarxiv” agentligida saqlanadi, ikkinchisi ruxsatnoma bilan bir�alikda bojxona organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchiga topshiriladi. 4. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini (yoki ishonchsizligini) aniqlash “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Taqdim etilgan hujjatlarning yoki maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallarni talab qilish, agar qonunchilik hujjatlarida bunday talab belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi. 5. Arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkazilayotganda, ularni vaqtincha olib chiqish mumkinligi yoxud mumkin emasligidan qatʼiy nazar, ariza beruvchidan maxsus yigʻim toʻliq miqdorda undiriladi. |