30.08.2022 yildagi PQ-365-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida istiqomat qilayotgan bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmatlar koʻrsatishning yangilangan tizimini joriy etish orqali ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini (keyingi oʻrinlarda — tibbiy-ijtimoiy muassasalar) Davlat bojxona qoʻmitasiga biriktirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Davlat bojxona qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qilishning texnik va gigiyenik vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish boʻyicha zarur sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan shaxslar uchun maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni, shu jumladan konsert dasturlarini tashkil etish orqali ularni madaniy hayotdagi faol ishtirokini taʼminlashda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga doimiy ravishda koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat bojxona qoʻmitasiga (A. Mavlonov) mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qoʻmitaning maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini yoʻnaltirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-2024-yillarda Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) bilan birgalikda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining hududida videokuzatuv moslamalarini oʻrnatilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafik asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida oʻqitish tartibini joriy etsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2023-yil 1-iyunga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan shaxslarning zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalaridan oʻtishi uchun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlarni yaratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ambulator sharoitda davolanayotganlar uchun yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarga asoslangan dasturlar joriy etiladi hamda ota-ona yoki vasiylarga maslahat yordamlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2022-yil yakuniga qadar hamda kelgusida har yili kamida bir marotaba Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni navbatdan tashqari dispanserizatsiyadan oʻtkazishni tashkil etsin hamda natijasiga qarab ularga manzilli tibbiy-profilaktik tadbirlarni belgilasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy muassasalarni keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport turlari bilan shugʻullanishi uchun zarur boʻladigan sport asbob-uskunalari, jihozlar va boshqa inventarlar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bagʻishlab “Muruvvat” bolalar uylarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida respublika miqyosida sport musobaqalarini uyushtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, sport asbob-uskunalari, jihozlar va boshqa inventarlar xaridi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev) bilan birgalikda har chorakda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalarning teatr, konsert va muzeylarga tashrif buyurishi hamda taniqli yozuvchi va adiblar bilan madaniy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, madaniy va maʼrifiy tadbirlar Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab borilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga bojxona organlari tomonidan aniqlanib, davlat daromadiga oʻtkazilgan tovar moddiy boyliklarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslantirilgan soʻrovlariga asosan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga begʻaraz topshirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda Namangan viloyat hokimligining 2022-yilda Namangan viloyatining “Saxovat” internat uyi hududida nuroniylarning boʻsh vaqtini samarali tashkil qilish maqsadida kunduzi pullik xizmat koʻrsatuvchi “Keksalar bogʻi”ni tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Namangan viloyati “Saxovat” internat uyining ishchi xodimlari tomonidan doimiy yashovchilari boʻlmagan keksalarga kunduzgi tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmatlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, tibbiy-ijtimoiy muassasalarda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish uchun oʻquv ustaxonalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) “Saxovat” internat uylarida, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) “Muruvvat” internat uylarida har yili kamida ikki marotaba vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, tikuvchilik va ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yoʻnalishlar boʻyicha qisqa muddatli bepul kurslarni tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Savdo-sanoat palatasining “Ijtimoiy mahsulot” elektron sotuv platformasini ishlab chiqish va 2023-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlarning koʻrgazma savdolarini muntazam ravishda tashkil qilish amaliyotini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2022 — 2025-yillarda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida tashkil etilayotgan 300 oʻrinli “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyini ajratilgan mablagʻ doirasida ayollar internat uyiga moslashtirish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati hokimligi 2022-yil 1-oktabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida tashkil etilayotgan “Muruvvat” ayollar internat uyini qurish ishlarini yakunlasin va toʻliq foydalanishga topshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida tashkil etilayotgan “Muruvvat” ayollar internat uyini malakali tibbiy va ijtimoiy xodimlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda joriy qurilish va rekonstruksiya ishlari oʻtkaziladigan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining roʻyxatini tasdiqlasin. Bunda, foydalanishdan chiqarilgan “Mehribonlik” uylarining binolari va inshootlarida vasiylikka olingan shaxslarga samarali tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlar ijrosini muvofiqlashtirish, uning samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida bojxona organlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida 3 ta shtat birligidan iborat tibbiy-ijtimoiy muassasalar bilan ishlash boʻlimini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xodimlarning ish haqini toʻlash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ushbu qarorning mazmun-mohiyati bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov hamda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-365-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.