Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida istiqomat qilayotgan bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmatlar koʻrsatishning yangilangan tizimini joriy etish orqali ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini (keyingi oʻrinlarda — tibbiy-ijtimoiy muassasalar) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga biriktirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash;
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etish;
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qilishning texnik va gigiyenik vositalari bilan taʼminlash;
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish boʻyicha zarur sharoitlarni yaratish;
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan shaxslar uchun maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni, shu jumladan konsert dasturlarini tashkil etish orqali ularni madaniy hayotdagi faol ishtirokini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga doimiy ravishda koʻmaklashadi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qoʻmitaning maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini yoʻnaltirish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2023-2024-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining hududida videokuzatuv moslamalari oʻrnatilishini taʼminlasin;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafik asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida oʻqitish tartibini joriy etsin;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
v) 2023-yil 1-iyunga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan shaxslarning zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalaridan oʻtishi uchun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlarni yaratsin.
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, ambulator sharoitda davolanayotganlar uchun yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarga asoslangan dasturlar joriy etiladi hamda ota-ona yoki vasiylarga maslahat yordamlari koʻrsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) 2022-yil yakuniga qadar hamda kelgusida har yili kamida bir marotaba Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni navbatdan tashqari dispanserizatsiyadan oʻtkazishni tashkil etsin hamda natijasiga qarab ularga manzilli tibbiy-profilaktik tadbirlarni belgilasin;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
d) Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
(4-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
tibbiy-ijtimoiy muassasalarni keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport turlari bilan shugʻullanishi uchun zarur boʻladigan sport asbob-uskunalari, jihozlar va boshqa inventarlar bilan taʼminlasin;
har yili 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bagʻishlab “Muruvvat” bolalar uylarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida respublika miqyosida sport musobaqalarini uyushtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, sport asbob-uskunalari, jihozlar va boshqa inventarlar xaridi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(4-band “d” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
e) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda har chorakda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalarning teatr, konsert va muzeylarga tashrif buyurishi hamda taniqli yozuvchi va adiblar bilan madaniy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etsin.
(4-band “e” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Bunda, madaniy va maʼrifiy tadbirlar Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab borilishi tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisiga bojxona organlari tomonidan aniqlanib, davlat daromadiga oʻtkazilgan tovar-moddiy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining asoslantirilgan soʻrovlariga asosan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga begʻaraz topshirish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda Namangan viloyat hokimligining 2022-yilda Namangan viloyatining “Saxovat” internat uyi hududida nuroniylarning boʻsh vaqtini samarali tashkil qilish maqsadida kunduzi pullik xizmat koʻrsatuvchi “Keksalar bogʻi”ni tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Bunda, Namangan viloyati “Saxovat” internat uyining ishchi xodimlari tomonidan doimiy yashovchilari boʻlmagan keksalarga kunduzgi tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmatlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Belgilansinki, tibbiy-ijtimoiy muassasalarda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish uchun oʻquv ustaxonalari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Saxovat” internat uylarida, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Muruvvat” internat uylarida har yili kamida ikki marotaba vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, tikuvchilik va ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yoʻnalishlar boʻyicha qisqa muddatli bepul kurslarni tashkil etsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Savdo-sanoat palatasining “Ijtimoiy mahsulot” elektron sotuv platformasini ishlab chiqish va 2023-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlarning koʻrgazma savdolarini muntazam ravishda tashkil qilish amaliyotini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. 2022 — 2025-yillarda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida tashkil etilayotgan 300 oʻrinli “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyini ajratilgan mablagʻ doirasida ayollar internat uyiga moslashtirish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
Jizzax viloyati hokimligi 2022-yil 1-oktabrga qadar:
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida tashkil etilayotgan “Muruvvat” ayollar internat uyini qurish ishlarini yakunlasin va toʻliq foydalanishga topshirilishini taʼminlasin;
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida tashkil etilayotgan “Muruvvat” ayollar internat uyini malakali tibbiy va ijtimoiy xodimlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
11. Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda joriy qurilish va rekonstruksiya ishlari oʻtkaziladigan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining roʻyxatini tasdiqlasin. Bunda, foydalanishdan chiqarilgan “Mehribonlik” uylarining binolari va inshootlarida vasiylikka olingan shaxslarga samarali tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish taʼminlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlar ijrosini muvofiqlashtirish, uning samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida bojxona organlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida 3 ta shtat birligidan iborat tibbiy-ijtimoiy muassasalar bilan ishlash boʻlimini tashkil etsin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Bunda, xodimlarning ish haqini toʻlash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ushbu qarorning mazmun-mohiyati bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov belgilansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-avgust,
PQ-365-son
Keyingi tahrirga qarang.