Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
“Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3203-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 538-mh-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3203, 2019-yil 13-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 10/19/3203/4155-son);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 4-mh-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3203-1, 2021-yil 29-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 10/21/3203-1/0253-son).
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-avgust,
18-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2022-y., 10/22/3203-2/0776-son)